Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali meva-sabzavotchilik, uzumchilik



Download 12,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/327
Sana24.03.2022
Hajmi12,45 Mb.
#507809
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   327
Bog'liq
Мажмуалар саб -пол 2020й лотин

Ok rangli plyonka:
Ushbu plyonka turi dala ekinlarini begona utlardan Himoya 
qilishda mulcha sifatida ishlatiladi. Nurlarni kam utkazish xisobiga tuproq xaroratini 
boshqa turdagi plenkalarga nisbatan kamroq ushlaydi.
Oq-qora rangli plenka:
Polietilen plyonkasining ushbu turi xam begona o‘tlarni 
o‘sishiga salbiy ta’sir kursatadi, tuproqni xaddan tashqari kizishidan asraydi. 
Shuningdek, o‘simliklarni xaddan tashqari kizishiga yul kuymaydi.

Kuk rangli selektiv plyonka – Bu plyonka turi o‘simliklarni kuz 
davrlarida, Isroilda esa kish faslida qo‘lupnay va boshqa o‘simliklarni Himoya 
qilish uchun foydalaniladi. Begona o‘tlarni o‘sishiga to‘sqinlik qiladi. 

Ultrabinafsha nurlarini 
(UV) 
o‘tkazadigan stabillashgan plyonka. 
Plyonkaning bu turi tuproqni mulchalashda xam zararsizlan-tirishda (dezinfeksiya) 
foydalanib, kuchli yorug‘lik radiatsiyasiga chidamli. Plyonka 25-30 mikron (0,025- 
0,03) ulchamda bo‘ladi. 
Issiqxonalar odatda qurilish, inventar va foydali maydonlar bilan farqlanib ulvrni 
quyidagicha izoxlab aniqlanadi. Qurilish maydoni deganda issiqxonaning tashqi 
asosidagi (eni va buyi) ulchamlarini yig‘indisi tushiniladi. Inventarli maydonga 
Tayanch iboralar: 
Polimer materiallar, Oq rangli plyonka, Oq-qora 
rangli 
plenka, 
zamonaviy 
issiqxona, 
parniklar, 
yaroqli 
ko‘chat,chirindi,tuproqsiz muxit.
 
 
 


58 
(uskunalar bilan band bo‘lgan) issiqxona ning ichki (eni va bo‘yi) asosi bo‘yicha 
ulchamlarni yig‘indisi kiradi. Foydali maydonga bevosita ekinni ekilib yetishtirishda 
band bo‘lgan maydon kiradi. Bunga o‘simliklarni qator oralari o‘simliklar orasidagi 
yulaklar xam kiradi. Doimiy uskunalar turadigan va yulak bilan band bo‘lgan 
maydonlar kirmaydi. 
Foydali maydonning inventar maydoniga bo‘lgan nisbati maydonidan 
foydalanish koefitsienti tashqil etib, u nishabi ikki tomonlama sukchakli 
issiqxonalarda 0,6 ni, yerni issiqxonalarda esa 0,8 ni tashqil etadi. Issiqxona ning 
xamma tusiladigan qismlari satxini (tomi, oldi, va yon tomonlari) inventar maydonga 
nisbati tusik koefitsienti deyiladi. Bu koeffitsient issiqxona ning maydoniga bog‘liq 
xolda: bir zvenoli issiqxona da 1,50-1,70, 40-1,50, blok tipidagi issiqxona da 1,20-
1,40 ni tashqil etadi. Tusik koefitsienti kancha kichik bulsa, kapital jamgarma va xam 
1 m
2
inventar maydon xisobiga sarflanadigan issiqlik yo‘qotish shuncha kam bo‘ladi.
Zamonaviy issiqxonalar zavoda tayyorlangan detallardan yig‘iladi. Ularni 
sinchlari pishiq zanglamaydigan, usti ruxlangan po‘latdan tayyorlanadi. 
Zamonaviy issiqxonalarni asosiy konstruktiv elementlariga fundament, sokol, 
ustunlar shamollatish, darchalari sinch shakli va uraladigan va yopiladigan qismi 
kiradi. 
Issiqxona ning chekka to‘siqlari atrofidagi temir beton fundamentga, ustunlari 
yakka nuktadagi fundamentga tirkaladi. Tashqi devorning pastki (yer yuzidagi) qismi 
sokol deyiladi. U oynavand issiqxonalarda 0,3m ni, plyonkali issiqxonalarda 0,1m. 
Ustki egilgan qiyalik regel, gorizontal uzunasiga joylashtirilgan element progon 
deyiladi, uni vazifasi qiya qilib urnatilgan regellarni (strapullarni maxkamlab 
darchalar uchun kesaki o‘rnini xam bajaradi. 
Progonlarga oyna turishi uchun shiroslar urnatiladi. Oynaning kalinligi 4 mm, eni 
esa 75 sm. 
Shamollatish uchun ajratilgan tirkishlar (fortochkalar) issiqxona ustkiqismini 
50% ni tashqil qiladi. 
Ustki va yon tomondagi tusiklarni birlashtirib turuvchi element karzin deb 
yuritiladi. Ikki seksiya kiyaligi birlashgan yon devorni ustki qismiga suv yuradigan 
tarnov (jalob) urnatiladi undan atmosfera yogin suvlari okib chikib ketadi. 
Issiqxonaning balandligi sarrov va korzinagacha ulchab aniqlanadi. 
Zamonaviy issiqxonalarning ichki uskunalariga xavo va tuproqni isitib beruvchi 
sistemalar, shamollatish, sugorish, oziklantirish, elektr bilan ta’minlash, SO
2
gazi bilan 
boyitish, mikroiqlim sharoitlarini avtomatik sozlash, yer osti drenaj va sukchakchalar 
kiradi. 
Angar issiqxonalarda aralash, suv trubali va koloriferli, blokli issiqxonalarda – 
suv trubali isitish sistemalari qo‘llaniladi. Blokli issiqxonalarda suv trubali isitish 
sistemalari 4 turdan iborat: (kontur) aylanma tuproq, usti va osti qismini isituvchi 
sistemalar. 
Tuproqka ishlov berishda tuproq ustki qismini isitishdagi trubalar (registrlar) 
kutarilib zveno buylab urnatilgan ustunlarga osib qo‘yiladi. Isitish sistemasiga 
registrlar issiqqa bardosh beruvchi (termostoykiy) egiluvchan rezinkali shlangalar 


59 
orqali ulanadi. Yer ustida urnatilgan qo‘lay isitkich trubalar bir vaqtda o‘simliklarni 
parvarishlash va xosilini yigishda qo‘llaniladigan aravachalar uchun yo‘naltiruvchi iz 
(rels) xisoblanadi. 
Issiqxona da xonaning xaroratini isitish sistemasidagi suvning xarorati va 
shamollatish orqali sozlanadi. Buning uchun xar bir issiqxonalarda maxsus datchiklar 
urnatilgan bo‘lib bu jarayon avtomatlashtirilgan, suv xarorati pasayganda isitish 
sistemasida suvning xarorati kutariladi. Xarorat me’yoridan utib ketsa shamollatish 
darchalari ochiladi. 
O‘simliklarni sugorish, yuqori va pastdagi plastmass trubalarga urnatilgan 
forso‘nkalar yordamida suvni yomgirlatib berish amalga oshiriladi. Bu sistema 
bo‘yicha o‘simliklarni yer ustki qismi oziklantiriladi. Sug‘oriladigann suvni isitish 
uchun maxsus tezkor isitkichlar ko‘zda tutilgan. Tuproqni shurlanishini oldini olish 
uchun uni xar yili yuviladi. Yuvilgan suvlar tuproq ostidagi kumli katlam (drenaj) dan 
utib xar 6 m da va 70-90 sm da chuqurlikdai joylashtirilgan 50 mm li sapol drenaj 
trubalar orqali umumiy kanalizatsiya sistemalariga tushib ketadi. 
Zamonaviy issiqxonalarda karbonat angidrid gazini ta’minlovchi (UG-6) va 
Gazogeneratorlar bilan jixozlangan. Ular tabiiy gazda ishlaydi. 
Umuman zamonaviy issiqxonalarda xarorat, xavoning nisbiy namligi, SO
2
gazini 
yetkazish, tuproq aralashmasini isitish, ko‘chat bulimida o‘simliklarni qo‘shimcha 
yorug‘lik bilan ta’minlash, mineral o‘g‘itlarni konsentratsiyasini nazorat qilish 
avtomatlashtirilgan. Mikroiqlim sharoitlari Germaniya va Rossiyada ishlab chiqilgan 
maxsus avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalar bilan jixozlangan. 
Baxorgi plyonkali issiqxonalar kupincha yarim yoy shaklida kuriladi. Kup 
zvenoli issiqxonalarning maydoni 10000 m
2
va bir zvenolarniki esa 1000 m
2
. Blokli 
issiqxonalarni zvenosini (seksiyasi) eni 4-6 m, bir zvenolarniki 9-18 m. 
Plyonkali issiqxonalar zavoda tayyorlangan yogo chyoki yengil metaldan 
tayyorlangan konstruksiyaga ega. Ularda xavo isitish maxsus xavo koloriferlari, issiq 
chikaruvchi generatorlar yoki issiqlikni yo‘naltirish (ventilator) agregatlari orqali 
amalga oshiriladi. Maysalarni yetishtirishda tuproq ostida simlar yordamida isitish 
mumkin. Issiqxonalarni shamollatish yon tusiklarni ochish orqali ta’minlanishi 
mumkin. 
Zamonaviy plyonkali issiqxonalarda xavo xarorati va namligi, sugorish va 
oziklantiriladigan o‘g‘itlarni me’yorini nazorat qilish avtomatlashtirilgan. 
 
1. Mikroiqlim va agrofitoiqlim nima?
2. Issiqxona sabzavot ekinlari yorug‘likka talabchanligiga ko‘ra qanday 
guruhlarga bo‘linadi?
3.Yorug‘lik tartibotini yaxshilashning qanday usullarini bilasiz?
4. Elektr yordamida qo‘shimcha yoritish va elektr nurida o‘sadigan ekin nima?
5.Me’yoridan ortiq yorug‘likni kamaytirish uchun qanday choralar qo‘llaniladi?

Download 12,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish