10 – rasm: 5KV tola kondensori:
1 – korpus; 2 – katta to’rsimon baraban;
3 – ikki kichik to’rsimon baraban;
4 – ikkita g’adur – budur baraban;
5 – zichlagich.
Topshiriq va nazorat savollari:
1.Paxtani zavodlar va tayyorlov punktlarida saqlash usullari.
2.Xirmon maydonchalarida xirmon ko’tarish uchun ishlatiladigan
mexanizatsiya
vositalari.
3.Paxta uchun mo’ljallangan operativ mexanizatsiyalashgan omborlarning vazifalari.
4.Paxtani titish mashinalari, ularning vazifasi va ishlash usuli.
5.Tunnel qazish mashinasi, ularning vazifasi va ishlash usuli.
12 – ma’ruza: Paxta tozalash zavodida va paxta tayyorlash punktida texnik nazorat
Reja:
1. Tayyorlash punkti va paxta to’zalash korxonasi texnologik laboratoriyalari tomonidan
o’tkaziladigan sinovlar va bunda ishlatiladigan asbob-uskunalar ro’yxati
1. Tayyorlash punkti va paxta to’zalash korxonasi texnologik laboratoriyalari
tomonidan o’tkaziladigan sinovlar va bunda ishlatiladigan asbob-uskunalar ro’yxati
Paxta tozalash korxonasida tayyorlangan paxta
va undan olinadigan paxta
mahsulotlarining sifatini aniqlash ishlarini texnik nazorat bo’limi (TNB) amalga oshiradi.
Paxta tozalash korxonasi TNB tarkibiga korxona texnologik laboratoriyasi (1-rasm)
va korxona ixtiyoridagi paxta toyyorlash punktlari laboratoriyalari (2-rasm) kiradi.
Tayyorlangan paxta va ishlab chiqariladigan mahsulotlar sifatini aniqlash TNB
O’zbekiston Respublikasi Davlat standartlari va tegishli qo’llanma hamda sinov usullariga
qat’iy amal qilgan holda amalga oshiradi.
Korxonadagi TNBning asosiy vazifalari quyidagidan iborat:
– standart va texnik talablarga javob bermaydigan paxtani
qabul qilish va paxta
mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda iste’molchilarga jo’natishning oldini olish;
– tayyorlanadigan paxta va ishlab chiqariladigan paxta mahsulotlari sifatini
ta’minlash uchun paxta tayyorlash punktlari va paxta tozalash
korxonasining barcha
xodimlari orasida ishlab chiqarish, texnologik va shartnoma intizomlarini har tomonlama
mustahkamlash.
Yuklatilgan vazifalariga binoan TNB paxta tayyorlashni,
korxonada paxtaga
dastlabki ishlov berish tizimini texnik nazorat qiladi hamda paxta va undan olinadigan
mahsulot sifatini baholaydi.
Paxta va
undan olinadigan mahsulotlarni, shuningdek, ishlab
chiqarish chiqindilari
sifatini aniqlash uchun korxona texnologik laboratoriyasi 1-jadvalda keltirilgan
ro’yxatdagi tegishli uskunalardan foydalanib tahlillar o’tkazadi.
1-jadval
Paxta tayyorlash punkti laboratoriyasi hamda paxta tozalash korxonasi texnologik
laboratoriyasi tomonidan o’tkaziladigan sinovlar va bunda ishlatiladigan uskunalar
ro’yxati
Do'stlaringiz bilan baham: