Bulardan tashqari O‘zbekiston bir qator qulayliklar tug‘diruvchi shart-sharoitlari bilan ham chet
investorlarini o‘ziga tortmoqda:
1)
Ishlab chiqarishning
pasayish davri tugadi, 1995-1996 yil yakunlariga ko‘ra iqtisodiy
rivojlanishda yangi ijobiy samara natijasi ko‘rsatildi.
2)
Davlat mulki o‘zining ustun holatini yo‘qotdi. 2001 yilda YaIMning 74,1 foizi, sanoat ishlab
chiqarishining 70,8 foizi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 99,0 foizi, umumiy tovar oborotining 97,1
foizi, qurilishdagi barcha pudrat ishlarning 83,9 foizi, iqtisodiyotda band bo‘lganlarning 73 foizi,
iqtisodiyotda band bo‘lganlarning 76,0 foizi, shuningdek investitsiyalarning 40,7
foizi nodavlat sektoriga
to‘g‘ri keladi.
1
3)
Bozorning o‘sishi va kengayishining uzoq davrli istiqboli mavjud. Bunga ma'lum siyosiy-
iqtisodiy va ijtimoiy muammolarning mavjudligiga qaramay, xorijiy investitsiyalarning olib kirilishini
statistik ma'lumotlar tasdiqlab turibdi. Bunga ko‘ra O‘zbekistonda 1991 yil 191 ta, 1992 yili 368 ta, 1993
yili 237 ta, 1994 yili 380 ta, 1995 yili 583 ta, 1997 yili 3200 ta qo‘shma korxonlar tashkil etilgan edi. 2003
yilga kelib qo‘shma korxonalarning umumiy soni 3300 tadan oshib ketdi. Bu korxonalar jahonning 80 dan
ortiq davlatlari bilan hamkorlikda qurilgan.
4)
Nisbatan malakali ishchi kuchining yetarli miqdori va ishsizlik darajasining (hatto
uning yashirin
shakllarini hisobga olganda ham) pastligi;
5)
O‘zbekiston iqtisodiyotining tashqi bozorga yo‘naltirilganligi. 1992 yildan 1996 yilgacha bo‘lgan
davr mobaynida tashqi savdo aylanmasi hajmi 3 barobardan ko‘proqga oshdi, ayni paytda unda uzoq xorijiy
mamlakatlar ulushi tinimsiz o‘sib borib, 2003 yilda 64,3 foizga yetdi.
O‘zbekiston Respublikasi xorijiy investitsiyalarni milliylashtirish va
rekvizitsiya qilinmasligiga
kafolat beradi. Xorijiy investitsiyalar faqat favqulodda holatlarda, avariya, epidemiya tarqalgan vaqtlarda
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan rekvizitsiya qilinishi mumkin. Bu holat investorga ko‘rsatilgan zarar
miqdorida kompensatsiya qilinadi.
Xorijiy investorlar uchun zarur moliyaviy-iqtisodiy kafolatlarni ta'minlash
uchun hukumat tomonidan
xorijiy investorlarni himoyalashning Milliy sug‘urta jamg‘armasini barpo etish to‘g‘risida qaror qabul
qilingan. Bu jamg‘arma respublika hududida ta'sis etilgan chet el banklarida O‘zbekiston Respublikasi,
xorijiy investitsiya ishtirokidagi sug‘urta kompaniyalari valyuta qadriyatlarining bir qismini deponentlash
yo‘li bilan hosil qilinadi.
Xorijiy investorlarning qonuniy faoliyatlari orqali qilingan daromadlari xorijiy
valyutada,
chegaralanmagan miqdorda chegaradan olib o‘tishlari davlat tomonidan kafolatlanadi. Bu qonunda xorijiy
investitsiyalarning sug‘urtasi haqida
kam yozilgan, chunki har bir xorijlik hamkor o‘zi sarflagan mablag‘ni
to‘liq qaytarib olishga va ularni sug‘urtalashga harakat qiladilar. Bu haqda Qonunda shunday keltirilgan:
investitsiya va tavakkalchilikni sug‘urta qilish xorijiy investorlarning hoxishlari asosida amalga oshiriladi.
11
O‘zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalar sug‘urta tizimiga kiruvchi milliy sug‘urta
kompaniyasi, Rasmiy davlat sug‘urta agenti, Xorijiy sug‘urta tashkilotlari bilan tuzilgan qo‘shma sug‘urta
kompaniyalari tomonidan ta'minlanadi. Xorijiy investitsiyalarni sug‘urta qiluvchi sug‘urta tashkilotlari
O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlariga javob bermaydilar. Shunga mos tarzda O‘zbekiston Respublikasi
(faqat ikki tomon kelishuvidan tashqari holatlarda) sug‘urta tashkilotlarining majburiyatlariga javob
bermaydi. Davlat o‘z majburiyat va qonunlariga, sug‘urta tashkilotlari esa o‘z
majburiyat va qoidalariga
o‘zlari javobgardir.
Do'stlaringiz bilan baham: