O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
IQTISODIY TAHLIL KAFЕDRASI
MOLIYAVIY TAHLIL
Fanidan
TOSHKЕNT-2021
OPERATSION FAOLIYATINI TAHLILI
1. Operatsion faoliyat tahlilining mazmuni va muhim vazifalari.
2. Korxona faoliyatining turlari: operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyat.
3. Operatsion faoliyat tahlili va uning muhim jihatlari.
4. Mahsulot (ish, xizmatlar) ishlab chiqarish hajmini tahlili. . Mahsulot assortimentini boshqarish.. Sotish hajmini tahlili.
5 Korxona operatsion faoliyati samaradorligini (mehnat unumdorligi, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish, innovatsion mahsulot, eksport hajmi ko‘rsatkichlarini) baholash.
1.Operatsion faoliyat tahlilining mazmuni va muhim vazifalari
Operatsion faoliyat – xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy daromad olib keluvchi faoliyat turidir.
Operatsion faoliyat tahlilida xo‘jalik yurituvchi subyekt asosiy faoliyatining muhim obyektlari: mehnat vositalari, predmetlari va mehnat resurlarining ta’minoti, ishlab chiqarish, sotish va natijaga ega bo‘lishdagi kompleks tizim o‘rganiladi.
Mehnat vositalari va ulardan samarali foydalanishni tahlili.
Asosiy faoliyatda foydalaniladigan mehnat vositalariga asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar kiritiladi. Ularning odatda aktiv va passiv turlari tarkiblanadi.
Aktiv asosiy vositalar bu ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashuvchi mehnat vositalaridir.
Passiv asosiy vositalar ishlab chiqarish jarayoniga muhim sharoit ta’minlab beruvchi mehnat vositalaridir.
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni tahlil etishda ularning tarkibi, harakati, holati, samaradorligi, rentabelligi va dinamik o‘zgarishlariga muhim ahamiyat qaratiladi.
Asosiy vositalar tarkibiga quyidagi mezonlarga bir vaqtning o‘zida javob beradigan moddiy aktivlar kiritiladi1:
a) bir yildan ortiq xizmat qilish muddati;
b) bir birlik (to‘plam) uchun qiymati O‘zbekiston Respublikasida (xarid paytida) belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining ellik baravaridan ortiq bo‘lgan buyumlar.
Korxona rahbari‚ shuningdek, hisobot yilida aktivlarni buxgalteriya hisobida asosiy vositalar sifatida hisobga olish uchun ular qiymatining eng kam chegarasini belgilashga haqlidir.
1-jadval
Asosiy vositalarning tasnifiy jihatlari
Ko‘rsatkichlar
|
Tasnifiy jihatlari
|
Asosiy vositalar
|
korxona tomonidan uzoq muddat davomida xo‘jalik faoliyatini yuritishda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish maqsadida foydalanish uchun tutib turiladigan moddiy aktivlar
|
Amortizatsiya
|
foydali xizmat muddati mobaynida aktivning amortizatsiyalanadigan qiymatini asosiy vositalarning vazifasidan kelib chiqqan holda mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga yoki davr xarajatlariga muntazam taqsimlash va o‘tkazish ko‘rinishida eskirishning qiymat ifodasi
|
Foydali xizmat muddati
|
korxona aktivdan foydalanadigan vaqt davri yoki korxona ushbu aktivdan foydalanishdan olishni mo‘ljallayotgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) miqdori. Qurib bitkazish, asbob-uskunalar bilan to‘liq jihozlash, qayta qurish, zamonaviylashtirish va texnik qayta qurollantirish bo‘yicha ishlar tugatilganidan so‘ng foydalanishga kiritilgan asosiy vositalar uchun foydali xizmat muddati bo‘lib ushbu ishlar tugatilganidan so‘ng mazkur asosiy vositalar foydalanishga kiritilgan paytdan boshlab korxona tomonidan asosiy vositalardan foydalaniladigan vaqt davri yoki korxona ushbu asosiy vositalarni qo‘llashdan kutayotgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) miqdori hisoblanadi
|
Boshlang‘ich qiymat
|
to‘langan va qoplanmaydigan soliqlarni (yig‘imlarni), shuningdek‚ aktivni undan maqsadga muvofiq foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan yetkazib berish va montaj qilish, o‘rnatish, ishga tushirish va istalgan boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda, asosiy vositalarni tiklash (qurish va qurib bitkazish) yoki xarid qilish bo‘yicha qilingan xarajatlarning qiymati
|
Joriy qiymat
|
ma’lum sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari bo‘yicha asosiy vositalarning qiymati yoki xabardor qilingan, bitimni amalga oshirishni xohlovchi, mustaqil taraflar o‘rtasida bitimni amalga oshirishda aktivni sotib olish yoki majburiyatlarni bajarish uchun yetarli bo‘lgan summa
|
Qoldiq (balans) qiymat
|
jamlangan amortizatsiya summasini chegirgan holda asosiy vositalarning boshlang‘ich (tiklash) qiymati
|
Tugatish qiymati
|
asosiy vositalarning chiqib ketishi bo‘yicha kutilayotgan xarajatlarni chegirgan holda kutilayotgan foydali xizmat muddati oxirida asosiy vositalarni tugatish chog‘ida olinadigan aktivlarning faraz qilinayotgan summasi
|
Aktivlarni buxgalteriya hisobiga nomoddiy aktivlar sifatida qabul qilishda bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlar bajarilishi kerak:
a) moddiy-ashyoviy tuzilishga ega bo‘lmasligi;
b) aktivlardan mahsulot ishlab chiqarishda (ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatishda) yoxud korxonaning ma’muriy va boshqa funksiyalari uchun uzoq muddat, ya’ni davomiyligi 12 oydan yuqori foydali xizmat muddati yoki agar u ushbu muddatdan oshadigan bo‘lsa, oddiy operatsion sikl mobaynida foydalanish;
v) korxona ushbu aktivni keyinchalik qayta sotishni mo‘ljallamaydi;
g) ishonchlilik, ya’ni korxonada aktiv va unga bo‘lgan mutlaq huquqning mavjudligini tasdiqlovchi tegishli ravishda rasmiylashtirilgan hujjatlar (patentlar, guvohnomalar, boshqa muhofaza qiluvchi hujjatlar, patent, tovar belgisidan voz kechish (sotib olish) shartnomasi)ning mavjudligi.
d) korxona tomonidan boshqa aktivlardan identifikatsiyalash (bo‘lish, ajratish) imkoniyati, ya’ni aktivni undan foydalaniladigan xo‘jalik faoliyatidan alohida foydalanishning mumkin bo‘lishi.
2-jadval
Nomoddiy aktivlarning tasnifiy jihatlari
Ko‘rsatkichlar
|
Tasnifiy jihatlari
|
Nomoddiy aktivlar
|
korxona tomonidan ulardan ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish yoki tovarlarni sotish jarayonida foydalanish maqsadida yoxud ma’muriy va boshqa funksiyalarni amalga oshirish uchun uzoq muddat mobaynida tutib turiladigan, moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo‘lmagan mol-mulk obyektlari
|
Amortizatsiya
|
foydali xizmat muddati mobaynida nomoddiy aktivning amortizatsiyalanadigan qiymatini uning vazifasidan kelib chiqqan holda mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga yoki davr xarajatlariga muntazam taqsimlash va kiritish
|
Amortizatsiyalanadigan qiymat
|
taxmin qilinayotgan (baholangan) tugatish qiymatini chegirgan holda aktivning boshlang‘ich (tiklash) qiymati summasi
|
Foydali xizmat muddati
|
korxona tomonidan aktivdan foydalanish ko‘zda tutilgan davr yoki korxona ushbu aktivdan foydalanishdan olishni mo‘ljallayotgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) miqdori
|
Boshlang‘ich qiymati
|
nomoddiy aktivlarni yaratish (ishlab chiqish) yoki sotib olish bo‘yicha haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlar qiymati (pul mablag‘lari yoki ularning ekvivalentlarining summasi yoxud boshqa to‘lovlarning joriy qiymati), shu jumladan to‘langan va qoplanmaydigan soliqlar (yig‘imlar), shuningdek‚ aktivni undan maqsadga ko‘ra foydalanish uchun ishga yaroqli holatga keltirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar qiymati
|
Tugatish qiymati
|
nomoddiy aktivning chiqib ketishi bo‘yicha kutilayotgan xarajatlarni chegirgan holda uning foydali xizmat muddati oxirida aktivni tugatish chog‘ida olinishi kutilayotgan, aktivning taxmin qilinayotgan (baholangan) summasi
|
Joriy qiymati
|
ma’lum sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari bo‘yicha nomoddiy aktivlarning qiymati yoki xabardor qilingan, bitimni amalga oshirishni xohlovchi, bir-biridan mustaqil taraflar o‘rtasida bitimni amalga oshirishda aktivni sotib olish yoki majburiyatlarni bajarish uchun yetarli bo‘lgan summa
|
Qoldiq (balans) qiymat
|
nomoddiy aktiv moliyaviy hisobot (buxgalteriya balansi)da aks ettiriladigan, boshlang‘ich (tiklash) qiymati va jamlangan amortizatsiya summasi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadigan miqdor
|
Faol bozor
|
oldi-sotdi obyektlari bir turda (bir xil) bo‘lgan va har qanday vaqtda bitimni amalga oshirishni xohlovchi manfaatdor sotuvchi va xaridorlarni topish mumkin bo‘lgan, shuningdek‚ narxlar haqidagi ma’lumotlar oshkor (hammabop) bo‘lgan bozor
|
Mutlaq huquq
|
bu faqatgina huquq egasi tomonidan yoki uning roziligi bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uchinchi shaxsga berilishi mumkin bo‘lgan mulkiy huquq
|
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bilan ta’minlanganlik, ularning holati, harakati, samaradorligini, asosiy vositalarning rentabelligini baholashda tahlilning metodologik asoslari quyidagilardan iborat.
3-jadval
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar, ulardan samarali foydalanish tahlilining muhim masalalari
Tahlil mavzulari
|
O‘rganiladigan ko‘rsatkichlar tizimi
|
Tahlil mazmuni
|
Tahlil natijasi
|
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar tahlili va uning nazariy jihatlari
|
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar tahlilining nazariy, metodologik asoslari
|
Ta’rifi, turkumlanishi, tahlil vazifalari, axborot manbalari bayon etiladi
|
Zamonaviy ta’rifi, turkumlanishi, tahlil mazmuni, vazifalari, axborot manbalari tavsiflanadi
|
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bilan ta’minlangan-
lik, va qurollanganlik tahlili
|
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti,
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bilan qurollanish koeffitsiyenti
|
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bilan ta’minlanishi, qurollanishi va uning dinamik o‘zgarishlari tahlil qilinadi
|
Ta’minlanganlik va qurollanganlikni o‘stirish choralari ko‘riladi
|
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar harakatining tahlili
|
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning kirib kelish koeffitsiyenti,
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning chiqib ketish koeffitsiyenti,
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar harakatining sifat ko‘rsatkichlari
|
Asosiy vositalar va nomoddiy aktvilarning harakat ko‘rsatkichlariga baho berish orqali ularning o‘zgarishi, o‘zgarish tendensiyalari tahlil qilinadi
|
Harakat ko‘rsatkichlarini yaxshilash choralari ko‘riladi
|
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar holatining tahlili
|
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning eskirish koeffitsiyenti,
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning yaroqlik koeffitsiyenti
|
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning holatiga, ularning o‘zgarishiga va o‘zgarish tendensiyalariga baho beriladi
|
Holat ko‘rsatkichlarini yaxshilash choralari ko‘riladi
|
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar samaradorligining tahlili
|
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning qaytimi,
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning sig‘im ko‘rsatkichlari
|
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning qaytimi va sig‘imiga, ularning o‘zgarishiga, mahsulot hajmiga ta’siri tahlil qilinadi
|
Samaradorlikni oshirish choralari ko‘riladi
|
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning rentabellik tahlili
|
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning rentabellik ko‘rsatkichlari
|
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning foydaligiga, uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarga baho beriladi.
|
Rentabellikni oshirish choralari ko‘riladi
|
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning tahlilida o‘rganiladigan muhim ko‘rsatkichlar va ularning aniqlash tartiblarini quyidagi jadvalda ifoda etish mumkin.
4-jadval
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar tahlilining ko‘rsatkichlar tizimi
|
Ko‘rsatkichlar
|
Ko‘rsatkich
larning aniqlanishi
|
Belgilar izohi
|
1
|
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti (Ta, Tn)
|
Ta=Av / Im
Tn=Na / Im
|
Av-asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymati
Na-nomoddiy aktivlarning o‘rtacha yillik qiymati
|
2
|
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bilan qurollanishi koeffitsiyenti (Qa, Qn)
|
Qa=Av / X
Qn=Na / X
|
Im-ishlab chiqarish maydoni
X-xodimlarning o‘rtacha ro‘yxat soni
|
3
|
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning kirib kelish koeffitsiyenti (Ka,Kn)
|
Ka=Avk / Avo
Kn=Nak / Nao
|
Avk-kirib kelgan asosiy vositalarning qiymati
Avo-asosiy vositalarning yil oxiridagi qiymati
Nak-kirib kelgan nomoddiy aktivlar
Nao-nomoddiy aktivlarning yil oxiridagi qiymati
|
4
|
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning chiqib ketish koeffitsiyenti (Cha,Chn)
|
Cha=Avch / Avb
Chn=Nach / Nab
|
Avch-chiqib ketgan asosiy vositalar qiymati
Avb-asosiy vositalarning yil oxiridagi qiymati
Nach-nomoddiy aktivlarning chiqib ketgan qismi
Nab-nomoddiy aktivlarning yil boshidagi qiymati
|
5
|
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning harakatining sifat ko‘rsatkichlari(As,Ns)
|
As=Avk / Avch
Ns=Nak / Nach
|
|
6
|
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning eskirish koeffitsiyenti (Kea,Ken)
|
Kea=Ave / Avd
Ken=Nae / Nad
|
Ave-asosiy vosilarning eskirish qiymati
Avd-asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati
Naz-nomoddiy aktivlarning eskirish qiymati
Nad-nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymati
|
7
|
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning yaroqlilik koeffitsiyenti (Kyaa, Kyan)
|
Kyaa=Avq / Avd
Kyan=Naq / Nad
|
Avq-Asosiy vositalarning qoldiq qiymati
Naq-nomoddiy aktivlarning qoldiq qiymati
|
8
|
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning qaytimi (Aq, Nq)
|
Aq=Mx / Avo‘
Nq=Mx / Nao‘
|
Mx-mahsulot hajmi
Avo‘-asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymati
Nao‘-nomoddiy aktivlarning o‘rtacha yillik qiymati
|
9
|
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning sig‘im ko‘rsatkichlari (As, Ns)
|
As=Avo‘ / Mx
Ns=Nao‘ / Mx
|
|
10
|
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning rentabellik ko‘rsatkichlari (Ra,Rn)
|
Ra=SF / Avo‘
Rn=SF / Nao‘
|
Sf-sof foyda
|
Mehnat predmetlari va ulardan samarali foydalanish tahlilida mehnat predmetlarining nazariy tavsifi, ularning turkumlanishi, xo‘jalik subyektining moddiy resurslar bilan ta’minlanganligi, samaradorligi, jami aktivlar tarkibidagi salmog‘i, moliyalashtirilishi, aylanuvchanligi bilan bog‘liq jihatlar tahlil etiladi.
5-jadval
Moddiy resurslar va ulardan samarali foydalanish tahlilining muhim masalalari
Tahlil mavzulari
|
O‘rganiladi-
gan ko‘rsatkichlar tizimi
|
Tahlil mazmuni
|
Tahlil natijasi
|
Moddiy resurslar tahlili mazmuni vazifalari va axborot manbalari
|
Moddiy resurslar tahlilining nazariy va metodologik asoslari
|
Ta’rifi, turkumlanishi, tahlil vazifalari, axborot manbaalari bayon etiladi
|
Zamonaviy ta’rifi, turkumlanishi, tahlil mazmuni, vazifalari, axborot manbalari tavsiflanadi
|
Moddiy resurslar bilan ta’minlan
ganlik tahlili
|
Moddiy resurslar ta’minlangan
lik koeffitsiyenti
|
Moddiy resurslar bilan ta’minlanganlik
ning holatiga, o‘zgarishlariga, dinamikasiga baho beriladi
|
Moddiy resurslar ta’minlanganlikdagi holat, uni yaxshilash choralari ko‘riladi
|
Moddiy resurslar samaradorli
gi tahlili
|
Moddiy resurslar qaytimi,
moddiy resurslar sig‘imi koeffitsiyenti
|
Moliy resurslardan samarali foydalanganlik darajasiga, mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ta’siriga baho beriladi
|
Moddiy resurslar va ulardan samarali foydalanish imkoniyatlari aniqlanadi va choralari ko‘riladi
|
Moddiy resurslar aylanuvchanligi tahlili
|
Moddiy resurslarning aylanuvchan
lik koeffitsiyentlari
|
Moddiy resurslarning yangidan qiymat yaratishga, ularning qaytuvchanlik darajasiga, ish aktivligiga baho beriladi
|
Moddiy resurslar joriy holati va uni kelgusida yanada yaxshilash choralari ko‘riladi
|
Moddiy resurslar va ulardan samarali foydalanish tahlilida o‘rganiladigan ko‘rsatkichlar va ularning aniqlanish tartibi quyidagi jadvalda ifoda etilgan.
6-jadval
Moddiy resurslar va ulardan samarali foydalanish tahlili ko‘rsatkichlari
t/r
|
Ko‘rsatkichlar
|
Ko‘rsatkich
larning aniqlanishi
|
Belgilar izohi
|
1
|
Moddiy resurslar bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti
(Tmr)
|
Tmr=Mrx / Mrz
|
Haqiqatdagi moddiy resurslar ta’minoti
Moddiy resurslarga bo‘lgan zaruriy talab
|
2
|
Moddiy resurslar sig‘imi (Smr)
|
Smr=X / Mx
|
Im-ishlab chiqarish maydoni
X-xodimlarning o‘rtacha ro‘yxat soni
|
3
|
Moddiy resurslar qaytimi
|
Qmr=MMx / X
|
|
4
|
Moddiy resurslarni (o‘z va qarz mablag‘lari hisobiga) moliyalashtirish koeffitsiyenti (Km1,Km2)
|
Km1=O‘MM-UMA / Mr
Km2=QM-O‘MM / Md
|
O‘MM-o‘z mablag‘lari manbasi
O‘MA-uzoq muddatli aktivlar
QM-qarz mablag‘lari
|
5
|
Moddiy resurslardan chiqitlar salmog‘i koeffitsiyenti (MRch)
|
MRch=Mrch / MRs
|
Mrch-moddiy resurslarni ishlatishdan chiqitlar
Mrs-Moddiy resurslar sarfi
|
6
|
Moddiy resurslar aylanuvchanligi koeffitsiyenti
(MRa)
|
MRa=ST / Mrq
|
St-sotishdan tushum
Mr-moddiy resurslar qoldig‘i
|
7
|
Moddiy resurslar tarkibida import xom ashyolar salmog‘i (MRi)
|
MRi=Mri / Mrj
|
Mri-Import qilingan moddiy resurslar qiymati
Mrj-moddiy resurslar jami
|
8
|
Mahalliylashtirilgan moddiy resurslar salmog‘I (MRm)
|
MRm=Mrm / Mrj
|
Mrm-mahalliylashtirilgan moddiy resurslar qiymati
|
9
|
Moddiy resurslardan ishlab chiqarishdan tashqari foydalanishning salmog‘i(MRt)
|
MRt=Mrt / Mru
|
Mrt-ishlab chiqarishdan tashqari foydalanilgan moddiy resurslar qiymati
Mru-Umumiy foydalanilgan moddiy resurslar qiymati
|
1
|
Moddiy resurslarning TMZ tarkibidagi salmog‘i (MRz)
|
MRz=Mr / TMZ
|
TMZ-tovar moddiy zaxiralar
Mr-moddiy resurslar qiymati
|
Mehnat resurslari va ulardan samarali foydalanishni tahlili.
Korxona faoliyatida mehnat omili muhim ahamiyat kasb etadi. Mehnat – bu inson va jamiyatning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan oqil va ongli faoliyatdir.
Mehnat resurslari mehnatga layoqatli aholining 16 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan ayollar va 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklardan iborat qatlamidir.
Korxonada mehnat resurslari: xodim, ishchi, xizmatchi kategoriyalari bilan tarkiblanadi.
Xodim – korxonada band bo‘lgan barcha tarkib, ishchi-mahsulot ishlab chiqarishda bevosita qatnashuvchi, jismoniy mehnat bilan shug‘ullanuvchi, xizmatchilar – jismoniy mehnatdan tashqari, xizmat ko‘rsatuvchi tarkib hisoblanadi.
7-jadval
Mehnat resurslari va ulardan samarali foydalanish tahlilining muhim masalalari
Tahlil mavzulari
|
O‘rganiladigan ko‘rsatkichlar tizimi
|
Tahlil mazmuni
|
Tahlil natijasi
|
Mehnat resurslari va ulardan samarali foydalanish tahlili mazmuni vazifalari va axborot manbalari
|
Mehnat resurslari va ulardan samarali foydalanish tahlilining nazariy, metodologik asoslari tasniflanadi
|
Ta’rifi, turkumlanishi, tahlil vazifalari, axborot manbalari bayon etiladi
|
Zamonaviy ta’rifi, turkumlanishi, tahlil mazmuni, vazifalari, axborot manbalari tavsiflanadi
|
Korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanishini tahlili
|
Mehnat resurslari tarkibi va ularning salmog‘i, koxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanish koeffitsiyenti
|
Mehnat resurslari turli tarkibiy belgilar bo‘yicha o‘rganiladi mutlaq va nisbiy o‘zgarishlari baholanadi
|
Mehnat resurslarini tarkibiy jihatdan o‘rganishga xodimlar mehnatidan samarali foydalanishning muhim omili deb qaraladi
|
Ish kuchi qo‘nimsizligi va ishchilarning malaka darajasini tahlili
|
Xodimlarning harakati (ishga qabul qilinishi, ishdan bo‘shash darajasi), qo‘nimsizlik, malaka darajasi
|
Xodimlar harakati va uning sifat ko‘rsatkichlari baholanadi
|
Xodimlar harakatida sifat o‘zgarishlarni ta’minlash chora-tadbirlari ko‘riladi
|
Ishchilarni ish vaqtidan foydalanishini tahlili va uning o‘zgarish sabablari
|
Ish vaqti fondidan foydalanish darajasini ifoda etuvchi ko‘rsatkichlar
|
Ishchilar sonining o‘zgarishi,
Bir ishchini ishlagan kunlarining o‘zgarishi,
Ish kuni davomiyligini o‘zgarishi
|
Ish vaqti fondidan samarali foydalanish, bo‘sh turishlar, ish vaqtida turli yo‘qotishlarni oldini olish choralari ko‘riladi
|
Mehnat unumdorligi tahlili
|
Mehnat resurslari va vaqt fondidan samarali foydalanish ko‘rsatkichlari
|
Bir xodimning mehnat unumi,
Bir ishchining mehnat unumi,
Bir kunlik mehnat unumi,
Bir soatlik mehnat unumi
|
Mehnat unumdorligini tarkibiy ko‘rsatkichlarini baholash orqali uni o‘stirish choralari ko‘riladi
|
Sanoat ishlab chiqarish xodimlari mehnat unumdorligiga ta’sir etuvchi omillar tahlili
|
Sanoat ishlab chiqarish xodimlarining mehnat unumdorligi ko‘rsatkichi
|
Ishchilarning sanoat ishlab chiqarish xodimlari tarkibidagi salmog‘ining o‘zgarishi, bir ishchining mehnat unumining o‘zgarishini ta’sir darajalari baholanadi
|
Xodimlar mehnat unumi va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi birliklarni maqsadli boshqarish imkoni tug‘iladi
|
Ishchining mehnat unumdorligiga ta’sir etuvchi omillarning tahlili
|
Bir ishchining mehnat unumdorligi ko‘rsatkichi
|
Mehnat unumi va uning o‘zgarishiga:
bir ishchining yil davomida ishlagan o‘rtacha kishi kunlari;
ish kuni davomiyligi; ishchining bir soatlik ish unumi ta’siri hisob-kitob qilinadi
|
Ishchining mehnat unumi va uni o‘stirish choralari belgilanadi
|
Mahsulot mehnat sig‘imini tahlili
|
Mahsulot hajmiga ish vaqti sarfi ko‘rsatkichi
|
Mahsulotning mehnat sig‘imi, uning o‘zgarishi, o‘zgarish sabablari o‘rganiladi
|
Mahsulot hajmida mehnat sarfining optimallashtirish choralari ko‘riladi
|
Mahsulot hajmiga ta’sir etuvchi mehnat omillarini tahlili
|
Ishchilarning o‘rtacha ro‘yxat soni, bir ishchi tomonidan ishlangan ish kuni, ish kuni davomiyligi, o‘rtacha bir soatlik mehnat unumi
|
Mahsulot hajmiga ta’sirini omilli tahlili o‘tkaziladi, ta’sir darajalari hisob-kitob qilinadi
|
Mehnat omillarini ijobiy ta’sir birliklarini baholash orqali ularni rag‘batlantirish choralari ko‘riladi.
|
Mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik va mehnat unumdorligini tahlilida quyidagi ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi.
8-jadval
Mehnat resurslari va ulardan samarali foydalanishning ko‘rsatkichlar tizimi
t/r
|
Ko‘rsatkichlar
|
Ko‘rsatkichlarning aniqlanishi
|
Belgilar izohi
|
1
|
Mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti(Mt)
|
Mt=Mr / Mrz
|
Mr-haqiqatda band qilingan mehnat resurslari
Mrz-zaruriy mehnat resurslari soni
|
2
|
Ishchilarning jami sanoat ishlab chiqarish xodimlarining tarkibidagi salmog‘i(Xis)
|
Xis=Is / X
|
Is-ishchilarning soni
X-xodimlarning ro‘yxat bo‘yicha o‘rtacha soni
|
3
|
Xizmatchilarning jami xodimlar tarkibidagi salmog‘i (Xxs)
|
Xxs=Xs / X
|
Xs-xizmatchilarning soni
|
4
|
Xodimlarni ishga qabul qilish koeffitsiyenti (Ibq)
|
Xiq=Xq / X
|
Xq-ishga qabul qilingan xodimlarning soni
|
5
|
Xodimlarni ishdan bo‘shatish koeffitsiyenti (Xib)
|
Xib=Xi / X
|
Xi-ishdan bo‘shagan xodimlarning soni
|
6
|
Xodimlar qo‘nimsizligi (Xq)
|
Xq=Ib / X
|
Ix-o‘z arizasiga muvofiq ishdan bo‘shaganlar soni
|
7
|
Mehnat unumdorligining inson va vaqt omili ko‘rsatkichlari
(MU):
|
MU
|
|
7
|
Bir xodimning mehnat unumi (MUx)
|
MUx=Mx / X
|
Mx-mahsulot hajmi
|
7
|
Bir ishchining mehnat unumi (MUi)
|
MUi=Mx / I
|
I-ishchilarning o‘rtacha ro‘yxat soni
|
7
|
Bir kunlik mehnat unumi (MUk)
|
MUk= Mx / Ik
|
Ik-jami ishlangan ish kunlari
|
7
|
Bir soatlik mehnat unumi (MUs)
|
MUs=Mx / Is
|
Is-jami ishlangan ish soatlari
|
8
|
Ish kuni davomiyligi (Id)
|
Id=Iis / Iik
|
Iis-jami ishlangan ish soatlari
Iik-jami ishlangan ish kunlari
|
9
|
O‘rtacha bir yillik ishlangan ish kunlarining haqiqiy ish vaqtidagi salmog‘i (Ivs)
|
Ivs=Iyk / Iykz
|
Iyk-bir yillik o‘rtacha ishlangan ish kunlari
Iykz-meyor bo‘yicha bir yillik ish kunlari
|
1
|
O‘rtacha ishlangan bir kunlik ish vaqtining me’yoriy ish vaqtidagi salmog‘i (Iks)
|
Iks=Ibs / Ism
|
Ibs-bir kunlik o‘rtacha ish vaqti
Ism-bir kunlik me’yoriy ish vaqti
|
1
|
Mehnat unumdorligini omilli ko‘rsatkichlari (Mu)
|
Mu
|
Mu-mehnat unumdorligi
|
|
Bir xodimga to‘g‘ri keladigan yillik mahsulot hajmi (Mux)
|
MUx=Is * Mui
|
Is-sanoat ishlab chiqarish xodimlari tarkibida ishchilarning salmog‘i
Mui-bir ishchining o‘rtacha yillik mahsulot hajmi
|
|
Bir ishchiga to‘g‘ri keladigan yillik mahsulot hajmi (Mui)
|
Mui=Iik*Ikd*Mus
|
Iik- bir ishchining yil davomida ishlagan o‘rtacha kishi kunlari
Ikd-ish kuni davomiyligi
Mus-ishchining bir soatlik ish unumi
|
1
|
Mahsulotning mehnat sig‘imi (Ms)
|
Ms=Ms/Mx
|
Ms-mahsulotga mehnat sarfi
Mx-mahsulot hajmi
|
1
|
Mahsulot hajmiga ta’sir etuvchi mehnat omillari (Mx)
|
Mx= Is*Iik*Ikd*Mus
|
|
Mahsulot ishlab chiqarish va sotishni tahlili
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish faoliyatining asosiy sharti hisoblanadi.
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmi korxona tomonidan bozor konyunkturasini chuqur tahlil etgan holda mustaqil ravishda rejalashtiriladi.
Mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha biznes rejada mo‘ljallangan hajmni bajarilishini ta’minlash hamda yuqori sifatli, xaridorgir mahsulotlarni yaratilishi korxonaning bevosita muhim ko‘rsatkichlari bo‘lmish ishlab chiqarish tannarxi, xarajatlar hajmi, foyda va rentabellik, moliyaviy barqarorlik, to‘lov qobiliyati, sof pul mablag‘larining hisobot davr oxiriga ko‘payishini ta’minlovchi omildir.
9-jadval
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish tahlilining muhim masalalari
Tahlil mavzulari
|
O‘rganiladigan ko‘rsatkichlar tizimi
|
Tahlil mazmuni
|
Tahlil natijasi
|
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish tahlilining mazmuni vazifalari va axborot manbalari
|
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish tahlilining nazariy, metodologik asoslari tasniflanadi
|
Mahsulot ishlab chiqarish va sotishning muhim ko‘rsatikichlar tizimi va ularning tasnifi, tahlil vazifalari, axborot manbalari bayon etiladi
|
Mahsulot ishlab chiqarish‚ sotishni tahlil etish mazmuni, vazifalari, axborot manbalari tavsiflanadi
|
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish rejasining bajarilishi tahlili
|
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish rejasining bajarilishi
|
Ishlab chiqarish va sotish rejasining bajarilishiga, dinamikasiga, qiyosiy o‘zgarishlariga baho beriladi
|
Korxona moliya-xo‘jalik faoliyatining istiqboldagi rejasi, byudjeti, prognoz ko‘rsatkichlari belgilanadi
|
Mahsulot ishlab chiqarish nomenklaturasi va assortimenti tahlili
|
Nomenklatura va assortiment rejasining bajarilishi
|
Nomenklatura va assortiment rejasininng bajarilishiga, reja bajarilishining korxona moliya-xo‘jalik faoliyatiga ta’siri o‘rganiladi
|
Nomenklatura va asoosrtimentni to‘g‘ri belgilash va ularni maqsadli boshqarish imkoniyatlari aniqlanadi hamda chora-tadbirlari belgilanadi
|
Mahsulot sifatining tahlili: ishlab chiqarishdagi brak
|
Oliy va birinchi kategoriyadagi mahsulot hajmi.
Mahsulotning sortlilik koeffitsiyenti.
|
Mahsulotning sifatligiga, uning pul tushumlari, moliyaviy natijaga ta’siriga baho beriladi
|
Mahsulotning sifatligini oshirish chora-tadbirlari ko‘riladi
|
Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligining tahlili
|
Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligi koeffitsiyenti.
|
Ishlab chiqarish maromiyligining uzluksiz va barqaror rivojlanishni ta’minlashdagi ahamiyatiga baho beriladi
|
Maromiylik va uning buzilishlarini oldini olish choralari ko‘riladi
|
Innovatsion mahsulotlar tahlili
|
Innvovatsion mahsulotlarning jami mahsulotlar tarkibidagi salmog‘i
|
Innovatsion mahsulotlar ularning raqobatdoshlikni ta’minlashdagi o‘rniga baho beriladi
|
Innvoatsion mahsulotlar hajmini oshirish, ilmiy, texnikaviy yangiliklarni amaliyotga keng joriy etish choralari ko‘riladi
|
Xorijga sotilgan mahsulotlar tahlili
|
Eksport qilingan mahsulotlarning jami mahsulotlar tarkibidagi salmog‘i
|
Eksport qilingan mahsulotlar hajmi, valyuta tushumlari va jahon bozoriga chiqish imkoniyatlariga baho beriladi
|
Eksport hajmini oshirish chora-tadbirlari ko‘riladi
|
Mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ta’sir etuvchi omillar tahlili
|
Mahsulotning mehnat vositalari, mehnat predmetlari, mehnat omillari bilan bog‘liq samaradorligi
|
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmiga ta’sir etuvchi miqdor va sifat omillariga baho beriladi
|
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmini o‘stirish, uning barqaror rivojlanishini ta’minlash chora- tadbirlari ko‘riladi
|
Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar tizimiga quyidagi ko‘rsatkichlar kiradi:
Yalpi mahsulot – bu korxonaning ma’lum bir davrda (kun, oy, chorak, yil) ishlab chiqargan mahsuloti, ko‘rsatgan xizmat va bajargan ishlarining amaldagi va solishtirma bahoda o‘lchangan hajmi.
Tovar mahsulot –ishlab chiqarishning barcha bo‘g‘inlaridan o‘tgan va tayyor holatga kelgan, iste’molchilarga yetkazib berish uchun mo‘ljallangan mahsulotlar.
Sotilgan mahsulot – iste’molchilarga ortib jo‘natilgan yoki hisob hujjatlari taqdim etilgan mahsulotlar.
Mahsulotlar nomenklaturasi – deb, miqdor holida tovarlar guruhlari, kichik guruhlari va pozitsiyalarini belgilashda hamda hisobga olishda qabul qilingan ro‘yxatidir.
Tovar (ish, xizmat)lar assortimenti - deb esa, mahsulotlarning ma’lum bir belgilariga qarab, ya’ni, uning turlari, navi, o‘lchami, markasi, artikullariga qarab ajratiladigan mahsulotlar xilidir.
Korxona uchun ko‘proq foyda keltiruvchi, kam xarajat talab etadigan tovarlarni ishlab chiqarish manfaatlidir. Shu sababli, tovarlarni ishlab chiqarish hajmini tahlil qilishda strukturaviy o‘zgarishlarni tahlil etishga alohida ahamiyat qaratiladi.
Mahsulotlar hajmida strukturaviy o‘zgarishlarni mehnat sig‘imi ko‘rsatkichlari orqali aniqlash mumkin. Mehnat sig‘imini me’yor-soat, me’yorlashtirilgan ish haqi ko‘rsatkichlari orqali aniqlanadi.
Mahsulot turlari bo‘yicha rejaning bajarilishi har xil darajada bo‘lishi strukturani o‘zgarishidan dalolat beradi. Struktura bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishi uchun haqiqiy ishlab chiqarilgan mahsulotning barcha xillari rejalashtirilgan mahsulot tarkibi va tuzilishiga teng kelishi kerak.
Ishlab chiqarish maromiyligi - bir maromda mahsulot ishlab chiqarishni tasniflaydi.
Ishlab chiqarishni bir maromda tashkil etilishi resurslardan foydalanish darajasiga, mahsulot sifatini yaxshilanishiga, shartnomaviy majburiyatlarni bajarilishiga ta’sir etadi.
Mahsulot sifati. Tahlilda muhim e’tibor ishlab chiqarishga va sotilgan mahsulotlar sifatiga qaratiladi. Mahsulot sifati deganda - uning tovarlilik darajasi, xaridorlar didiga mosligi, xalqaro va mamlakat standart meyorlariga javob berishidagi ijobiy tasnifiy jihatlari nazarda tutiladi.
Xalqaro va mamlakat standarti talablariga mosligi yuzasidan mahsulotlarning oliy va birinchi kategoriyalar tarikblanadi.
10-jadval
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish tahlilida o‘rganiladigan ko‘rsatkichlar tizimi
t/r
|
Ko‘rsatkichlar
|
Ko‘rsatkich
larning aniqlanishi
|
Belgilar izohi
|
1
|
Mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishi (Rb)
|
Rb=Mxx/Mxr
|
Mxx- haqiqatda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi
Mxr-rejada ishlab chiqarilishi belgilangan mahsulot hajmi
|
2
|
Mahsulot nomenklaturasi va assortimenti rejasining bajarilishi (Rbn)
|
Rbn=Mxn/Mxr
|
Mxn-nomenklatura va assortimentga qabul qilingan mahsulot hajmi
|
3
|
Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligi koeffitsiyenti(Mrb)
|
Rbm=Mxm/Mxr
|
Mxm-maromiylik hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi
|
4
|
Ayrim tur mahsulotlarning jami mahsulotdagi salmog‘i(Mxs)
|
Mxs=Mat/Mx
|
Mat-ayrim tur mahsulotlar hajmi
|
5
|
Mahsulot tarkibida oliy sifat mahsulot salmog‘i(Mxo)
|
Mxo=Mxo/Mx
|
Mxo-oliy kategoriyadagi mahsulotlar hajmi
|
6
|
Mahsulot hajmida innvoatsion mahsulot hajmi(Mxi)
|
Mxi=Mi/Mx
|
Mi-innovatsion mahsulotlar hajmi
|
7
|
Mahsulot hajmiga mehnat omillari ta’siri(MXm)
|
MXm=Is*Ik*Is*Mus
|
Is-ishchilarning o‘rtacha ro‘yxat soni
Ik-bir ishchi tomonidan ishlangan ish kunlari
Is-ish kuni davomiyligi
Mus-bir soatlik mehnat unumi
|
8
|
Mahsulot ishlab chiqarish hajmiga moddiy resurslar ta’siri(MXmr)
|
MXmr=MR*MRq
|
MR-moddiy resurslar qiymati
MRq-moddiy resurslar qaytimi
|
9
|
Mahsulot ishlab chiqarish hajmiga mehnat vositalari ta’siri(MXa)
|
MXa=Avq * Avo‘
|
Avq–asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymati
Avo‘-Asosiy vositalarning qaytimi
|
10
|
Sotish rejasining bajarilishi (Srb)
|
SRb=SMx/SMr
|
SMx-Haqiqiatda sotilgan mahsulot hajmi SMr-rejada belgilangan sotish hajmi
|
11
|
Shartnoma majburiyatlarini hisobga olgan holda sotish rejasining bajarilishi (SRsh)
|
SRsh=SMsh/SMx
|
SMsh-shartnoma majburiyatlarini hisobga olgan holda haqiqatda yetkazib berilgan mahsulot hajmi
Smx-yetkazib berilishi rejalashtirilgan mahsulot hajmi yetkazib erilishi
|
12
|
Sortlilik koeffitsiyenti (Ks)
|
Ks=MX/Mxb
|
Mxb-oliy kategoriya bahosida qayta hisoblangan mahsulot hajmi
|
13
|
O‘rtacha sotish bahosi (SBo‘)
|
SBo‘=MXq/MXm
|
MXq-Haqiqatda sotilgan mahsulot qiymati
MXm-Haqiqatda sotilgan mahsulot miqdori
|
14
|
Sotish hajmiga ta’sir etuvchi omillar (Smo‘)
|
SMo‘=TMqb+TMi-TMqo
|
TMqb-tayyor mahsulot davr boshiga qoldig‘i
TMi-Joriy davrda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot hajmi
TMqo-Tayyor mahsulotning davr oxiriga qoldig‘i
|
Do'stlaringiz bilan baham: |