2) Oriq bo‘lgan yosh qoramollarni qo‘shimcha o‘stirish va bo‘rdoqiga boqish. Bunda asosan semizligi o‘rtachadan past bo‘lgan va oriq bo‘lgan 6 oylik qoramollarning semizlik jarajasi zavod konditsiyasiga etkazilaganidan so‘ng jadal oziqlantirilib burdoqiga boqiladi. Bo‘rdoqiga boqish 1518 oyligigacha boqilib, bu davrda tirik vazn 400500 kg tashkil etib, to‘la qiymatli oziqlantirish natijasida mollarning o‘rtacha bir kunlik semirishi 8001400 g tashkil etadi.
YOsh qoramollarni qo‘shimcha o‘stirish va bo‘rdoqiga boqishda oziqlantirish me’yorlari ularning tirik vazni va kunlik o‘rtacha semirish su’atiga bog‘liq bo‘ladi.
Oziqlantirish darajasi qancha to‘liq qiymatli bo‘lsa, mollarning 1 kg o‘sishi va semirishi uchun shuncha kam oziqa sarflanadi. Masalan, sutgo‘sht va sut mahsulot yo‘nalishidagi 56 oyligida 6,9 oziqa birliigi yoki 58 MDj almashinuv energiya sarflanadi, 69 oyligida 7,7 oziqa birligi yoki 64 MDj, 912 oyligida 8,8 oziqa biligi yoki 74 Mdj, 1215 oyligida 10,3 oziqa birligi yoki 87 MDj va 1518 oligida 11,3 oziqa birligi yoki 100 MDj almashinuv energiyasi sarflanadi.
Qo‘shimcha o‘stirish va bo‘rdoqiga boqish davrida 6 oydan katta bo‘lgan qoramallarning 100 kg tirik vazniga 2,3 dan 2,7 kg gacha quruq modda talab etiladi. Bu dvarda quruq modda tarkibidagi kletchatka 1822% tashkil etish kerak. 1 oziqa birligiga to‘g‘ri kekladigan hazmlanuvchi protein 69 oylik davrida 110 g, 912 oyligida 100 va 1218 oyligida 90 g tashkil etish kerak. Qandprotien nisbati 0,81,0 nisbatda bo‘lishi maqadga muvofiq.
YOsh qoramollarni bo‘rdoqiga boqishda, ayniqsa og‘il sharoitda mineral moddalar va vitaminlar bilan ta’minlanishi katta ahamitga ega. Ularning etishmovchiligi natijasida turli ostedistrofik va avitaminoz kasalliklaning vujudga kelishi sabab bo‘ladi. Mollarni faqat bir turdagi ratsion va oziqalar bilan boqilganda ko‘pincha makro va mikroelementlarning etishmovchiligi kuzatiladi.
Qish mavsumda vitaminlar defitsitini bartaraf etish maqsadida ratsionga boshoqlidukkakli o‘tlar pichani, o‘t unlari, baliq uni, vitaminlarning oziqaviy va sintetik preparatlari va premiks kiritadi.
YOsh qoramollarni qo‘shimcha o‘stirish kilinganda vabo‘rdoqiga boqilganda ularning 100 kg tirik vazniga nisbatan bir kunlik ratsion tarkibida kalsiy 1315 g, fosfor 68 g, osh tuzi 1012 g, karotin 50 g, vitamin D 2500 XB talab etiladi.
Qish mavsumida yosh qoramollarni qo‘shimcha o‘stirish va bo‘rdoqiga boqish asosan silos, senaj, jom, barda, mezga va boshqa arzon oziqalar bilan amalga oshirilib, konsentrat oziqalar va oqsilliminerallivitaminli qo‘shimchalar bilan ratsionlar tenglashtiriladi. Ratsion strukturasida shirali va sanoat qoldiqlari 40%, dag‘al oziqalar 2030% va konsentratlar 3040% tashkil etish kerak.
YOz davrida qoramollarni qo‘shimcha o‘stirish va bo‘rdoqiga boqish asosan yaylovlarda ko‘k oziqalarda boqilib, og‘illarda o‘rilgan ko‘k o‘tlarni berish orqali amalga oshiriladi, ushub ratsonlarda konsentratlar (omixta em) to‘yimligi 3040% ni tashkil etish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |