203
o‘g‘itlarni sochib beradigan ROU-5, PRT-10, PRT 16, PRT-25, RTO-6 rusumli
moslamalardan foydalaniladi. Organik o‘g‘itlar sochib chiqilganidan keyin kuzgi
shudgor paytida pluglar bilan tuproqqa ko‘mib ketiladi.
4.4. Urug‘larni ekishga tayyorlash
Urug‘larni saralash
.
Urug‘larni ekish oldidan tayyorlashning ishlab chiqarishda
eng ko‘p tarqalgan va yuqori samara beradigan usuli urug‘larni saralashdir.
Bunda
urug‘lar katta-kichikligi, vazni va nechog‘lik to‘lishganiga qarab saralanadi, eng yirik
va og‘ir urug‘lar ajratib olinadi. Urug‘larni yirikligiga qarab saralashda ko‘zlari
ma’lum kattalikda bo‘lgan, masalan qovun urug‘lari uchun ko‘zlari 1,5x1,5 mm
keladigan elaklar ishlatiladi.
Urug‘larni dorilash.
Urug‘larni ekish oldidan tayyorlashda qo‘llaniladigan tadbir
— ularni ekinlarda uchraydigan kasalliklar va zararkunandalarga qarshi dorilashdir.
Ularni dorilash sovuq tuproqda urug‘larning chirib qolishiga sabab bo‘ladigan patogen
zamburug‘larni yo‘qotishga ham yordam beradi. Urug‘larni dorilash uchun mavjud
bo‘lgan dorilash moslamalaridan foydalaniladi. Urug‘larni germetik holda yopiladigan
idishga solib, kerakli miqdordagi dori qo‘shiladi-da, idishning og‘zini mahkam yopib,
5-10 minut chayqatiladi.
Qovunda uchraydigan fuzarioz so‘lish kasalligiga qarshi urug‘lar mis, ruh,
marganes, temir singari mikroelementlardan birortasining 0,5% li eritmasida 12 soat
davomida namlab qo‘yiladi. Urug‘larni patogen ta’sir ko‘rsatadigan moddalar, ya’ni:
metilen ko‘kining 0,1-0,3% li va anabazin sulfatning 0,1-0,3% li eritmalariga ekishdan
oldin bo‘ktirib qo‘yish ham yaxshi ta’sir ko‘rsatadi.
Urug‘larni bo‘ktirish va undirib olish. Urug‘larni ekishdan oldin tayyorlashning
eng keng tarkalgan usuli ularni tezroq unib chiqishi uchun namlash, bo‘ktirib
qo‘yishdir. Urug‘lar uy haroratidagi yoki 30-35°S gacha ilitilgan suvda to‘la-to‘kis
bo‘rtib olgunicha bo‘ktirib qo‘yiladi. (Buning uchun
ularni idishlarga solib
(idishlarning uchdan bir qismi to‘lgunicha) ustidan suv qo‘yib qo‘yiladi, 2-3 soatdan
keyin qalqib chiqqan urug‘lar olib tashlanadi chunki ular puch bo‘lib, ekishga
yaramaydi. Suvni to‘kib tashlanadi-da, urug‘larni bir
kecha-kunduz davomida iliq
joyga qo‘yib, vaqti-vaqti bilan aralashtirib turiladi. Urug‘larni bo‘ktirishning boshqa
usullari ham bor. Yarmiga uchdan bir qismi to‘lgunicha urug‘lar qoplarga solinib,
suvli idishga 1-2 soat tushirib qo‘yiladi. Keyin qoplarni chiqarib olib,
suvni selgitib,
urug‘lar to‘kiladi va 6-8 soat davomida uyiladi-da, bir ikki marta aralashtiriladi.
Shundan keyin urug‘larni yana qoplarga solinib, bir-ikki soat suvga bo‘ktirib
qo‘yiladi. Urug‘lar nish bera boshlagunicha shu tartibda bo‘ktirilaveradi. Ish tamom
bo‘lganidan keyin urug‘larni to‘kiladigan holga kelguncha quritiladi va nam tuproqka
ekiladi.
Urug‘larni mineral va organik o‘g‘itlar eritmalarida bo‘ktirish
ularni yaxshiroq
unib chiqishiga, ko‘pincha esa ekin hosildorligi ortishiga ham yordam beradi.
Urug‘larni kaliy nitratning 30% li eritmasi, yangi tayyorlangan go‘ng sharbati yaxshi
natija berishi aniqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: