Kobalt. Kobaltning fiziologik roli vitamin V12 aniqlangandan keyin ma’lum bo‘ldi. Chunki kobalt bu vitaminning (4,5%) tarkibiga kiradi. Kobalt kavshovchi hayvonlar, cho‘chqa va parrandalarning ovqat hazm qilish organlaridagi mikroorganizmlarning vitamin V12 sintez qilishi uchun zarur. Agarda ratsionda kobalt Yetarlik darajada bo‘lmass V12 vitaminining sintezi buzuladi.
Kobalt yetishmaganda qoramollarda va qo‘ylarda akoboltoz yoki suxotka kasalligiga chalinadi. Kasallik darmonsizlikdan boshlanadi, mahsuldorlik pasayadi, jinsiy funksiya buziladi, kam qonlik bo‘ladi va ozib ketadi. Kobalt yetishmaganda kavshovchi hayvonlar ratsioniga kobalt sulfitini qo’shib berish mumkin.
Kobalt organizmda uzoq vaqt saqlanmaydi, shuning uchun kobalt hisobiga zaharlanish bo’lmaydi. Ayrim holatlarda bir kunda 100 kg tirik vazniga 90-110 mkg qabul qilgandagina zaharlanish kuzatilishi mumkin.
NAZORAT SAVOLLAR
Mineral moddalar hayvon oganizimida qanday rol o‘ynaydi?
Makro elementlarga qaysi elementlar kiradi?
Mikro elementlarga qaysi elementlar kiradi?
Qaysi ozuqalar tarkibida kalsiy, fosfor ko‘p saqlaydi?
Kul reaksiyasi nima?
9-MASHG‘ULOT MAVZUSI: PICHAN SIFATINI BAHOLASH. JAMG‘ARILGAN DAG‘AL OZIQALAR MIQDORINI ANIQLASH.
Mashg‘ulot maqsadi: pichan sifatini aniqlash usulini o‘rganish, jamg‘arilgan dag‘al oziqalarning miqdorini hisob yo‘li bilan aniqlashni usulini o‘rganish.
Uslubiy ko‘rstamalar. Pichan bu ekiladigan yoki tabiiy o‘tlarni namligi 15-17 % gacha asosan tabiy (quyosh nuri yordamida yoki soyada) sharoitda yoki sun’iy ravishda quritish yo‘li bilan konservatsiya qilingan oziqalardir.
Pichanlar botanik tarkibi va o‘sish sharoitiga qarab 4 turga bo‘linadi:
1. Ekiladigan dukkaklilar (dukkaklilar 60% dan ko‘p).
2. Ekiladigan boshoqlilar (boshoqlilar 60% dan ko‘p, duqqaklilar 20% dan kam).
3. Ekiladigan duqqakli-boshoqlilar (dukkaklilar 20% dan 60% gacha).
4. Tabbiy o‘tlar pichani.
Pichanlar sifatini baholashda quyidagi ko‘rsatkichlar o‘rganiladi: o‘simlikni o‘rib olish vaqtidagi vegetatsiya fazasi, rangi, xidi, quruq modda miqdori, zararli va zaharli o‘tlarning saqlanishi yoki boshqa mexanik qo‘shimchalar bilan ifloslanganligi. Pichan tarkibida quruq modda miqdori 83% dan kam bo‘lmasligi kerak, ya’ni uning namligi 17% dan oshmasligi lozim. Mineral moddalar bilan ifloslanganligini (qum, tuproq, chang, tosh) aniqlashda pichan tarkibida xom kulning umumiy miqdori bilan belgilanadi. Bunda xlorid kislotasi tarkibida erimaydigan mineral aralashmasi 0,7% dan oshmasligi kerak.
Pichan tarkibida saqlanadigan xom protein va almashinuv energiya miqdori bo‘yicha uch sinifga bo‘linadi (15-jadval).
15–jadval
Pichanlarning siniflarga bo‘linshi
Pichan
turilari
|
Pichan sinfi
|
Quruq modda tarkibida xom protein miqdori,% (kamida)
|
1 kg quruq modda tarkibidagi (kamida)
|
almashinuv energiyasi, MDj
|
oziqa biligi, kg
|
Ekiladigan dukkaklilar
|
1
|
16
|
9,2
|
0,68
|
2
|
13
|
8,8
|
0,62
|
3
|
10
|
8,2
|
0,54
|
Ekiladigan boshoqli
|
1
|
13
|
8,9
|
0,64
|
2
|
10
|
8,5
|
0,58
|
3
|
8
|
8,2
|
0,54
|
Ekiladigan dukkakli–boshoqli
|
1
|
14
|
9,1
|
0,67
|
2
|
11
|
8,6
|
0,60
|
3
|
9
|
8,2
|
0,54
|
Tabbiy o‘tlar
|
1
|
11
|
8,9
|
0,64
|
2
|
9
|
8,5
|
0,58
|
3
|
7
|
7,9
|
0,50
|
Pichan sifatini laboratoriya tahlillari yordamida yoki xo‘jalik sharoida organoleptik usullar bilan baholanadi. Buning uchun jamg‘arilgan oziqadan olingan o‘rtacha namuna umumiy pichan partiyasiga tegishli bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |