Toshkent davlat agrar universiteti


Xizmatlar sohasi marketingining mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari



Download 356,31 Kb.
bet12/40
Sana13.09.2021
Hajmi356,31 Kb.
#173332
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40
Bog'liq
Iqbol diplom ohirgi holati

Xizmatlar sohasi marketingining mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari.

Xizmatlar marketingi – bu bozorda ko‘rsatiladigan xizmatlar mijozga yetib borishini ta’minlaydigan hamda ko‘rsatilayotgan xizmatni baholash, ishlab chiqarish haqida qabul qilingan qarorlarni asoslash, bozorda xizmatlarni ilgari surish va sotish, bozor holatini prognozlash va to‘g‘ri baholash, raqobat taktikasi va strategiyasini ishlab chiqish imkoniyatini beruvchi jarayon.

Har xil xizmatlar ko‘rsatuvchi firma samarali bozor faoliyatini amalga oshirishi uchun o‘z faoliyatida marketingni qo‘llashi kerak. Xizmatlar sohasida muvaffaqiyatli marketing faoliyati yuritish biznesning ishlab chiqarish aniqligidan tortib, xodimlar bilan ishlash madaniyatigacha bo‘lgan ko‘plab jihatlariga bog‘liq.

Marketingning maqsadlari uning mohiyatini ta’minlaydi va eng asosiy maqsadlaridan biri bu – samaradorlik hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida xizmat ko‘rsatuvchi har qanday firma eng yuqori samaradorlik bilan ya’ni eng kam xarajat va aqliy mehnat sarflab, eng yuqori ko‘rsatkichli muvaffaqiyatga intilgan holda faoliyat yuritishi kerak. Samarali faoliyat esa raqobat muhitida firmaning raqobatbardoshligini ta’minlaydi. Savdo xizmatlari ko‘rsatuvchi firmalar uchun foyda ko‘rish darajasi samaradorlik mezoni hisoblanadi.

Marketingning ikkinchi o‘ziga xos maqsadi birinchi maqsadning uzviy davomi hisoblanib, mijozlar ehtiyojini to‘la qondirish orqali samaradorlikni ta’minlash hisoblanadi. Bu maqsadga quyidagilar orqali erishish mumkin:



  • maksimal mavjud yuqori extiyoj;

  • mijozlar extiyojini maksimal qondirish;

  • keng tanlovni maqsimal ta’minlash;

  • yashash sifatining maqsimal o‘sishi.

Umumiy jihatdan olib qaraganda xizmatlar marketingining asosiy maqsadlarini quyidagilar tashkil etadi:

  • doimiy ravishda xizmatlar turi(assortiment)ni kengaytirish. Bu xizmat ko‘rsatuvchining bozordagi mavqei ko‘tarilishiga imkon beradi;

  • xizmat sifatini to‘xtovsiz yaxshilash. Bu firmaning raqobatbardoshligi oshishiga yordam beradi;

  • xizmat ko‘rsatish rentabelligining barqaror o‘sishini ta’minlash. Bu tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy foydasini ko‘rsatadi.

Xizmatlar marketingida belgilangan maqsadlardan kelib chiqqan holda, muhim me’yorlarni o‘z ichiga olgan prinsiplar mavjud bo‘lib, ular kuyidagilar hisoblanadi:

  • marketing muammolarini yechishda kompleks yondashuv. Bu yondashuv xizmat marketingini kompleks ishlab chiqish, iste’molchilarga kompleks xizmat ko‘rsatish, marketing muammolari bo‘yicha kompleks qaror kabul qilish, xizmat ko‘rsatuvchilar orasida mavqega ega bo‘lish kabi vazifalarni o‘z ichiga oladi;

  • muhim marketing muammolarini yechishda diqqatni oshirish. Bunga xizmatlar marketingining strategiya va taktikalarini amalga oshirishda resurslar va ma’lumotlarni jamlash kiradi;

  • mijozlarga xizmat ko‘rsatishda koperatsiya va ixtisoslashuv. Bu xizmatlar sohasida faol raqobat ustunligini ta’minlash asosida firmaning bozorda o‘z o‘rnini saqlab turishga va kengaytirishga imkon beradi.

Xizmatlar marketingining vazifasi xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning marketing maqsadlaridan kelib chiqadi. Agar xizmatlar sohasiga tegishli bo‘lgan xususiy muammolarni inobatga olmasak, xizmatlar marketingining vazifalarini umumiy holda uch guruhga ajratish mumkin:

Birinchi guruh. Iste’molchilarga ko‘rsatiladigan xizmatlarning ular uchun muhim bo‘lgan vaqt, narx, joy va boshqa xususiyatlariga bo‘lgan ishonchni oshirish.

Ikkinchi guruh. Xizmatlar marketingini izchil hayotga tadbiq etish asosida xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya raqobatbardoshligini oshirish.

Uchinchi guruh. Mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmatning xavfsizligini ta’minlash. Bu xizmatlarga bo‘lgan talabni qondirish jarayonida jismoniy xavfsizlik bilan birga iqtisodiy, siyosiy, ekologik, manaviy, ahloqiy va boshqa xavfsizliklarini ta’minlashni ko‘zda tutadi.



Xo‘jalik amaliyoti firma faoliyatining savdo ko‘rsatkichi ko‘tarilishining asosiy uchta omilini o‘zida aks ettiradi, ular xizmat ko‘rsatuvchi firmalar uchun ham tegishli. Bu omillarda marketing faoliyati to‘liq ishtirok etadi va xizmatlar marketingi vazifalarini o‘zida aks ettiradi:

  1. Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish.

  2. Mahsulot sifatini oshirish.

  3. Sotuv va realizatsiya qilish, talab va ularni qondirish yo‘llarini o‘rganuvchi tarmoqlarni rivojlantirish.

Umuman olganda xizmatlarning asosiy ya’ni his qilib bo‘lmaslik, o‘z manbasidan ajratib bo‘lmaslik, sifatining beqarorligi va saqlanmasligi kabi shunga o‘xshash yana bir qancha o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Shu xususiyalardan kelib chiqqan holda, xizmatlar marketingining ham kuyidagi o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin, albatta bu xususiyatlar xizmatlarning asosiy hususiyalari asosida shakllangan:

  • ko‘plab xizmat turlarini ularni taqdim etuvchilardan ajratib bo‘lmaydi. Shuning uchun iste’molchilar bilan aloqada bo‘lish xizmat ko‘rsatishning ajralmas bo‘lagi hisoblanadi;

  • xizmatlar marketingida xizmatlar ustunlik qiladi, tovarlar esa ularni to‘ldiradi;

  • bir xildagi asosiy xizmatlar korxonalarning bozor segmentini tanlash jarayonini sekinlashtirish maqsadida turli bozor segmentlarida taklif qilinishi mumkin;

  • xizmatlar marketingi foydaga yo‘naltirilgan va shu bilan birga aksi bo‘lishi ham mumkin. Masalan, notijorat xizmatlar marketingi o‘z navbatida davlat organlari va xususiy idoralar tomonidan tomonilan amalga oshirilishi mumkin;

  • xizmatlar marketingi tartibga solinish darajasiga qarab o‘zgaradi. Eng ko‘p tartibga solinadigan xizmatlar notijorat va sof monopoliya xizmatlari hisoblanadi;

  • ko‘p hollarda xizmat ko‘rsatish turini tanlashda xizmat uchun talab etiladigan mehnat asosiy omil bo‘ladi. Qoidaga ko‘ra, talab qilinadigan mehnat qanchalik yuqori bo‘lsa, iste’molchilarning o‘zlariga xizmat ko‘rsatishga moyilligi shuncha yuqori bo‘ladi



Xizmat marketingini tashkil etish

Xizmatning marketing kompleksini ishlab chiqish

Xizmatlar bozorini segmentlash va maqsadli segmentni tanlash

Xizmatlar sohasi korxonalari bozor imkoniyatlarining tahlili







Xizmatlar sohasi korxonasining marketing xizmatini tashkil etish

Iste’molchilarning xizmatlarga bo‘lgan talabini qondirishni kuchaytirish

Bozorning maqsadli segmentida xizmatning o‘rnini belgilash

Assortiment siyosatini ishlab chiqish

Xizmatlar bozorida narx siyosati

Marketing rejasini ishlab chiqish

Xizmat uchun maqsadli bozorni tanlash

Xizmatlar sohasi korxonalari marketing muhitini o‘rganish

Xizmatlar bozorining marketing tadqiqotlari





Xizmat marketingi-ning strategiya-larini ishlab chiqish

Marketing nazoratini tashkil etish

Xizmat taqsimoti kanallarini ishlab chiqish

Xizmatlar bozori konyukturasi-ni baholash







Xizmatlar sohasida raqobat darajasini baholash



Marketing tekshiruvi va auditini o‘tkazish

Xizmatlarga bo‘lgan talabni kuchaytirish

Xizmat marketingining taktikalarini ishlab chiqish



Download 356,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish