15-MASHG‘ULOT MAVZUSI: NASLLI BUQALARNI OZIQLANTIRISH RATSIONI TUZISH
Mashg‘ulot maqsadi: naslli buqalarga oziqa me’yorini belgilash, ratsion tuzish va oziqlantirish texnikasini o‘rganish.
Uslubiy ko‘rstamalar. Naslli buqalar uchun to‘g‘ri va to‘la qiymatli oziqlantirishni tashkil etish ularning sog‘ligini saqlash, jinsiy faolligini oshirish va sifatli urug‘ olishda katta ahamiyatga ega.
Naslli buqalarning to‘yimli moddalarga bo‘lgan talabi, ularning tirik vazni, yoshi, semizlik darajasi va ulardan urug‘ olish yoki urug‘lantirish davrida foydalanish darajasiga bog‘lik bo‘ladi. Urug‘lantirish davrida ulardan foydalanish darajasi uch holatga bo‘linadi: foydalanilmaydigan, o‘rta va yuqori. Agar bir haftada bir juft marta irg‘asa yoki urug‘ olinsa qilsa foydalanish darajasi o‘rta, agar 23 marta bo‘lsa yuqori hisoblanadi.
Buqalarning semizlik darajasi o‘rtachadan past bo‘lsa, ularning har 0,2 kg et olishi uchun asosiy oziqa me’yoriga qo‘shimcha qilib 1 oziqa birligi yoki 11,5 MDj almashinuv energiya va 120 g hazmlanuvchi protein qo‘shib beriladi.
YOsh o‘sayotgan buqalar ratsioniga 1 kg o‘sishi uchun qo‘shimcha qilib 4 oziqa birligi, yoki 45,6 MDj almashinuv energiya, 600 g hazmlanuvchi protein, 50 g kalsiy va 25 g fosfor qo‘shib beriladi.
Naslli buqalar ratsioni yaxshi sifatli boshoqli va dukkakli o‘tlar pichani, shirali oziqalar (silos, senaj, ildizmevalilar) va konsentrat oziqalardan don yormalari, kepak, omixta em, shrot va kunjaralardan tashkil etish mumkin. Ratsionga kiritiladigan pichan, silos va senaj oziqalar sifati Iklassga mansub bo‘lishi kerak.
Buqalarning 100 kg tirik vazniga qish davrida va og‘ilda boqiladigan mavsumda: pichan 0,81,2 kg, silos yoki senaj 0,81,0 kg, ildizmevalilar 1,01,5 kg va konsentratlar 0,30,5 kg, yozda: ko‘k o‘tlar 2,02,5 kg, pichan 0,40,5 kg va konsentratlar 0,20,5 kg berish tavsiya etiladi.
25jadval
Naslli buqalarning 1 oziqa birligi hisobiga talab etiladigan to‘yimli moddalar miqdori
Ko‘rsatkichlar
|
Sut yo‘nalishdagi zotlar uchun
|
Go‘sht yo‘nalishidagi zotlar uchun
|
Foydalanish darajasi
|
foydalanmaydigan davr
|
o‘rta
|
yuqori
|
foydalanmaydigan davr
|
o‘rta
|
Quruq modda, kg
|
1,43
|
1,34
|
1,18
|
1,32
|
1,2-1,3
|
Xom protein, g
|
165
|
207
|
239
|
165
|
192
|
Hazm. protein, g
|
100
|
125
|
145
|
100
|
125
|
Xom kletchatka, g
|
356
|
266
|
235
|
331
|
274-282
|
Kraxmal, g
|
110
|
138
|
159,7
|
112-116
|
130-135
|
Qand, g
|
100
|
125
|
145
|
94-97
|
117-121
|
Xom yog‘, g
|
43
|
47
|
47,2
|
38,7-40
|
37,5-38,5
|
Osh tuzi, g
|
6-7
|
6,5-7
|
6,9-7,4
|
6,3-6,5
|
6,3-6,5
|
Kalsiy, g
|
6-7
|
6,5-7
|
6,9-7,4
|
7,1-7,3
|
8-8,1
|
Fosfor, g
|
4-4,4
|
5,0
|
6-6,6
|
4,2-4,4
|
5,1-5,4
|
Magniy, g
|
2,4-2,8
|
2,5-3,9
|
3-4,3
|
-
|
-
|
Kaliy, g
|
9,1-13,9
|
9,3-14
|
8,6-13
|
-
|
-
|
Olitn gugurt, g
|
2,7-4,2
|
3,4-5,1
|
3,6-5,4
|
2,7-2,8
|
4-4,2
|
Temir, mg
|
78,5
|
74
|
65
|
71-73,2
|
75-77
|
Mis, mg
|
13,8
|
12,7
|
11,3
|
13,3
|
12,4-12,8
|
Rux, mg
|
57
|
53
|
47,3
|
53
|
50-50,6
|
Kobalt, mg
|
1,07
|
1,0
|
0,89
|
1,05
|
1,0
|
Marganets, mg
|
71
|
66,5
|
58,7
|
71
|
68,71
|
Yod, mg
|
1,07
|
1,0
|
0,89
|
1,05
|
1
|
Karotin, mg
|
60-70
|
70-78
|
60-87
|
53,5
|
65-69
|
Vitamin D, ming XB
|
1,1-1,7
|
1,2-1,8
|
1,4-1,6
|
1,03-1,06
|
1,0
|
Vitamin E, mg
|
43
|
40
|
35-40
|
39-40
|
37,3-38,5
|
Naslli buqalar uchun tuzilgan ratsion tarkibida ularning har 100 kg tirik vazniga: foydalanmaydigan davrda 1,10,8 oziqa birligi (yoki 12,68,3 MDj), o‘rta darajada foydalanganda 1,20,9 oziqa birligi (yoki 13,68,9 MDj), yuqori darajada 1,31,0 oziqa birligi (yoki 16,210,6 MDj almashinuv energiyasi) to‘g‘ri kelishi kerak.
Qish va yoz mavsumlari uchun tavsiya etiladiga ratsion strukturalari 26jadvalda ko‘rsatilgan.
jadval
Naslli buqalar uchun tavsiya etiladigan ratsion strukturasi
Ko‘rsatkichlar
|
Qishda
|
YOzda
|
Pichan
|
2540
|
1520
|
SHirali oziqalar
|
2030
|
|
Ko‘k o‘tlar
|
|
3540
|
Konsentratlar
|
4045
|
3540
|
Naslli buqalarning normal fiziologik holati, jinsiy faolligi va yuqori darajada urug‘ berishi oziqalar tarkibidagi protein bilan ta’minlanishidan tashqari, katta qorinda kechadigan mikrobiologik sintezi orqali ta’minlanishi ham katta ahamiyatga ega. SHuning uchun ratsionda qandprotein nisbati 0,81,2 atrofida bo‘lishi maqsadga muvofiq, buning uchun ratsionga 58 kg xashaki lavlagi yoki 34 kg qand lavlagi kiritiladi. Ratsion tarkibini qandlar miqdorini oziqaviy patoka bilan ham to‘ldirish mumkin. Ratsionning quruq moddasi tarkibida saqlanadigan xom kletchatkaning optimal miqdori urug‘lantirishda foydalanmaydigan davrda 25% va foydalaniladigan davrda 20% tashkil etish kerak.
Buqalarning jinsiy faolligiga hayvonot olamidan olingan oziqalar tarkibidagi vitamin va mineral moddalar ijobiy ta’sir etadi. SHu maqsadda, ratsionga 50 g dan 400 g gacha go‘sht uni, go‘shtsuyak uni, qon uni, baliq uni, quritilgan sut zardobi, yoki 23 l yog‘sizlantirilgan sut hamda 35 dona tovuq tuximi berish tavsiya etiladi.
16-MASHG‘ULOT MAVZUSI: YOSH BUZOQLARNI VA 6 OYDAN KATTA YOSHDAGI QORA MOLLAR UCHUN OZIQLANTIRISH
Mashg‘ulot maqsadi: yosh qoramollarni go‘sht uchun o‘stirish va bo‘rdoqiga boqishda oziqlantirish me’yorlarini belgilash, arzon va protein o‘rnini bosuvchi (mochevina, ammiakli suv va boshqa) moddalar bilan ratsion tuzish va oziqlantirish texnikasini o‘rganish.
Uslubiy ko‘rsatmalar. Mollarni bo‘rdoqiga boqish deb, mollarning tirik vazni va semizlik darajasini jadallik bilan oshirish maqsadida me’yordan ziyod oziqlantirishga aytiladi.
Mollarning 1 kg o‘sishi uchun sarflangan oziqa yosh mollarda kamroq bo‘ladi, buning sababi, katta yoshdagi mollaga nisbatan tirik vazni hisobiga ko‘prok oziqa iste’mol qiladi va “hayotni saqlash” uchun kam oziqa sarf bo‘lib, ko‘proq o‘sishi uchun sarflanadi, bundan tashqari, ortirilgan vazn tarkibidan katta yoshdagilarga nisbatan quruq modda va yog‘ miqdori kam bo‘ladi.
Qoramollarni bo‘rdoqiga boqish muddati ularning zoti, semizligi, yoshi va oziqlantirish darajasiga bog‘liq bo‘ladi, bir yoshgacha bo‘lgan mollar 67 oy, 1,52 yoshdada mollar 34 oy, katta yoshdagi mollar 2,53 oy davomida boqiladi.
Qoramollarning yoshi va oziqlantirshning darajasiga qarab quydagi bo‘rdoqiga boqish turlari mavjud.
1) YOsh qoramollarni jadal o‘stirish va bo‘rdoqiga boqish: bunda mollarning 6 oylik yoshida sut va sutgo‘sht yo‘nalishidagi mollarning tirik vazni 160170 kg ni tashkil etib, mollarning kunlik o‘sishi kamida 700 g tashkil etishi kerak. YOsh mollardan ishlab chiqarilgan go‘sht o‘zining kam yog‘ligi bilan ajralib uning sifatini belgilaydi.
Ratsion tarkibida mollarning 100 kg tirik vazniga 13 oylik yoshida 1,92,3 kg va 46 oyligida 2,52,6 kg quruq modda kelishi kerak. Quruq modda tarkibidagi kletchatka 13 oylik yoshida 1012% va 46 oylik yoshida 1416%, 6 oylik yoshdan so‘ng 1822% dan oshmasligi lozim.
YOsh mollar katta yoshdagilarga nisbatan vitaminlarga bo‘lgan talab kuchli bo‘lganligi uchun, ayniqsa qish mavsumida buzoqlar ratsioni dukkakliboshoqli o‘tlar pichani, o‘t uni, baliq yog‘i hamda su’niy vitaminlar bilan boyitilgan premikslardan tashkil etilishikerak.
Ratsionning asosiy qismini pichan, silos, senaj va ildizmevalilar tashkil etadi. Ratsionning energetik to‘yimligi konsentrat oziqalar evaziga oshiriladi, ularning miqdori bosqichmabosqich davrlar bo‘yicha oshib borilib, umumiy to‘yimliligi 40% gacha tashkil etadi. YOsh mollar qacha jadal oziqlantrilsa, shuncha tez tayyor bo‘lib, 1 kg semirishi uchun oziqa sarfi kam bo‘ladi. Ratsionlar protein, mineral va vitaminlar bilan tenglashtirilga bo‘lishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |