Gaz taqsimlash mexanizmining detallari reja



Download 12.64 Kb.
Sana09.06.2017
Hajmi12.64 Kb.

Aim.uz

Gaz taqsimlash mexanizmining detallari
R E J A .

  1. Taqsimlash valining tuzilishi.

  2. Turtgich va shtangalar.

  3. Koromisloning tuzilishi.

  4. Klapanlarning tuzilishi va prujinalarning vazifasi.

KamAZ-740 dizelidagi taqsimlash valining mushtchalari va tayanch bo’yinlari sirtlari sementasiya qilingan va yuqori chastotali tok bilan toblangan. Podshipniklar vtulkasi bimetall (ikki xil metall yoki qotishma qatlamidan iborat) lentadan tayyorlangan bo’lib, ular blok pardevorlariga zichlab o’tkazilgan. Taqsimlash vali yuritmasining shesternalari silindrlar blokining orqa tomonida joylashgan.

Valning har bir tayanch bo’yinlari juftligi orasida to’rttadan, o’ng va chap qatordagi bittadan silindrning klapanlari uchun mushtchalar joylashgan. Mushtchalarning o’zaro joylashish burchagi silindrlarning ishlash tartibi va gaz taqsimlash fazalariga bog’liq bo’ladi.

Har bir silindr bittadan kirituvchi va bittadan chqaruvchi klapanlarga ega. Ayrim dvigatellar uchun taqsimlash vali cho’yandan tayyorlanadi/ bunday holatlarda uning mushtchalari va tayanch bo’yinlari oqartiriladi.

Karburatorli dvigatellarning taqsimlash vali shesternalari cho’yandan (ZIL-130) yoki tekstolitdan (YaMZ-53, ZMZ-24) tayyorlanadi. Shesternalarning tishlari qiya joylashgan. Shuning uchun ular taqsimlash valining o’q bo’ylab siljitishga harakatlanuvchi kuchlarni paydo qiladi.

Turtkichlar po’lat yoki cho’yandan tayyorlanadi. Po’lat turtkichlarning mushtchalar bilan tegishadigan qismiga (tovoniga) cho’yan qoplanadi. Turtkichlar silindrsimon (ZIL-130), qo’ziqorinsimon (KamAZ-740) yoki rolikli (YaMZ-236) bo’ladi. Turtkichlar shtangalarning pastki uchi tushib turadigan chuqurchalarga ega. Turtkichlar silindrlar blokidagi yo’naltirgichlarda yoki blokka o’rnatilgan yo’naltiruvchilar korpusida harakatlanadi.

Shtangalar ichi kovak qilib, po`latdan (KamAZ-740, ZIL-130) yoki duraluminiydan (ZMZ-53, ZMZ-24) tayyorlanadi. Ularning ikkala uchiga toblangan po`latdan yasalgan poynak (uchlik) o`rnatiladi. Shtanga bir uchi bilan turtkichga, ikkinchi uchi bilan esa rostlash vintining sferik sirtiga tayanib turadi.

Koromislo po`lat yoki cho`yandan tayyorlanadi. Koromisloning klapan tomonidagi elkasi shtanga tomondagidan uzunroq bo`ladi. Bu albatta, turtkich va shtanganing ko`tarilish balandligini kamaytirish imkonini beradi. Masalan, KamAZ-740 dizeli koromisloning uzatish nisbati 1: 1,55 ga tengdir. Klapan mexanizmidagi issiqlik tirqishini rostlash uchun, koromisloning kalta yelkasuga kontrgaykali rostlash vinti o’rnatilgan. Koromislo teshigiga bronzali vtulka zichlab o’tkazilgan. Koromislo barcha silindrlar uchun umumiy bo’lgan (ZIL – 130, ZMZ - 53) yoki har bir silind uchun alohida bo’lgan (KamAZ - 740) ichi kovak o’qlariga o’rnatiladi.

Klapanlar kiritish va chiqarish kanallarini ochadi hamda yopadi. Klapan o’zak qismidan va tarelkasimon kallakdan iborat. Kirituvchi klapan kallagining diametri, chiqaruvchi klapannikidan katta bo’ladi. Kirituvchi klapanlar xromli po’latdan tayyorlansa, chiqaruvchi klapanlar (yoki ularning kallagi) olovbardosh po’latdan tayyorlanadi. Silindrlar blokiga yoki kallagiga zichlab o’rnatilgan klapan o’rindiqlari esa olovbardosh cho’yandan yasaladi. Kirituvchi klapanlarning ishchi yuzalariga, ba’zan, olovbardosh qotishmalar qoplanadi. Yaxshi sovitilishi uchun ayrim chiqaruvchi klapanlarning ichki qiami suyuqlanish harorati 980C va issiqlik o’tkazuvchanligi yuqori bo’lgan metallsimon natriy bilan to’ldiriladi. Klapan harakatlanganda suyuqlangan natriy o’zak ichiga siljib, kallakdagi issiqlikni o’ziga olib o’zakka, u esa o’z navbatida yo’naltiruvchi vtulkaga uzatadi. Klapan kallagining ishchi sirti (faskasi) odatda 450 burchakka ega bo’ladi, faqat ZIL-130 dvigatelidagi kirituvchi klapanlar faskasi 300 bo’ladi.

ZIL-130 dvigatelining chiqaruvchi klapanlari ishlash jarayonida majburiy buralib turadi. Bu holat ularni tez yeyilishdan va kuyib ketishdan saqlaydi. Buruvchi mexanizm qo’zg’almas korpus , qaytaruvchi prujinali beshta zoldr, disksimon prujina va qulfli halqasi bo’lgan tayanch shaybalardan iborat.

Hozirgi paytda chet ellarda borgan sari to’rt klapanli, ya’ni har bir silindr uchun ikkita kirituvchi va ikkita chiqaruvchi klapanlari bo’lgan konstruksiyalar keng qo’llanilmoqda. Bu konstruksiyalar, albatta, silindrlarni yangi aralashma bilan

13-rasm. Chiqaruvchi klapan (ZIL-130):

a-chiqaruvchi klapan; b-klapan yopiq; d-klapan ochiq; e-buruvchi mexanizm detallari.

1-buruvchi mexanizm korpusi; 2-zoldrlar; 3-tayanch shayba; 4-qulfli halqa; 5- klapan prujinasi; 6-prujinaning tirak shaybasi; 7-suxariklar; 8-disksimon prujina; 9-qaytaruvchi prujina; 10- yo’naltiruvchi vtulka; 11-metallsimon natriy.

to’ldirishga, demak dvigatelning litrli quvvatini oshirishga imkon beradi. Bunday dvigatellarda, svecha yonish bo’linmasining markazida joylashganligi uchun aralashmaning yonish vaqti qisqarib, dvigatellarning yonilg’idan tejamkorligi yaxshilanadi.



14-rasm. Klapanlarni zichlash.

a-ZMZ-24; b-VAZ-2105;

1-qalpoqcha; 2-yo’naltiruvchi vtulka; 3-salnik; 4-labirintli zichlash.
Tayanch iboralar: mushtcha va tayanch bo’yinlar sementatsiya qilinaqdi, vtulkalar bimetall, taqsimlash vali cho’yandan, turtgich silindrsimon, qo’ziqorin-simon, rolikli, shtanga ichi kovak, koromislo, metalsimon natriy, faska, buruvchi mexanizm.
NAZORAT SAVOLLARI.
1. Taqsimlash valining mushtchalari va tayanch bo’yinlari qanday toblanadi?

2. Taqsimlash valining shesternalari qanday materiallardan tayyorlanadi?

3. Turtgichning materiali va tuzilishini aytib bering.

4. Shtangalar qanday tuzilgan?

5. Koromisloning tuzilishi va vazifasini ayting.

6. Chiqarish klapanini burovchi mexanizmi (ZIL-130) nima uchun kerak?




Aim.uz



Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa