Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali zooinjeneriya, veterinariya


Jamg‘arilgan dag‘al oziqalar miqdorini aniqlash



Download 474,75 Kb.
bet20/52
Sana15.04.2022
Hajmi474,75 Kb.
#555198
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   52
Bog'liq
lABORATORIYA

Jamg‘arilgan dag‘al oziqalar miqdorini aniqlash. Skirdlar va g‘aramlarga jamg‘arilgan dag‘al ozuqalarning umumiy miqdori hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi. Buning uchun ularning o‘lchamlari yordamida hajmi aniqlanadi, so‘ngra dag‘al oziqaning turi, maydalanganlik darajasi va bostirilgan muddatiga qarab 1 m3 hajmdagi og‘irligiga ko‘paytiriladi (16 -jadval).
Skirdlarning hajmi quyidagi formulalar yordamida aniqlanadi:
1. Ustki qismi aylana shaklda, baland skirdalar uchun (balandligi enidan uzun):
V=(O×0,52-E×0,46)×E×U;

2. Uski qismi aylana shaklda o‘rta va past skirdlar uchun:


V=(O×0,52-E×0,44)×E×U;


3. Barcha kattalikdagi yassi bostirilgan skirdalar uchun:


V=(O×0,56-E×0,55)×E×U;


4. Ustki qismi uchburchak shaklda bostirilgan skirdlar uchun:



G‘aramlarning hajmi quyidagi formulalar yordamida aniqlanadi:

  1. Baland g‘aramlar uchun:

V=(0,004×O-0,012)×A2;


2. Past g‘aramlar uchun:
.
Bunda: V – skird yoki g‘aramnig hajmi, m3; O – oshirma, m; E – eni, m; U - uzunligi, m; A – aylana, m.


10-MASHG‘ULOT MAVZUSI: SILOS VA SENAJ SIFATINI BAHOLASH. TAYYORLANGAN SILOS VA SENAJ MIQDORINI HISOBLASH.
Mashg‘ulot maqsadi: silos va senaj sifatini aniqlash usullarini o‘rganish, tayyorlangan silos va senaj miqdorini hisoblash yo‘li bilan aniqlash.
Uslubiy ko‘rsatmalar. Silos – bu ko‘k va boshqa oziqalarni anaerob sharoitda sut-kislotali mikroorganizmlar tomonidan ishlab chiqarilgan sut kislotasi yordamida konservatsiya qilingan shirali oziqadir.
Silos tayyorlash uchun asosan ko‘k makkajo‘xori, kungaboqar, sorgo, sudan o‘ti, bir yillik dukkakli o‘simliklar (no‘xat, vika, oziqaviy lyupin va boshq.), boshoqli va dukkakli o‘tlar aralashmasi, ekiladigan ko‘p yilik va tabiy o‘tlar, , ildizmevalilar va poliz ekinlaridan foydalaniladi.
Silosning sifati va to‘yimliligi birinchi navbatda o‘simlikning kimyoviy tarkibi, ular tarkibidagi qand, protein, mineral moddalar miqdoriga, namligi, tayyorlash texnologiyasi, saqlash sharoiti va foydalanish usullariga bog‘liq bo‘ladi.
Silos barcha qishloq xo‘jalik hayvonlari uchun yaxshi iste’mol qilinadigan oziqadir, uni tayyorlashdan asosiy maqsad ko‘k oziqalar tarkibidagi to‘yimli moddalarning maksimal darajada saqlanishiga imkon beradi. Masalan, ko‘k ozuqalarni pichan uchun quritilganda uning tarkibidagi to‘yimli moddalarning kamida 30-50% yo‘qoladi. Silos tayyorlashda esa bu yo‘qolishlar 10% ni tashkil qilish mumkin, faqatgina organik kislotalarning hosil bo‘lishi uchun 60-90% qand miqdori sarflanadi.
Silos sifati o‘rganilganda quyidagi ko‘rsatkichlar aniqlanadi: silosning ishqorli–kislotali muhiti (pH); sut, sirka va moy kislotalarni umumiy miqdori va ularning o‘zaro nisbati; saqlanadigan karotin, xom protein va xom kul miqdori; silos xidi, strukturasi (shakli), rangi va namligi.
Silosning sifatini aniqlash uchun birinchi navbatda o‘rnatilgan tartibda o‘rtacha namuna olinadi (o‘rtacha namuna olish tartibi laboratoriya mashg‘ulotlarida yoritib berilgan). Silos namligi laboratoiya sharoitda tezkor usul bilan aniqlanadi. Buning uchun, o‘rtacha olingan namuna qurutqich shkafida 1300C haroratda 30–40 daqiqa davomida quritish yo‘li bilan aniqlanadi.
Xo‘jalik sharoitda silos namligini taxminan aniqlash uchun bir siqim silos qo‘lga olinadi va qisib ko‘riladi: agar silos namligi yuqori bo‘lsa (80% dan ziyod), bunda shira ko‘p miqdordi ajraladi; agar silos namligi 75–80% atrofida bo‘lsa ajraladigan shira miqdori o‘rta me’yorda bo‘ladi; agar shira ajralmasa bunday silosning namligi 65–70% dan oshmaydi.
Silosning pH muhitini aniqlash uchun oziqa namunasi olinada va shisha idishning yarim hajmigacha to‘ldiriladi, so‘ngra uning ustidan qaynatilib sovutilgan suv quyiladi. Idishdagi silos yaxshi aralashtiriladi va 15–20 daqiqaga davomida o‘z holatida saqlanadi. So‘ngra idishdagi suyuqlik qog‘ozli filtr orqali suzib olinadi va pipetka yordamida undan 2 ml hajmda filtrat olinib farforli palitraga solinadi. Ushbu suyuqlik ekstraktiga darhol 2–3 tomchi miqdorda maxsus silosli indikator (A.N.Mixin usuli bo‘yicha metilrota va bromtimolblaudan tayyorlanadi) qo‘shiladi. 2–3 daqiqadan so‘ng suyuqlik rangi aniqlanadi va 16–jadval bo‘yicha silosning pH muhiti aniqlanadi.
16–jadval
Silosning pH muhiti aniqlash (A.N.Mixin usuli bo‘yicha)

Indikator qo‘shilgandan so‘ng suyuqlik ekstraktning rangi

Silosning pH muhiti

Ball

Och–qizil

4,2 va undan past

5

Qizil–oranjevыy

4,2–4,5

4

Oranjevыy

4,6–4,8

3

Sariq

4,8–5,5

1

Sarg‘ich–yashil

5,6–6,4

0

YAshil va yashil–ko‘k

6,7–7,6

0

Silosning pH muhiti boshqa usullar bilan ham aniqlanadi, masalan: indikatorli qog‘oz yoki maxsus pH–metr yordamida. Agar silos so‘litilgan o‘tlardan tayyolangan bo‘lsa yoki natriy pirosulfitdan konservant sifatida foydalanilgan bo‘lsa, unda silosning pH muhiti aniqlanmaydi.


17–jadvalda silosning sifatini organoleptik ko‘rsatkichlari bo‘yicha aniqlash uslubiyoti keltirilgan. Organoleptik ko‘rsatkichlari natijalari va laboratoriya tahlillari (17–jadval) asosida silosning sifatiga baho beriladi va uning klassi aniqlanadi, bundan tashqari silosning sifatini umumiy ballar yig‘indisi asosida ham baholash mumkin (17–jadval).
jadval
Ballar yig‘indisi asosida silosning tasniflanishi

Silos tavsifi

Ballar

Organoleptik ko‘rsatkichlar ballar yig‘indisi

Laboratoriya tahlili ballari yig‘indisi

Jami

Juda yaxshi

9

33-28

42-37

YAxshi

7-9

25-20

32-26

O‘rta (qoniqarli)

5-4

15-8

20-12

O‘rtadan past (yomon)

0

5-2

5-2

Juda yomon

-13

1-0

-12 dan -20 gacha

Silosning pH muhiti 3,7 dan kam bo‘lsa uni nordonlashtirish lozim, buning uchun ammiakli suv, ohakli eritma, bo‘r va natriy bikorbonatlardan foydalaniladi. O‘ta nordon silosning yaxshi iste’mol qilinishi uchun uni ishqorli reaksiyasiga ega bo‘lgan, engil hazmlanadigan uglevodlarga boy bo‘lgan (ildizmevalilr, oziqaviy patoka) oziqalar, pichan hamda o‘t uni bilan aralashtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
18–jadval
Silosning sifatini organoleptik ko‘rsatkichlari bo‘yicha aniqlash

Xidi

Baho

Rangi

Baho

Struktura va boshq.

Baho

Davlat andozasi bo‘yicha klass

Bal–lar

Davlat andozasi bo‘yicha klass

Bal–lar

Davlat andozasi bo‘yicha klass

Bal-lar


Download 474,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish