Toshkent davlat agrar universiteti


Lizing xizmatlari bozorining rivojlanishida marketing faoliyatining o‘rni va ahamiyati



Download 356,31 Kb.
bet14/40
Sana13.09.2021
Hajmi356,31 Kb.
#173332
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   40
Bog'liq
Iqbol diplom ohirgi holati

1.3 Lizing xizmatlari bozorining rivojlanishida marketing faoliyatining o‘rni va ahamiyati.

Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridagi kabi, lizing kompaniyalarini boshqarishda ham marketing eng muhim vosita hisoblanadi. Lizing operatsiyalarini yanada keng qo‘llashga, bozorda lizing faoliyati hissasini oshirishga erishish uchun lizing kompaniyalari mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarini samarali olib borishi lozim. Buni amalga oshirishda marketing g‘oyat zarur.

Lizing marketingida tadqiqot predmeti lizing bozoridagi talab va taklif hisoblanadi. Lizing bozori - o‘ziga xos lizing xizmatlarining oldi‑sotdi jarayoni bilan bog‘liq munosabatlarning alohida sohasidir. Shu sababdan, lizing kompaniyalarida marketingni tashkil etishning muhim shartlaridan biri lizing amaliyotlarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish hisoblanadi. Lizing xizmatining o‘ziga xosligi shundaki, u bir paytning o‘zida ham mulkiy, ham moliyaviy xizmat hisoblanadi. Lizingni mulkiy xizmat turi toifasiga kiritishga sabab shuki, xaridorlar mulkni lizing beruvchidan o‘z ishlab chiqarish iste’moli uchun sotib oladilar. Lizingni moliyaviy xizmat turi qatoriga kiritishning sababi esa uni amalga oshirish jarayonida moliyaviy resurslar qayta taqsimlanadi. Lizing beruvchining puli lizing ob’ekti ko‘rinishida vaqtincha iste’molchi tasarrufida bo‘ladi, bu paytda esa lizing ob’ekti yordamida mahsulot ishlab chiqarilib, foyda olish uchun bozorda sotiladi. Natijada lizing oluvchi foydasidan lizing beruvchiga lizing badali to‘lab turiladi. Moliyaviy xizmat sifatidagi lizing marketingining maqsadi - lizing beruvchi va oluvchining moliyaviy resurslaridan samarali foydalanishini ta’minlash.

Marketing tadqiqoti predmeti sifatida tadqiqotlar olib borish marketing faoliyatining barcha jabhalarini o‘z ichiga oladi va ular bo‘yicha qarorlar qabul qilish bilan bog‘liqdir. Ular marketing kompelksi va uning tashqi muhit unsurlariga ham tegishlidir. Lizing xizmatlari bozorida marketing tadqiqotlarining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardir:



1. Lizing xizmatlari bozorini va sotishni tadqiq qilish:

a) lizing xizmatlari bozorining sig‘imini baholash;

b) lizing xizmatlari bozori va uning segmentlari tavsifini aniqlash;

v) lizing xizmatlari bozoridagi o‘zgarishlar tendensiyasini tahlil qilish;

g) sotish hajmini istiqbollash;

d) mavjud va mumkin bo‘lgan iste’molchilar to‘g‘risida axborot olish;

ye) iste’molchilar talabini o‘rganish;

j) raqobatchilar to‘g‘risida axborot olish.



2. Lizingga olinadigan va beriladigan tovarlarni tadqiq qilish:

a) yangi texnika-texnologiya, asbob-uskuna, ehtiyot qismlar, nou-xoular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash;

b) lizingga berilishi mumkin bo‘lgan tovar haqida test o‘tkazish;

v) yangi texnika-texnologiyalarning ish faolligini sinab ko‘rish va tadqiq qilish.



3.Bahoni tadqiq qilish:

a) lizinga beriladigan texnika-texnologiya, asbob-uskuna, ishlab chiqarish vositalarining bahosi bilan unga bo‘lgan talab o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni tadqiq qilish;

b) lizingga berilgan tovarlarning hayotiylik davrining turli bosqichlari uchun baho siyosatini istiqbollash.

4. Mahsulot harakatini tadqiq qilish:

a) reklama faoliyati samaradorligini tadqiq qilish;

b) turli ommaviy axborot vositalari samaradorligini tadqiq qilish;

v) reklamaning turli variantlarini sinab kurish;

g) lizingga beriladigan tovarlar harakatining turli usullari va vositalarini kompleks solishtirma tahlil qilish.

5. Maxsulotni xaridorlarga yetkazish:

a) lizingga beriladigan tovarlarni joylashishini tadqiq qilish;

b) lizing ob’ektlarini yetkazish nuqtalari joylashishini tadqiq qilish;

v) servis xizmati joylashishini tadqiq qilish.



Lizing jarayonining o‘ziga xos xususiyati shuki, mulkiy va moliyaviy xizmatlar bir‑biridan ajralmas bo‘lib, faqat birgalikdagina lizing xizmatini tashkil qiladi. Shu sababdan, lizing marketingini boshqa xizmat turlari marketingidan ajratib turuvchi bir qator xususiyatlar mavjud. Xususan, lizing marketingi bir paytning o‘zida ham tovarlar marketingi, ham xizmatlar marketingini o‘zida mujassam etadi. Tovarlar marketingining maqsadi mijozning lizing ob’ektiga bo‘lgan ehtiyojini qondirishdan iborat bo‘lsa, xizmatlar marketingining maqsadi esa - lizing beruvchining moliyaviy resurslaridan lizing oluvchining samarali foydalanishidir.



Download 356,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish