Bozor munosabatlari shakllangan sharoitda investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari tarkibini
12.1-chizmada ko‘rish mumkin.
12.1-chizma
Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari tarkibi
Davlat
Kreditga
Qarzga
Qimmatbaho
Investorni
byudjetidan
olgan
olingan
kog‘ozlar va
o‘z
ajratmalar
mablag‘lar
mablag‘lar
zayomlar
mablag‘lari
chiqarish
hisobidan
hisobiga
Xalq xo‘jaligini uzoq yillar mobaynida ekstensiv usulda rivojlanishi
davlat tomonidan
muvofiqlashtirib bo‘lmaydigan investitsiya xarajatlariga olib keldi. Natijada, haddan tashqari ko‘p asosiy
ishlab chiqarish fondlari barpo etildi. Asosan ular harbiy sanoat majmuida va tugallanmagan qurilishda
o‘lchamsiz moliyaviy resurslarni qaytarilishiga - (mablag‘ ajratilishini to‘xtatilishiga) va tugallanmagan
qurilishlarni to‘xtatilishiga olib keldi. Bunday ahvolning asosiy sabablari sobiq ittifoq hududida uzoq yillar
davomida markazlashgan rejalashtirishni mavjud bo‘lganligi hamda uning
oqibatida ijtimoiy va sanoat
mahsulotlarining tarkibida ishlab chiqarish qurollarining haddan tashqari o‘sishidir.
Markazlashgan rejalashtirishning rivojlanishni asosiy usul qilib olinishi, ashyolar va pul oqimlari
orasidagi mutanosiblikni buzilishiga olib keldi. Oxirgi yillarda esa mollar bilan pul o‘rtasidagi nisbatning
buzilishi, byudjet qoplamalarining o‘sib borishi hisobiga bo‘ldi. Baho siyosatini o‘z
vaqtida tartibga
solinmaganligi byudjet qoplamalarini talab etilishiga va uning hisobiga korxonalar hamda aholi
daromadlarini tez o‘sishiga olib keldi. Ma'muriy rejalashtirish doirasida bu daromadlarga nisbatan moddiy
boyliklar yetarli bo‘lmay qoldi. Umumlashtirib aytganda, xalq xo‘jaligining
nomutanosibligini uchta
ko‘rsatkich bilan ifodalash mumkin; davlat byudjetining kamomadligi, xo‘jalik tashkilotlarini banklar
oldida istiqbolsiz qarzlarining paydo bo‘lishi hamda aholi daromadlarining xarajatlarga nisbatan ko‘payib
borishi.
Aholi daromadlarining o‘sib borish davri ishlab chiqarishni pasayib borishi bilan to‘g‘ri keladi.
Shunday qilib, xalq xo‘jaligida ishlab chiqarish bilan bog‘lanmagan holda turli
xil pul daromadlarining
o‘sib borishi jarayoni yuzaga keldi. Birjalar, auksionlar, qimmatbaho qog‘ozlar bozorining barpo etilishi bu
jarayonni yanada tezlashtirdi. Davlat tomonidan olib borilayotgan aholini iqtisodiy
muhofaza qilish siyosati
esa ushbu jarayonga qo‘shimcha bo‘ldi. Tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yilishida esa raqobat muhiti tashkil
etilmadi, bu esa asosan tadbirkorlar tomonidan mlrd. so‘mlab moliyaviy kapitalni hamda noishlab chiqarish
mulkini jamg‘arishga olib keldi. Inflyasiya asosida jamg‘arilgan tijorat kapitali ishlab chiqarishga
kiritilmadi, bu esa o‘z navbatida giperinflyasiya rivojlanishiga hamda mutlaq mol kamomadligiga olib keldi.
Shuning uchun ham bugungi kunning asosiy vazifasi tadbirkorlarning
tijorat kapitalini ishlab
chiqarishni yo‘lga qo‘yishga, ya'ni ishlab chiqarish investitsiyalariga aylantirishga da'vat etadi.
Markazlashgan ittifoq boshqaruv tizimi barbod bo‘lgan va yangi muvofiqlashtirish tizimlari mustaqil
respublikalarda vujudga kelmagan bir davrda investitsiya faoliyatida keskin o‘zgarishlar ro‘y berdi. 1990-
1992 yillar bir tomondan davlat investitsiyalarining keskin qisqarishi bilan ikkinchi tomondan esa tijorat
tizimlari kapitallarini noishlab chiqarish sohasida jalb qilinishi bilan tavsiflanadi. Oqibatda chuqurlashib
borayotgan investitsiya inqirozini bartaraf etish, davlat tomonidan
investitsiya faoliyatini
muvofiqlashtirishni talab etadi.
O‘zbekistonda investitsiya faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar 1991 yilning yanvaridan
kuchga kirgan "Investitsiya faoliyatini qonuniy asoslari" hujjatlari bilan muvofiqlashtirib borildi. Qabul
qilingan va 1991 yildan boshlab kuchga kirgan bu hujjatda investitsiya faoliyatini davlat tomonidan
muvofiqlashtirish ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprel "Chet el investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni
himoya qilish choralari to‘g‘risida"gi Qonuni. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xorijiy
investitsiyali korxonalarni tashkil etish va faoliyatini rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha
chora-tadbirlar
to‘g‘risida"gi 31.05.96 y. UP-1467 sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Investitsiya
loyihalarini amalga oshirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 19.01.98
y. Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarni
amalga oshirishni mexanizmini takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida" 09.02.98 y. Farmoni.
1
Unda
muvofiqlashtirishni maqsadlari va shakllari tasdiqlangan. Ushbu hujjatlarga ko‘ra, investitsiya faoliyatini
davlat tomonidan muvofiqlashtirish qo‘yidagi maqsadlarda olib boriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: