- investitsiya iklimini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish maqsadida amalga oiriladi.
Dasturning monitoringi xar oyda statistika hisoboti va so‘rov yo'li bilan iqtisodiyot vazirligi
tomonidan amalga oshiriladi.
Dasturning monitoring natijalari Dasturning amalga oshirilishi to‘grisidagi xar choraklik axborotlarni
tayyorlashda xamda navbatdagi uch yillik davrga Dasturni shakllantirishda foydalaniladi.
11-MAVZU. INVESTITSIYALARNI BOSHQARISH.
Mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, xususiylashtirish, ishlab chiqarishni
modernirzatsiya qilish, texnik jihatdan qayta jihozlash va rekonstruksiya qilish, respublikaning ortiqcha
ishchi kuchi mavjud bo‘lgan mintaqalarida yangi ish joylarini yaratish dasturlarini amalga oshirishga
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, shuningdek, xorijiy investorlar uchun
ishonchli huquqiy himoya va kafolatlar bilan ta'minlandi.
2005 yil 11 apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy
investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmoniga
asosan endilikda 2005 yilning 1 iyulidan boshlab to‘g‘ridan- to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb
etadigan iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari asosiy faoliyati bo‘yicha daromad (foyda) solig‘i mulk solig‘i,
ekologiya solig‘i, mikro firma va kichik korxonalar uchun belgilangan yagona soliq to‘lashdan, shuningdik,
Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar tulashdan ozod qilinadi.
Endilikda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalar hajmi quyidagicha bo‘lganda mazkur
soliq imtiyozlari beriladi:
1
1)
300 ming AQSh doll. dan 3 mln. AQSh doll. gacha-3 yil muddatga;
2)
3 mln. ortiq AQSh doll. dan 10 mln. AQSh doll. gacha-5 yil muddatga;
3)
10 mln. AQSh doll. dan ortiq bo‘lganda 7 yil muddatga.
Ushbu Farmonning 1-bandida ko‘rsatilgan soliq imtiyozlari qo‘yidagi shartlar asosida qo‘llanilishi
belgilab qo‘yilgan:
-mazkur korxonalarni ortiqcha ishchi kuchi bo‘lgan mintaqalar- Qoraqolpog‘iston Respublikasi,
Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlarida, shuningdek, Navoiy, Andijon,
Namangan va Farg‘ona viloyatlarining qishloq aholi punktlarida joylashtirish;
-investitsiyadan foydalanishda har ikkala tomonlarning iqtisodiy manfaatini teng hisobga olgan holda
amalga oshirish kerak. Investitsiyani boshqarish tartibi va moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish
zarur.
Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan "O‘zsanoatqurilishbank" moliyaviy salohiyatga ega. U
respublikada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rag‘batlantirish masalalariga jiddiy e'tibor qaratmoqda.
Bugungi kunda u 18,2 mingdan ortiq kichik va xususiy kompaniya va firmalarga xizmat ko‘rsatayapti.
Ularning 8978 tasi yuridik shaxs maqomidagi tadbirkorlar, shu jumladan, 1276 ta fermer xo‘jaliklari, 9225
tasi yuridik shaxs bo‘lmagan tadbirkorlardir. O‘tgan yil davomida kichik biznes sub'ektlariga umumiy
summasi 15,0 mlrd. so‘mdan ortiq va mikrokreditlarga 4,2 mlrd. so‘mdan ziyod kreditlar taqdim etildi. Bu
kreditlarning umumiy miqdorida bankning o‘z mablag‘lari 13,9 mlrd. so‘mni yoki umumiy miqdorning 93
foizini tashkil etadi.
5
Bundan tashqari bank xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarni milliy valyutada moliyalash bilan bir qatorda
xorijiy investorlarga ham halqaro moliyaviy institutlarning kredit liniyalari hamda o‘z mablag‘lari
hisobidan ularni kreditlashni ham faol amalga oshirmoqda.
2005 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, bankning kredit qo‘yilmalari 235,5 mlrd. so‘mni tashkil etib, hisobot
davrining boshidagiga nisbatan 49,8 mlrd. so‘m yoki 1,27 marta oshdi.
2004 yilda berilgan kreditlar miqdori 148,0 mlrd so‘m atrofida bo‘lgan. Shundan 52 foizi sanoat
korxona va tashkilotlarga tegishlidir. Bir yildan ortiq muddatga taqdim etilgan kreditlarning umumiy
salmog‘i esa 80,2 foiz yoki 187,7 mlrd. so‘mni tashkil etgan edi.
6
O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning birinchi bosqichida mamlakat iqtisodiyotiga
xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish uchun qulay investitsiya muhitini yaratish hukumat tashqi iqtisodiy
faoliyatini diqqat markazida bo‘ldi. Xorijiy investitsiyalarni jalb etish tadbirlarini amalga oshirishda
hukumat quyidagi tamoyillarga asoslandi:
-tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish sohasida aniq maqsadni ko‘zlab siyosat yuritish;
5
. 2003-2015.
6
.
, 2005.
Do'stlaringiz bilan baham: