Toshkent davlat agrar universiteti


I BOB. XIZMATLAR SOHASINI MARKETING STRATEGIYASI ASOSIDA RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI



Download 356,31 Kb.
bet6/40
Sana13.09.2021
Hajmi356,31 Kb.
#173332
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
Iqbol diplom ohirgi holati

I BOB. XIZMATLAR SOHASINI MARKETING STRATEGIYASI ASOSIDA RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI.

    1. . Xizmatlar sohasining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati hamda iqtisodiyotda tutgan o‘rni va ahamiyati.

Insonlarning moddiy va ma’naviy xayot darajasini oshirishda, turmush tarzini yaxshilash va takomillashtirishda xizmat ko‘rsatish sohasi muhim ahamiyatga egadir. Xizmat ko‘rsatish sohasi mehnat va moliyaviy resurslarni tejaydi, insonning bo‘sh vaqtini ko‘paytiradi, mehnatining ijodiy mazmunini oshiradi, ish vaqtidan tashqaridagi oqilona bo‘lmagan xarajatlarni qisqartiradi, insonlar xayotini yanada go‘zal hamda mazmunli bo‘lishini ta’minlaydi va shu orqali aholining barcha ijtimoiy guruhlari va qatlamlarining hayotiy manfaatlarini yuzaga chiqaradi. Xizmatlarning iqtisodiy tabiati va ularning tarqalish sohalarini tushunishdagi farqlar sababli zamonaviy iqtisodiyotda xizmatlar sohasining o‘rni va ahamiyatini baholashda ko‘pincha turlicha fikrga ega bo‘lishadi va turlicha ta’riflar berishadi.

Kristofer Lavlok xizmatlar ta’rifini berish bo‘yicha quyidagi ikki yondoshuvni taklif etadi:

xizmatlar – bir tomondan ikkinchi tomonga taklif etiladigan harakat yoki jarayondir. Ushbu jarayonni amalga oshirishda fizik ob’ektlar (tovarlar) ishtirok etishiga qaramasdan, u his qilib bo‘lmaslik xarakteriga ega va bunda biror-bir narsaga egalik qilishga olib kelmaydi;

xizmatlar – iqtisodiy faoliyat turi bo‘lib, qimmatliklar yaratadi va aniq vaqt va aniq joyda xizmatlarni olishga qaratilgan his qilib bo‘ladigan va his qilib bo‘lmaydigan xarakatlar natijasida iste’molchilarga ma’lum bir ustunliklarni ta’minlaydi3.

Marketolog olimlar orasida esa F.Kotler tomonidan taklif etilgan xizmatlarning ta’rifi ko‘pchilik tomonidan ma’qullanadi: «Xizmat - har qanday chora-tadbir yoki foyda bo‘lib, bunda bir tomon ikkinchi tomonga his qilib bo‘lmaydigan narsani taklif etadi va bu holat taklif qilinayotgan narsaga egalik qilishga olib kelmaydi»4. Mashhur marketolog-nazariyotchi T.Levitt esa “Har qanday soha, xoh u katta bo‘lsin, xoh kichik bo‘lsin, o‘zida xizmatlarni namoyon etadi” deya fikr yuritgan. T. Levittning fikrini davom ettirgan holda F.Kotler uni quyidagicha izohlaydi: “Aslida tovar xaridori hisoblanmish mijoz unga taklif etilgan tovar ko‘rinishidagi xizmatni xarid etadi..... Pirovard natijada hammasi xizmat ko‘rsatishga borib taqaladi”5. Yana bir iqtisodchi olim K.Grenross xizmat ko‘rsatish sohasini shunday izohlaydi: «Sanoat va agrar sektorlarga kiritilmagan narsalar xizmatlar deb ataladi»6.

Filipp Kotler xizmatlarning asosiy ya’ni his qilib bo‘lmaslik, o‘z manbasidan ajratib bo‘lmaslik, sifatining beqarorligi va saqlanmasligi kabi xossalarini ko‘rsatib o‘tadi. Bundan tashqari, xizmatlar yana bir qancha xususiyatlarga ega bo‘lib, ularning ayrimlari kuyidagalar:


  • xizmatlar ularni ishlab chiqarmaydigan kishilar uchun foydalilikka egadirlar;

  • faoliyat turlari bilan ayirboshlash jarayonida foydali bo‘ladi (bu ko‘pincha tovar shakliga ega xizmatlar uchun taalluqlidir);

  • ko‘pincha insonning hayot faoliyati va ishlab chiqarishning umumiy sharoitlarini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘ladi.

Xizmatlar sohasi haqida olimlarning turlicha fikrlashiga asosiy sabab uning iqtisodiyot sohalari bilan bog‘liqligi va chegarasining noaniqligidadir. O‘zining shartliligi va munozaraligiga qaramasdan xizmat ko‘rsatish faoliyatining turlari nafaqat nomoddiy, balki moddiy ishlab chiqarishga ta’luqliligiga e’tibor qaratish lozim. Ya’ni faoliyatning bu turlari iqtisodiyotning deyarli barcha jabhalariga kirib boradi va namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham xizmat ko‘rsatish sohalarini aniq chegaralash muammoli hisoblanadi (1.1.1-rasm).



Download 356,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish