Har qanday moliyaviy institut uchun tavakkalchilikning bosh manbai foiz tavakkali hisoblanadi.
Tashkilotlar investorlari muvozanatini tashkil qiluvchi moliyaviy aktivlar va majburiyatlar qiymati, bevosita
bozor stavkalari ta'siri ostida bo‘ladi. Ideal holatda, tashkilotning barcha aktivlari muddatlari bo‘yicha
moliyalashtirilgan majburiyatlari mos kelsa, foiz stavkalarining ta'siri muammolari bo‘lmaydi. Aktivlarni
vaqtincha tarkibi va majburiyatlarining muvofiq kelish muammosi hal qilishining samarali usuli muddatli
tahlil qilishdir. Muddatlilik ko‘rsatkichi faqatgina obligatsiyalarga emas, balki har qanday vaqtda
joylashgan pul oqimlari tarkibiga ham qo‘llanishi mumkin.
Investitsiya faoliyatini tartibga solish, huquqiy nuqtai nazardan, turli miqdorlar o‘rtasida moddiy va
nomoddiy aktivlarni takror ishlab chiqarish xususidagi o‘ziga xos, murakkab, zarur ijtimoiy-iqtisodiy
(investitsiya) munosabatlarini shakllantirish me'yorlarini nazarda tutadi. Investitsiya jarayonining barcha
sub'ektlari - chet ellik investorlardan boshlab, davlat, yuridik va jismoniy, shu jumladan chet ellik shaxslar
(rezidentlar va norezidentlar) gacha bu munosabatlarning ishtirokchilariga aylanadilar. Huquq nuqtai
nazaridan chet el investitsiyalari boshqa davlat hududida kapitalga egalik qilish, undan foydalanish va
tasarruf etish bilan bog‘liq. Iqtisodiy nuqtai nazardan esa ularning hududiy, zamon va makondagi harakati
shakllari foyda olish maqsadida ko‘pdan - ko‘p qo‘shimcha risklar bilan to‘qnashish ehtimoliga ega bo‘ladi.
Investitsiya munosabatlarining mohiyati bu faoliyat ishtirokchilari doirasida va darajasida o‘z
ifodasini topadi. Investitsiya faoliyati rivojlanishining ob'ektiv sharoitlarini aks ettiradigan alohida
investitsiya munosabatlarining mavjudligi tartibga solishning mustaqil predmeti bo‘lishini taqozo qiladi.
Huquq nuqtai nazaridan investitsiya faoliyatini tartibga solish umumiy huquqiy va xususiy huquqiy tartibga
solish me'yorlarini qamrab oladi. Bu me'yorlarning birligi ijtmoiy va alohida investitsiya munosabatlarining
xarakteri va mohiyatini ifoda etadi hamda ularni tartibga solish usuliga aylanadi. Tartibga solish usullari
huquq me'yorlarining ham alohida, ham ijtimoiy zarur investitsiya munosabatlari xarakteriga o‘ziga xos
tarzda ta'sir ko‘rsatish yo‘llaridan iborat.
Investitsiya faoliyati predmetining ko‘p ukladli iqtisodiyotni barpo etish davridagi ahamiyati bu
faoliyatni huquqiy jihatdan tartibga solish to‘g‘risida qonunlar qabul qilinishini talab etadi.
O‘zbekiston investitsiya faoliyatini tartibga solishda O‘zbekiston Respublikasining "Chet el
investitsiyalari to‘g‘risida", "Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish
choralari", "investitsiya faoliyati to‘g‘risida"gi qonunlari va boshqa qonun hujjatlari huquqiy asos bo‘lib
xizmat qiladi.
8
Respublikada investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish birinchi navbatda davlatning
iqtisodiy, ilmiy - texnikaviy va ijtimoiy siyosatini amalga oshirish maqsadlarini ko‘zlaydi.
9
Kapitalning mamlakatlararo ko‘chib yurishi kengaygan sharoitlarda investitsiya faoliyati, bir
tomondan, milliy, ikkinchi tomondan, xalqaro investitsiya munosabatlarini milliy va xalqaro huquq tizimi
asosida tartibga solish yo‘li bilan amalga oshirilishini talab etadi. Investitsiya faoliyatini tartibga solishdagi
xalqaro tajribalarni hisobga olish, chet el investorlariga investitsiyalashning barcha turlari va shakllarida
milliy tartibotni berish yanada qulay investitsiya muhitini yaratadi va chet el investitsiyalarining kirib
kelishini tezlashtiradi.
Investitsiya munosabatlarining davlat tomonidan tartibga solinishi huquqiy sharoitlar yaratish, ushbu
faoliyatni yuritish uchun kafolatlar berish, bu faoliyat sub'ektlarini sug‘urtalash va boshqa vositalar orqali
ijtimoiy yoki davlat manfaatlarini amalga oshirish yo‘lida tashkil etiladi. Hozirgi davrda investitsiya
munosabatlari kapitallarga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish borasidagi
munosabatlarni qamrab oladi va nafaqat milliy iqtisodiyot doirasida, balki xalqaro iqtisodiyot darajasida
resurslarni taqsimlash, qayta taqsimlash jarayonlarini aks ettiradi.
Bozorga o‘tish sharoitlarida investitsiya munosabatlarida ham davlatning, ham o‘z manfaatlarini
amalga oshiradigan sub'ektlar ishtirok etishi sabali ular mulkchilik xususidagi munosabatlar majmuidan
iborat bo‘ladi. Xalqaro investitsiya munosabatlari ayrim mamlakatlar, korparatsiyalar , kompaniyalar,
xalqaro moliya va kredit muassasalari, yakka investorlar hamda shu kabilar manfaatlarining ro‘yobga
chiqishini ifoda etadi.
Respublikada ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish sharoitlarida investitsiya faoliyatini davlat
tomonidan taritbga solishda asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: ijtimoiy va xususiy manfaatlarni; ayrim
mamlakatlar, korparatsiyalar, xalqaro moliya institutlari, yakka investorlar manfaatlarini to‘g‘ri aniqlash;
ularning o‘zaro maqbul nisbatlarini kelishib olish; ularni hayotda ro‘yobga chiqarishning teng huquqiy
8
1998
24
. «
»
.-1999.
9
. "
,
"
", 2006
13
, 29 (10.586)-
.
Do'stlaringiz bilan baham: