Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali meva-sabzavotchilik, uzumchilik


Poliz ekinlarining o‘tmishdoshlari



Download 12,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/327
Sana24.03.2022
Hajmi12,45 Mb.
#507809
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   327
Bog'liq
Мажмуалар саб -пол 2020й лотин

Poliz ekinlarining o‘tmishdoshlari
. Poliz ekinlari qadim-qadim zamonlardan 
beri qo‘riq va bo‘z yerlarda ekib kelinadi, chunki ular qadimdan haydab kelinadigan 
yerlardagiga qaraganda ana shunday yerlarda ko‘proq hosil beradi. Biroq zamonaviy 
intensiv dehqonchilik sharoitlarida sug‘oriladigan mintaqalar doirasida qo‘riq va bo‘z 
yerlar qolgan emas. Shunga ko‘ra, poliz ekinlarini yangi o‘zlashtirilayotgan yerlarga 
joylashtirishning imkoni yo‘q. Ularni qadimdan haydab kelinayotgan yerlarda 
yetishtirishga to‘g‘ri keladi. 
Sug‘oriladigan sharoitlarda poliz ekinlari fuzarioz so‘lish, un shudring kasalligi, 
g‘alla nematodasi, boshqa kasalliklar va zararkunandalardan ko‘p zararlanadi. Poliz 
ekinlarini bitta yer maydoniga ekaverish yoki ularni bitta maydonning o‘ziga tez-tez 
Таянч иборалар: полиз экинлари ўтмишдошлари, тупроқ 
турлари, ерни тайёрлаш услублари, минерал ва органик ўғитлар, 
уруғлар, саралаш, дорилаш, экиш муддати, экиш схемалари, 
парваришлаш, суғориш, касалликлар, зараркунандалар, ҳимоя 
қилиш, қарши кураш чораари.


199 
qaytarib ekish kasalliklar ko‘payib, hosildorlik pasayib ketishiga va mahsulot 
sifatining yomonlashib qolishiga sabab bo‘ladi. Bu narsa uchinchi yili ayniqsa keskin 
namoyon bo‘ladi, shu bilan birga, o‘g‘itlanmagan yerlarda birmuncha ko‘proq va 
mineral o‘g‘itlar yoki go‘ng bilan o‘g‘itlangan maydonlarda birmuncha kamroq 
ko‘zga tashlanadi. 
Ilmiy tadqiqotlar natijalari va barcha polizchilik mintaqalarida to‘plangan ilg‘or 
tajribadan ma’lum bo‘lganidek, poliz ekinlari uchun beda va ko‘p yillik o‘tlar 
hammadan yaxshi o‘tmishdosh ekinlar bo‘lib hisoblanadi. Bular birmuncha qalin qilib 
ekilganida tuproq unumdorligini tabiiy sharoitlardagidan ko‘ra yaxshiroq tiklab, asliga 
keltiradi. Shu ekinlardan bo‘shagan joylarda poliz ekinlarining ildiz sistemasi tarqalib 
boradigan tuproq qatlamida chirindi va mineral oziq elementlari boshqa ekinlardan 
bo‘shagan yerlardagiga qaraganda ko‘proq to‘planadi. Ko‘p yillik o‘tlar poliz 
ekinlarini fuzarioz so‘lish kasalligi va boshqa kasalliklardan yaxshi saqlaydi. Ular 
dalalardagi begona o‘tlarni kamaytirishga ham yordam beradi. Ko‘p yillik o‘tlar 
boshqa ekinlar uchun ham yaxshi o‘tmishdosh bo‘lib hisoblanadi. 
O‘tmishdosh ekinlar to‘g‘ri tanlanib, yer o‘g‘itlanadigan va agrotexnika chora-
tadbirlari bekamu-ko‘st bajariladigan bo‘lsa, qovun qadimdan haydab kelinayotgan 
yerlarda ham ancha yuqori hosil berishi O‘zbekiston sabzavot-poliz ekinlari va 
kartoshkachilik ilmiy-tekshirish institutining tajribalaridan ma’lum bo‘ldi. Chunonchi, 
dalaga 120 kg/ga azot va 180 kg/ga fosfor solinganida qovun hosildorligi o‘tmishdosh 
ekin turiga qarab har xil bo‘lib chiqdi. Jumladan, piyozdan keyin gektariga 51.8 t, 
sabzidan keyin 44.1, karamdan — 42.3, bodringdan so‘ng 41.7, kartoshkadan keyin 
39.9, pomidordan — 35.6, qovundan keyin 32.1 t, hosil olindi. Dalaga go‘ng 
solinganida har gektar yerdan olingan qovun hosildorligi o‘tmishdosh ekin xiliga 
qarab quyidagicha bo‘lib chiqdi: qovundan keyin 47.0 t, kartoshkadan — 45.5, 
sabzidan so‘ng 45.4, karamdan — 42.8, bodringdan keyin 42.0, piyozdan — 41.9, 
pomidordan keyin 35.3 t, bo‘lib chiqdi. Modomiki, shunday ekan, qadimdan haydab 
kelinayotgan yerlarda ularga mineral o‘g‘itlar berilganida ham, organik o‘g‘itlar 
berilganida ham piyoz, sabzi, karam va bodring poliz ekinlari uchun yaxshi 
o‘tmishdosh ekinlar bo‘lib hisoblanadi. Pomidor o‘tmishdosh ekin tariqasida uncha 
o‘rinli emas, chunki bu ekin tuproqdagi oziq moddalarni o‘ziga ko‘p oladi va virus 
kasalliklari bilan ko‘proq kasallanadi. 
Mamlakatimiz va Markaziy Osiyodagi sug‘oriladigan dehqonchilik sharoitlarida 
sabzavot ekinlari va donli, dukkakli ekinlar poliz ekinlari uchun yaxshi o‘tmishdosh 
bo‘lib hisoblanadi. Bu mintaqada poliz ekinlari fuzarioz so‘lish, g‘alla nematodasi va 
un-shudring kasalliklari bilan kasallanmaydigan sholi va makkajuxoridan bo‘shagan 
yerlarda ham yaxshi bitadi. Poliz ekinlari, o‘z navbatida, donli ekinlar, xashaki, 
sabzavot ekinlari va kartoshka uchun ham yaxshi o‘tmishdosh o‘simliklardir. 

Download 12,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish