12-MAVZU. INVESTITSIYA FAOLIYATINI MOLIYALASHTIRISH VA DAVLAT
TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH
Bozor iqtisodiyotida investitsiya faoliyatini moliyalashtirish investorlar tomonidan moliyaviy
resurslarni jalb qilish yo‘li bilan kreditlar evaziga, muomalaga, qonunchilikda belgilangan holda, qimmatli
qog‘ozlar va zayomlar chiqarish hisobiga olib boriladi. Davlat mulkini xususiylashtirish tufayli mamlakat
miqyosidagi manbalarni tarkibida mablag‘larning kamayib borishi kuzatilmoqda. Aksincha turli mulk
egalarining mablag‘lari, yangidan tashkil etilayotgan fondlarning ulushi, chet el investitsiyalarining miqdori
ortib boradi. Albatta, bu borada har bir mamlakatning investitsiya siyosati hal qiluvchi rolni o‘ynaydi.
Investitsiya manbalarini tashkil etishda mamlakat iqtisodiyotining barqarorligi, milliy valyuta birligini
konvertrlanishi, tashqi iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi, aholi ehtiyojining ishlab chiqarish hisobiga
qondirilishi va boshqalar muhim rol o‘ynaydi.
Bozor munosabatlarini rivojlantirish davlat tomonidan olib boriladigan ichki moliya siyosatiga
chambarchas bog‘liqdir. Moliyaviy resurslarni taqsimlash va qayta taqsimlash hamda u yoki bu yo‘nalishda
sarflash va jamg‘arish mamlakatda qabul qilingan va amaliyotda faoliyat ko‘rsatayotgan taqsimot tizimiga
bog‘liqdir. Qonunchilikni rivojlanishi, adolatli qonunlar qabul qilinishi va ularni hayotga tatbiq etilishi
bozor munosabatlarining rivojlantirishga, tadbirkorlik, ishbilarmonlikni keng ko‘lamda tarqalishiga
qaratilsa investitsiya manbalari tarkibida davlat mablag‘lari kamayishi hisobiga boshqa mulkdorlar
mablag‘lari o‘sib boradi. Ishlab chiqarish munosabatlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va davlatning samarali
moliya siyosatini yuritish alohida ahamiyatga egadir. Xorijiy kapitalni kirib kelish darajasi ustun darajada
mamlakatni olib borayotgan moliya siyosatiga bog‘liqdir.
O‘tish iqtisodiyotida investitsiya manbalarining mulkchilik shakllaridan qat'iy nazar quyidagi
guruhlarga ajratish mumkin:
- investorlarni o‘z moliyaviy resurslari (foyda, amortizatsiya ajratmalari, pul jamg‘armalari, fuqarolar,
huquqiy shaxslarning jamg‘armalari va boshqa manbalar);
-
investorlarni qarzga olgan moliyaviy mablag‘lari (zayom obligatsiyalari, bank kreditlari va byudjet
ajratmalari);
-
investorlarni jalb qilgan moliyaviy mablag‘lari (aksiyalar va boshqa qimmat baho qog‘ozlarni
sotishdan tushgan mablag‘lar, fuqaro va huquqiy shaxslarning paylari va turli xil badallar hamda turli xil
maqsaddagi nodavlat fondlar, mablag‘lari);
-
davlat byudjetining investitsiya ajratmalari.
7
"
"
13-
. 5
1994
.
Do'stlaringiz bilan baham: |