-bozor iqtisodiyotiga kirib borish jarayonida davlatning iqtisodiy siyosatini amalga oshirish;
-davlat fan-texnika siyosatini o‘tkazish va uning asosida dunyo xo‘jalik aloqalarini mustahkamlash
hamda jahon bozoriga chiqish.
Byudjetdan tashqari investitsiya fondlarini tashkil etish va undan foydalanish ham davlat tomonidan
investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirishda iqtisodiy usullardan biri hisoblanadi.
Mulkchilikning
shakllanishi va uning turli xil shakllari vujudga kelishi munosabati bilan bu borada ham davlat oldida,
yangidan tashkil topayotgan tijorat tizimlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha amaliyotda birinchi
marotaba hal qilinadigan muammolarning kelib chiqishi ma'lum.
Davlat investitsiyalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqarish, investitsiya faoliyatini davlat tomonidan
muvofiqlashtirishni yana bir shakli bo‘lib hisoblanadi. Bunda, boshqarish byudjet mablag‘lari, byudjetdan
tashqari fondlar, boshqa jalb qilinadigan mablag‘lar hisobiga investitsiyalarni basharotlashtirishni,
investitsiyalashni shart-sharoitlarini aniqlashni va aniq faoliyatlarni amalga oshirishni o‘z
ichiga qamrab
oladi.
O‘zbekistonni mustaqillikka erishishi munosabati bilan respublikamizda investitsiya faoliyatini
muvofiqlashtirish endilikda mustaqil ravishda olib boryapmiz. Bu borada ham ayniqsa bozor
munosabatlarini yo‘lga qo‘yilishini hisobga oladigan bo‘lsak, tajribamiz yetarli emas. Shuning uchun
bugungi kunda bu faoliyatda tajriba orttirish, investitsiya faoliyatini davlat tomonidan muvofiqlashtirishni
yo‘lga qo‘yish iqtisodiyotimizni barqarorlashtirishda alohida ahamiyatga egadir.
Investitsiya faoliyatidagi sub'ektlar huquqlarining doimiyligi davlat tomonidan kafolatlanishi zarurdir.
Davlat idoralari va undagi xodimlar investitsiya faoliyatidagi sub'ektlar faoliyatiga aralashish
huquqiga ega
emaslar. Agar investitsiya faoliyatiga sub'ektlar shartnomalardagi majburiyatlarini bajarmasalar qonunchilik
hamda bitilgan shartnomalarga binoan mulkiy va boshqa javobgarliklarga tortiladilar.
Barcha investorlarning investitsiyalari muhofazasi, mulk shakllaridan qat'iy nazar davlat tomonidan
ta'minlanadi.
Investitsiyalar to‘lovsiz milliylashtirilmaydi, rekvizitsiya etilmaydi. Agar qabul qilingan qonunchilik
aktlariga asosan investorlarning banklarga qo‘yilgan maqsadli bank jamg‘armalari,
aksiyalar va boshqa turli
xildagi qimmatbaho qog‘ozlari davlat tomonidan olinsa, u holda investorlarning to‘lovlari yoki bo‘lmasa
ijara huquqlari ta'minlanadi. Faqatgina investorlarning o‘zlarining xatti-harakatlari oqibatida yoki ularning
ishtiroklari bilan yo‘qotilgan qiymatlar davlat tomonidan qaytarilishi ta'minlanmaydi.
Ma'lumki, bozor munosabatlari rivojlanishi bilan moliya bozori ham asta-sekinlik bilan rivojlanib va
takomillashib boradi. Ma'lumki, har bir mamlakatda qonunchilikning rivojlanishi uning tizimiga, tanlangan
yo‘liga, bozor munosabatlarining rivojlanish darajasi va boshqa omillarga bog‘liqdir. Bu
sohada chet elga
chiqish, rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish, ularning qonunlarini o‘rganib chiqib, respublika
xususiyatlari, an'analarini hisobga olgan holda, tez, qisqa vaqt ichida ishga solish alohida ahamiyatga
egadir. Ma'lumki ish yuritishning aniq shakl va murvatlari har bir sohada qabul qilingan qonunlarda o‘z
aksini topadi.
Qo‘shma korxonalarni faoliyatida dividendlarni o‘tkazish chet el personaliga ish haqi to‘lash va
boshqa to‘lovlarni yuritish doimiy xususiyatga egadir.
Xorijiy investitsiyalarning to‘g‘ri yo‘nalishlarda kirib kelishida "loyiha moliyalashtirishni" yo‘lga
qo‘yishda, loyihalarni tahlil qilishda, umumiqtisodiy izlanishlarni olib borish,
tavakkalchilikni baholash,
ijobiy hal qilish va o‘lchash hamda moliyaviy hisob-kitoblarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish juda katta ahamiyatga
egadir.
Loyihalarni moliyaviy jihatdan tahlil qilishda, xalqaro amaliyotda qabul qilingan ko‘rsatkichlar
asosida, hisob-kitoblarni olib borish, loyihalarni hayotiy qobiliyatlarini aniqlash imkoniyatlarini yaratadi.
Moliyaviy tahlilning maqsadi loyiha sikli davomida investitsiyalardan keladigan foydaga baho berishdan
iboratdir. Agar olinadigan daromad loyiha qiymatidan yuqori bo‘lsa unda
loyiha maqsadga muvofiq deb
hisoblanadi.
Investitsiyalarni jalb qilish muruvatlari ancha murakkab hisoblanadi: xalqaro va milliy iqtisod
darajasida investitsiyalarni jalb qilishda yetarli tajribalar mavjud. Bu masalada boy tajribaga ega bo‘lgan
Jahon banki investitsion faoliyat olib borishda sezilarli natijalarga erishgan: Jahon banki bir dollar
investitsiyaga, chetdan qo‘shimcha ravishda 7-8 dollarni jalb qilish imkoniyatiga ega.
Jahon banki moliya bilan ta'min etuvchi loyihalar ustida ishlovchi tashkilot va shaxslarning nazoratiga
asoslangan va bank tomonidan "loyiha sikli" deb nomlangan loyihalarni tayyorlash va ularni amalga
oshirishni cheklangan jarayonga majburiy kiritilgan deb hisoblanadilar. Ushbu
tushunchaga binoan sikl
tajribaga bir-biridan farq qiluvchi loyihani tayyorlovchi, ishlab chiqish, ekspertiza qiluvchi va baholovchi
bosqichlar hamda turli nuqtai-nazarlar va o‘lchamlar to‘plami kiradi. Ular asosida loyihani amalga oshirish
Do'stlaringiz bilan baham: