o‘rinda turadi. To‘liq xorijiy investitsiyalar bilan tashkil etilgan korxonalar kam. Ko‘pchilik davlatlarda
xorijiy investitsiyalar qatnashgan korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish har xil. Ba'zi davlatlarda bu vazifani
Moliya vazirligi bajarsa, boshqalarida Adliya vazirligi bajaradi. O‘zbekistonda bu vazifani Adliya vazirligi
amalga oshiradi. O‘zbekistondagi xorijiy investitsiya qatnashgan korxonalar respublika hududida o‘zining
filiallari yoki vakil korxonalarini tashkil etishlari mumkin. Bundan tashqari ular boshqa davlatlarda ham o‘z
filiallarini ochishlari mumkin.
O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq xorijiy investitsiya qatnashgan korxonalar O‘zbekiston
Respublikasi hududida xo‘jalik assotsiatsiyalari, konsernlar va boshqa birlashmalar tuzishlari mumkin.
Xorijiy investitsiyalarning huquqiy himoyasi ta'minlangan. Bu himoya har bir korxonada bo‘lgani kabi
xorijiy investitsiya qatnashgan korxonalar uchun taalluqli. Milliy iqtisodiyotning ustuvor sohalari va
hududlariga investitsiya kiritgan xorijiy investorlarga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi tomonidan
qo‘shimcha imtiyozlar berilishi mumkin. Shu bilan birga qonunda xorijiy investorlarning faoliyat turlari
ham belgilangan. Xorijiy investorlar yoki xorijiy investitsiya qatnashgan korxonalar mavjud qonunchilikka
muvofiq, o‘z maqsadlari va nizomlaridan kelib chiqib, barcha turdagi faoliyatlarni olib borishlari mumkin.
Xorijiy investorlar investitsiya hajmi, turlari, yo‘llarini belgilaydilar va ularni xohlagan korxonaga
mustaqil ravishda kiritishlari mumkin. Investor o‘zi kiritgan investitsiya ob'ektlari va natijalariga egalik
qilish, foydalanish, tasarruf etish huquqiga ega. Shu bilan birga reinvestitsiya va savdo operatsiyalarini
O‘zbekiston hududida milliy qonunchilik asosida, undan tashqarida esa xalqaro qonunlar asosida amalga
oshirish huquqlariga ega. Investor egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqlarini qonun bo‘yicha
boshqa huquqiy va jismoniy shaxsga berishi mumkin. Tomonlarning o‘zaro huquqlarini bir-biriga o‘tkazish
vaqtidagi aloqalarni faqat ular o‘rtasida tuzilgan hujjat-shartnomalar hal qila oladi. Xorijiy investorlar va
korxonalar qonunchilikda ko‘rsatilgan holatlarda yer uchastkalarini sotib olishlari mumkin. Xorijiy
investorlar investitsiya faoliyatini amalga oshirishda quyidagilarga rioya etish zarur:
-O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qilayotgan qonunchilikka amal qilishi;
-O‘zbekistonda mavjud qonunchilik talablari asosida soliq to‘lash va boshqa to‘lovlarni amalga
oshirishi;
-investitsiya loyihasining sanitariya-gigienik ekologiya talablariga amal qilish bo‘limidagi ekspertiza
xulosalarini olishi;
Xorijiy investitsiyani o‘z iqtisodiyotiga jalb etayotgan har bir davlat xorijlik sheriklariga huquqiy va
tashkiliy kafolatlar yaratib beradi. Bu jarayon jahon tajribasida sinovdan ijobiy ravishda o‘tgan.
O‘zbekiston Respublikasi xorijiy investitsiyalar to‘g‘risidagi qonunining 11- moddasida shunday yozilgan:
Respublika hududida o‘z investitsiya faoliyatini olib borayotgan xorijiy investorlar huquqlarining
himoyasini O‘zbekiston Respublikasi kafolatlaydi. Bu kafolat albatta, xalqaro huquq normalari asosida
beriladi. Agarda O‘zbekistonning yangi qabul qilingan qonunchiligi investitsiya sharoitlarini
yomonlashtirsa, o‘n yilgacha xorijiy investitsiyalar ular jalb qilingan davrda qabul qilingan qonunchilik
shartlari saqlanib qoladi. Bu talab mudofaa, milliy havfsizlik, jamoat tartibini saqlash va atrof-muhitni
muhofaza qilishni ta'minlash bilan bog‘liq qonunchilikni o‘zgartirmaydi. O‘zbekiston Respublikasi davlat
organlari xorijiy investorlarning huquqlariga putur yetkazadigan huquqiy normativlarni qabul qilgan
taqdirda, investorlarga yetkazilgan zarar shu organlardan sud orqali undiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Germaniya, Hindiston, Janubiy Koreya, Turkiya, Indoneziya, Malayziya,
Isroil, AQSh va bir qator boshqa mamlakatlar bilan investitsiyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoyalash
to‘g‘risida bitimlar tuzdi.
1
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini amalga oshirishda dunyoning 25 dan ortiq
mamlakatlari ishtirok etmoqda. Investitsiyalarni jalb etish vazifasini davlatimiz ko‘p ukladli bozor
iqtisodiyotini yaratish va rivojlantirish asosida haqiqiy mulkdorlarni shakllantirish bilan bog‘laydi.
"Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilishni ta'minlash
va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident farmoniga binoan xalq iste'mol
mollari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qo‘shma korxonalar ro‘yxatga olingan paytdan boshlab besh yil
muddatga xorijiy valyutadagi tushumdan soliq to‘lashdan va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga
valyutani majburiy sotishdan ozod qilish ko‘zda tutilgan. Xorijiy investitsiya jalb etilgan korxonalarga
quyidagi imtiyoz va rag‘batlantirish omillari berilgan:
-
tovarlar eksporti ishlab chiqarish hajmining kamida 30 foizini tashkil etadigan korxonalarga,
mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, foyda solig‘ini amaldagi stavkalardan ikki barobar kamroq to‘lash
huquqi;
-
xorijiy investitsiyali korxonalar daromadining ishlab chiqarishni kengaytirishga va texnologiyani
yangilashga sarflanadigan qismidan soliq olmaslik;
Do'stlaringiz bilan baham: