O‘simliklarni joylashtirish sxemalari.
O‘simliklarning qalinligi va oziqlanish
maydoni poliz ekinlari hosilining salmog‘i va sifatini ko‘p darajada belgilab beradi.
O‘simliklarning oziqlanish maydoni deganda bir tup o‘simlik band qilib turgan va
tegishli tuproq va havo xajmlariga ega bo‘lgan yer maydoni tushuniladi.
O‘simliklarning qalinligi degan tushuncha bir gektar maydonda o‘sib turgan
o‘simliklar sonini bildiradi.
Poliz ekinlarida oziqlanish maydoni kamayib, maydon birligidagi o‘simliklar
soni ko‘payadigan bo‘lsa, ekinlar yer ustki qismi va ildiz sistemasining o‘sib borishi
susayib, fotosintez mahsuldorligi pasayadi. Meva tugilishi kamayib, urug‘langan
mevalar shakllanishini dastlabki bosqichida, to‘kilishi ko‘payadi, talab andozalariga
to‘g‘ri kelmaydigan mayda mevalar soni ortadi. Natijada har bir o‘simlik hosildorligi
pasayib ketadi. Biroq hosildorlikning pasayishi ekin qalinligiga mutanosib ravishda
bormaydi: o‘simliklarning qalinligi bir tup o‘simlik hosildorligining kamayishiga
qaraganda tezrok ortib boradi. Shu munosabat bilan o‘simliklar muayyan
chegaragacha qalinlashib borganida maydon birligi hisobidan olinadigan hosildorlik
ortadi, o‘simliklar qalinligi yana ham ortib boradigan bo‘lsa, maydon birligidan
olinadigan hosildorlik kamaya boshlaydi. O‘simliklar ortiq darajada siyrak bo‘lganida
ham, tegishli yer maydonidan maqsadga muvofiq foydalanilmaslik tufayli maydon
birligidan olinadigan hosil kamayib ketadi.
O‘simliklarning oziqlanish maydoni bilan qalinligi bir tup o‘simlikning eng ko‘p
mahsuldorligiga emas, balki mehnat va moddiy vositalarni kam sarflagan holda, har
gektar yerdan mumkin qadar ko‘proq hosil olishni ta’minlab beradigan bo‘lsa,
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu ekinning biologik xususiyatlari va naviga, tuproq
unumdorligi, suv bilan qanchalik ta’minlangani, ekinni parvarishlash va boshqa
omillarga bog‘liqdir.
Yer ustki qismlari va ildiz sistemasi juda baquvvat bo‘lib o‘sadigan qovoq
talaygina nam va oziq moddalarni talab qiladi. Bu ekin tarvuz va xususan, qovundan
ko‘ra kattaroq oziqlanish maydonida yetishtirilishi kerak. Har bir ekin doirasida uzun
palakli navlar oziqlanish maydoni kattaroq bo‘lishini talab qiladi, shunga ko‘ra ular
207
palagi kalta bo‘ladigan navlarga qaraganda siyrakroq qilib ekiladi. O‘simliklarning
oziqlanish maydoni va qalinligini tanlashda navning tezpisharligi ham hisobga olinadi.
Nav nechog‘lik kechpishar bo‘lsa, u shuncha uzoqrok o‘sib rivojlanib boradi va
shunga ko‘ra shuncha kattaroq oziqlanish maydonini talab qiladi.
O‘zbekistonda sug‘oriladigan dehqonchilik sharoitlarida qovun bilan tarvuzning
oziqlanish maydoni 1,0-1,5 m
2
ni tashkil etsa, lalmikor yerlarda 2,5-5 m
2
ni tashkil
etadi.
Urug‘larni ekish normasi va chuqurligi. Poliz ekinlari urug‘larini ekish normasi
urug‘larning yirik-maydaligi va unuvchanligiga, o‘simliklarning qalin-siyrakligi, ob-
havo sharoitlari va boshqa omillarga bog‘liqdir. Urug‘lar nechog‘lik mayda va
o‘simliklarning oziqlanish maydoni nechog‘lik katta bo‘lsa, maydon birligiga shuncha
kam ypyg‘ sarflanadi. Urug‘lar qo‘lda yoki aniq syalkalarda ekilganida qatorlarga
sidirg‘a qilib ekishga qaraganda kamroq sarflanadi.
Ekish chuqurchasiga 1-2 ta tarvuz, qovun va qovoq urug‘i ekish yetarli emasligi
kuzatuvlardan ma’lum bo‘ldi. Chunki urug‘larning bir qismini ular hali unib
chikmasdan turib, kemiruvchilar, qurt-qumursqalar, qushlar yeb ketadi, yosh nihollar
esa turli zararkunandalardan zararlanadi. Qovun bilan tarvuz yaxshi va behato unib
chiqishi uchun bahordagi sharoitlarga qarab har bir chuqurchaga 4-5 tadan, qovoq
urug‘laridan esa 3-4 tadan ekish kerak. Ekilayotgan nav 1000 dona urug‘larining
massasi, ularning ekishga yarokliligi, 1 ga yerdagi o‘simliklarning optimal soni va
oziqlanish maydoni ma’lum bo‘lsa, ekish normasini hisoblab chiqish ham kiyin emas.
O‘zbekistonning sug‘oriladigan dehqonchilik sharoitlarida poliz ekinlari
birmuncha qalin qilib ekiladi va har bir chuqurchaga 3-6 donadan ypyg‘ qadaladi.
Poliz ekinlari tarvuz, qovun hamda qovoqning mayda, o‘rtacha va yirik urug‘li
navlarini uyali qilib ekishni ta’minlab beradigan SBU—2—4A markali seyalka bilan
ekiladi. Sabzavot-poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot institutining
tavsiyasiga muvofiq, qovun mayda urug‘li tarvuz navlari uchun ekish normasini
gektariga 4 kg dan, yirik urug‘li tarvuz va qovoq navlari uchun 5-6 kg dan qilib olish
kerak.
Ekin qo‘lda ekilganida 1 ga yerga odatda qovun urug‘lari 3-4 kg, tarvuz va qovoq
urug‘lari 3-5 kg hisobidan ekiladi. Urug‘larni qatorlarga ekadigan seyalka bilan
ekishda ekish normasi oshirilib, qovun uchun gektariga 5-6, mayda urug‘li tarvuz
navlari uchun 5 kg gacha, yirik urug‘li tarvuz va qovoq navlari uchun 6-8 kg/ga
yetkaziladi. Urug‘larni ekish chuqurligi ularning yirik-maydaligi, ekish muddatlari,
tuproqning mexanik tarkibi va namligi, hamda boshqa omillarga bog‘liq. Ancha
baquvvat maysalar chiqaradigan qovoq va yirik urug‘li tarvuz urug‘lari qalingina
tuproq qatlamini yorib chiqishga qodir bo‘ladi, shunga ko‘ra ular qovun hamda mayda
urug‘li tarvuzlarning urug‘lariga qaraganda chuqurroq qilib ekiladi. Urug‘larning
haddan tashqari chuqur ekilishi ularning unib chiqishi uchun havo yetishmay qolishi
hamda nimjon nihollarning anchagina qalin tuproq qatlamini yorib chiqolmasligi
tufayli ekinning siyrak bo‘lib qolishiga olib kelishi mumkin. Shu munosabat bilan
mexanik tarkibi jihatidan yengil va yaxshi havo o‘tib turadigan tuproqlarda urug‘lar
birmuncha chuqurrok, og‘irroq bo‘ladigan tuproqlarda esa sayozroq qilib ekilishi
208
kerak. Tarvuz urug‘larini qum tuproqlarda 7-8 sm, qumloq tuproqlarda 5-7 sm, bo‘z
tuproqlarda 4-5 sm, qovun urug‘larini esa tegishlicha 6-7, 5-6 va 3-6 sm chuqurlikka
ekish rasm bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |