2.1. Pnevmotransport qurilmasining tuzilishi
5-rasmda paxta zavodlarida paxtaning avtotransport qurilmasini joylashtirishning
asosiy chizmasi keltirilgan. Pnevmotransport qurilmasining unumdorligi paxta zavodining
quvvatiga qarab o’zgaradi. Bir qatorli paxta zavodi uchun u soatiga 12 tonna paxtani
tashkil etadi. Transport quvuri magistral uchastka va ko’chma zvenolardan iborat.
Magistral uchastka payvandlangan konstruktsiyali 2...3 mm varaqli po’lat yoki 400...450
mm diametrdagi asbestsement quvuridan tayyorlanadi.
Magistral qo’zg’almas quvurlari 600...700 mm chuqurlikdagi zovurlarga yoki
estakadalarga yotqiziladi. Quvurlarni yer ostiga joylashtirish ancha qulay bo’lib, zavod va
paxta punktidagi transport vositalarining o’tish yo’llarini to’smaydi. Quvurning butun
uzunasi bo’ylab ma’lum masofalarga uzatish quduqlari, alohida omborlarga ketgan quvur
shaxtalarida qayta ulash quduklari hamda paxtani chiqarish quduqlari o’rnatiladi.
Quvur
zvenolarining barcha tutashish bo’g’inlari va tarmoqqa ulangan boshqa qurilmalar
bo’g’inlari pnevmotransport qurilmasining germetikligini ta’minlashi kerak.
Zavod hududida ko’p paxta tayyorlanadigan yirik zavodlarda quvurning uzunligi
yoki pnevmatikaning harakat radiusi 200...250 metrga yetishi mumkin. Paxta
xomashyosini pnevmatik transportga ortish tizimini harakat radiusini kattalashtirish uchun
hovliga o’rnatiladigan pnevmotransport ishlab chiqarilgan (6-rasm).
Po’latdan yasalgan quvurlarda havo hajmining oshishi,
havoning tashqi muhitdan
so’rilishi hisobiga quvurning har 10 metr uzunligiga 3 foizni tashkil qiladi. SHuning uchun
diametri 400 mm bo’lgan ishlatilayotgan pnevmoqurilma quvurlarida havoning hamda
paxtaning harakat tezligi uzluksiz oshib boradi. Bunda ancha quvvat sarflanib
pnevmoqurilmaning ta’sir radiusi qisqarib boradi. Bu ko’rsatilgan kamchiliklarni bartaraf
etish uchun paxtani transportirovka qilish tezligini pasaytirishni pnevmotrassaning
ko’zg’almas uchastkasida diametri 400 mm bo’lgan quvurni 450 mm.li quvurga
almashtirish bilan amalga oshiriladi.
Pnevmatik tashish qurilmasi 400 mm diametrli o’zgaruvchan uzunlikdagi ko’chma
quvurlar uchastkasi (1), tosh ushlagich (2), 450 mm diametrli o’zgarmas
uzunlikdagi
ko’zg’almas quvur uchastkasi (3), separator (4), markazdan kochirma ventilyator (5) va
atmosfera chiqindilarini tozalovchi qurilmadan (6) tashkil topgan.
Pnevmoqurilmalarni ishlatganda tez-tez pnevmoquvur zvenolarini paxtani
texnologik tizimga uzatish joylariga siljitishga to’g’ri keladi. Tosh ushlagichni paxtani
uzatish yo’nalishga burish uchun u buriluvchi asosga o’rnatilgan. Ishlatilgan havoni
tozalash uchun yuqori samarali chang ushlash qurilmasi o’rnatilgan. TS7-25-12.8
ventilyatori, qo’zg’almas uchastkaga o’rnatilgan 450 mm diametrli quvuri bo’lgan
pnevmoqurilma soatiga 15 tonna paxta uzatganda paxtani 150 metr masofaga
transportirovka qilishni ta’minlaydi. SHu miqdoridagi paxtani 400
mm diametrli quvuri
bo’lgan pnevmoqurilma 125 m masofaga uzatishni ta’minlaydi.