Toshkent davlat agrar universiteti nukus filiali



Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/162
Sana03.03.2022
Hajmi1,08 Mb.
#480537
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   162
Bog'liq
Toshkent davlat agrar universiteti nukus filiali

Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m


korxonalarini qurish imkoniyatini berdi. Investitsiya faoliyatini boshqarishda albatta boshqarish maqsadini,
mazmunini ham to‘g‘ri anglash lozim bo‘ladi. Investor faoliyatini asosiy mazmunini investitsion jarayon
tushunchasi bilan ta'riflash mumkin. Uning tarkibiga quyidagilar kiradi: tashkilot faoliyatining maqsadi va
cheklovlar asosida investitsiya strategiyasini hamda bozor beradigan imkoniyatlarni shakllantirish; umuman
bozorni tahlil qilishni, uni segmentlarini, alohida qimmatli qog‘ozlarni nazarda tutuvchi investitsiyalarni
tahlil qilish; investitsiya qarorlarini shakllantirish; portfelni boshqarish; investitsiya faoliyati
samaradorligini baholash;
Albatta yuqorida keltirilgan vazifalar bir-biri bilan uzviy bog‘liq va ularni ajratib bo‘lmaydi.
Investitsiya strategiyasining asosi moliyaviy institutlar faoliyatining maqsadi va cheklovlari
hisoblanadi. Samarali investitsiyalarni tanlash maqsadini oldindan aniq shakllantirmasdan hal qilib
bo‘lmaydi. Ushbu holatni har qanday investitsiya boshqaruvchisi uchun o‘ta muhim hisoblanadi. "Qaysi
qimmatli qog‘oz eng foydali?" yoki "Qanday portfel eng samarali?" -degan savollarga javob yo‘q.
Vazifani to‘g‘ri qo‘yishni quyidagicha shakllantirish mumkin: maqsadlardan kelib chiqqan holda,
rejali istiqbolda, ushbu tashkilot uchun mijozlar oldidagi majburiyatlar nisbati, qonuniy va boshqa
cheklovlarga qarab investitsiya qarori yaxshi bo‘ladi. Investitsiya institutlarining (investitsiya fondi,
investitsiya kompaniyalari) strategiyasi odatda investitsiya deklaratsiyasi deb nomlanadigan maxsus hujjat
bilan shakllantiriladi.
Aslida investitsiya deklaratsiyasi investitsiya fondining yoki investitsiya kompaniyasi nizom
fondining bir qismi hisoblanib matbuotda e'lon qilinishi, uni asosiy mazmuni esa aniq tartiblanishi lozim.
Ammo investorlar mablag‘lariga raqobat uchun ob'ektiv sharoit yo‘qligi ko‘pchilik investitsiya fondlari va
kompaniyalari deklaratsiyalari ularni nomigagina ishlashiga sababchi bo‘ladi va faqatgina me'yoriy
talablarni qondirish maqsadida tuziladi.
1.
Tashkilot
maqsadi. Strategik maqsadlar inflyasiyadan ma'lum foiz ortiq
bo‘ladigan kafolatlangan eng kam daromadni ta'minlashdan iborat bo‘lishi kerak. Deklaratsiya
ba'zi andoza portfelining (ma'lum fond indekslari asosida shakllantirish) daromadliligidan
ortadigan majburiyatlarni aks ettirishi mumkin.
2.
Rejali istiqbol. Deklaratsiya qilinadigan rejali istiqbol bu joriy investitsiya
strategiyasi mo‘ljallangan vaqt oralig‘idir. Rejali istiqbol investitsiya qarorlarini maqbullashtirish
uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
3.
Portfel 
tarkibi va investitsiya faoliyatini cheklash. Investitsiya deklaratsiyasi
ko‘pincha portfel tarkibiga umumiy cheklovlarni aks ettiradi: masalan, investitsiyalash
majburiyati yuqori sifatli daromadli majburiyatlarga eng kam foizini belgilaydi (eng yuqori
reytinga ega bo‘lgan davlat qog‘ozlari yoki korporatsiya obligatsiyalari). Shu bilan bir vaqtda
bozorning boshqa segmentlarida investitsiyalar bo‘yicha cheklovlar belgilanadi hamda bir
emmitentning qimmatli qog‘ozlariga investitsiyalar bo‘yicha cheklovlar qo‘yiladi.
4.
Bozorni asosiy segmentlarini daromadliligi haqida taxminlar. Bozorni asosiy
segmentlarini tavakkalligi va daromadligi haqida tashkilot taxminlarini deklaratsiya qilish hamda
investitsiyalar samaradorligini baholash va qarorlar qabul qilish uchun asos bo‘lib xizmat
qiladigan inflyasiyani bo‘lajak darajasi keng tarqalgan hisoblanadi.
5.
Hisobot, 
samaradorligini baholash, daromadlar to‘lash muddatlari va tarkibi.
Investitsiya deklaratsiyasida investitsiya faoliyatini samaradorligini baholash birinchi navbatda,
qo‘yilgan maqsadlarga erishishga ta'sir qilishi mumkin bo‘lgan har qanday holat haqida ildam
axborot to‘g‘risidagi majburiyatlar bo‘lishi mumkin. Investitsiya institutlari uchun mustaqil
tashkilot tomonidan o‘tkaziladigan davriy audit majburiydir.
Investorlar tomonidan bo‘ladigan ishonch omiliga investitsiya vositachiligi muhiti juda ham sezgir,
shuning uchun deklaratsiyalangan faoliyatni haqiqiy natijasiga muvofiq nazorat imkoniyatlarini mavjudligi -
raqobat doirasida bo‘lgan va bozor uchun ham har qanday moliyaviy institut uchun muhim hisoblanadi.
Samoya qarorlarini qabul qilish tamoyillarini ta'kidlab o‘tilganidek, ikki asosiy toifaga bo‘lish
mumkin, ular aktiv va passiv. Passiv yondashuv moliya bozorini samaradorligini o‘rtacha bozor darajasidan
past bo‘lmagan darajasini ta'minlashi, shu bilan birga tavakkalchilikning turli-tuman omillaridan
investitsiyalarni xavfsizlantirishdir. Passiv yondashuvning asosi - investitsiyalarni diversifikatsiyalashdir.
Diversifikatsiyalash, yoki investitsiyalarning turlicha segmentlari, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha
taqsimlash har bir muayyan turi bilan bog‘liq, yakka xavfdan xalos bo‘lishga imkoniyat yaratadi. Bir yo‘la
diversifikatsiya bozor yoki tizimli tavakkalchilikni o‘rtachalashtiradi. Passiv yondashuvga ergashadigan
investor, ma'lum ma'noda bozorga ergashadi.

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish