-respublika iqtisodiyotiga bevosita kapital mablag‘ni keng jalb etishni ta'minlaydigan xuquqiy ijtimoiy-
iqtisodiy va boshqa shart- sharoitlarni tobora takomillashtirish;
-respublikaga jahon darajasidagi texnologiyani yetkazib berayotgan va iqtisodiyotning zamonaviy
tarkibini vujudga keltirishga ko‘maklashayotgan xorijiy investorlarga nisbatan ochiq eshiklar siyosatini
yurgizish;
mablag‘larni respublika mustaqilligini ta'minlaydigan, import o‘rnini qoplovchi va raqobatbardosh
mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan eng muhim ustuvor yo‘nalishda jamlash.
Shuningdek respublika iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyani jalb etishni faollashtirish uchun
quyidagilarni amalga oshirish zarur deb hisoblaymiz:
-investitsiya loyihalarini malakali ekspertlar nazoratidan o‘tkazish va mukammal tayyorlanishiga
erishish;
-qo‘shma korxonalar va xorijiy investitsiya ishtirokidagi boshqa turdagi tadbirkorlik faoliyatini
ro‘yxatdan o‘tkazishdagi to‘siqlarni butunlay olib tashlash.
Mamlakatimizda xorijiy investitsiyalarni milliy korxonalarga jalb etishda quyidagi ustuvor
yo‘nalishlarni belgilash maqsadga muvofiqdir:
1)
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini chuqur qayta ishlash sohalarini rivojlantirish;
2)
mineral xomashyo resurslarini, shu jumladan, neft va gazni qazib chiqarish,
qayta ishlash bo‘yicha ekologik ishlab chiqarishni tashkil etish;
3)
transport
va telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish;
4)
iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ilmtalab va jahon bozorlarida
raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish;
5)
turizm sohasini rivojlantirish, xalqaro va ichki turizmning zamonaviy
infratuzilmasini yaratishga erishish.
"Chet el investitsiyalari, xalqaro birlashmalar va tashkilotlar ishtirokidagi korxonalarni, shuningdek
ularning tarkibiy bo‘linmalarini tashkil etish va bu korxonalarning faoliyat tartibi to‘g‘risida"gi Nizomga
binoan mulkida o‘zbek va xorijiy yuridik shaxslari hamda fuqarolari ishtirok etuvchi korxonalar
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi qo‘shma korxonalar hisoblanadi.
O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan iqtisodiy siyosat jahon iqtisodiy hamjamiyatiga integratsiyalashuv
jarayonini faqat davlat tarkibiy tuzilishi bo‘yicha emas, balki xususiy sektor darajasida ham jadallashtirishni
nazarda tutadi. Ochiq bozorning faoliyat ko‘rsatishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar G‘arb va Sharq
ishbilarmonlarining mamlakatimizga bo‘lgan qiziqishining ortib borishini ta'minlamoqda. Bu shuning
uchun muhimki, bizning tadbirkorlarimiz ham xorijiy investorlarni hamkorlikka jalb etish imkoniyatlari
haqida tez-tez bosh qotirishmoqda.
1998 yil Respublikamizda investitsiya faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi 3 ta -
1998 yil 30 aprelda O‘zbekiston Republikasining "Chet el investitsiyalari to‘g‘risida"gi va "Chet el
investorlarining kafolatlari va ularning huquqlarni himoya qilish choralari to‘g‘risida"gi hamda 1998 yil 24
dekabrda "Investitsiya faoliyati to‘g‘risida"gi qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlar mamlakatimizda
investitsiya muhitini yaxshilashga va uning iqtisodiyotga investitsiya joylashtirish hajmlarini oshirishga
yo‘naltirilgan.
Turli birlashmalar, uyushmalar, konsernlar, konsorsiumlar O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy
investitsiyasi bo‘lgan korxonalarni ixtiyoriy asoslarda barpo etishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 22 martdagi farmoniga muvofiq quyidagi
mezonlarga javob beruvchi chet el, shu'ba va qo‘shma korxonalar chet el investitsiyasi bo‘lgan ishlab
chiqarish korxonalari qatoriga kirishi belgilab qo‘yildi: ustav jamg‘armasi miqdori 150 ming AQSh doll.
dan kam bo‘lmagan korxonalar; korxona ishtirokchilaridan biri albatta chet el yuridik shaxsi hisoblangan;
korxonaning ustav faoliyatida o‘z ishlab chiqarishi yoki ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar servis xizmat
hissasiga xo‘jalik faoliyatidan tushumlar umumiy hajmining 60% dan ko‘prog‘i to‘g‘ri keladigan
korxonalar.
1
O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar qatnashgan korxonalar ichida qo‘shma korxonalar yetakchi
o‘rinda turadi. To‘liq xorijiy investitsiyalar bilan tashkil etilgan korxonalar kam. Ko‘pchilik davlatlarda
xorijiy investitsiyalar qatnashgan korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish har xil. Ba'zi davlatlarda bu vazifani
Moliya vazirligi bajarsa, boshqalarida Adliya vazirligi bajaradi. O‘zbekistonda bu vazifani Adliya vazirligi
amalga oshiradi. O‘zbekistondagi xorijiy investitsiya qatnashgan korxonalar respublika hududida o‘zining
filiallari yoki vakil korxonalarini tashkil etishlari mumkin. Bundan tashqari ular boshqa davlatlarda ham o‘z
filiallarini ochishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: