Institutsional tahlil.
(institutum – lotinchadan, «muassasa»)
Loyihani amalga oshirish natijalari ko’p jihatlari bilan, bir tomondan, uni amalga oshiruvchi
tashkilotlarning ichki tavsiflariga, ikkinchi tomondan, loyiha amalga oshirilayotgan muhit (davlat iqtisodiy
siyosati va tartibga solish tizimi, qonunchilik, davlat hokimiyati institutlari tizimi va h.) institutsional
sharoitlariga bog`liq bo’ladi.
Loyihaviy tahlilning institutsional tahlil qismi, loyihani amalga oshirishning tashkiliy va siyosiy
sharoitlarni o’rganib chiqadi. Uning yo’nalishi quyidagilarga bog`liq tarzda shakllanadi:
- loyiha miqyosi (mamlakat, tarmoq, mintaqa, korxona, xo’jalik darajasi);
- loyihada ishtirok etayotgan kapital (davlat, xususiy, kooperativ va h.);
- ishtirokchilar tarkibi (soni, tashkiliy-huquqiy shakllari);
- loyiha vazifasi (jamiyat uchun ahamiyat kasb etuvchi, xususiy tadbirkorlikni rivojlanitirish uchun
mo’ljallangan va h.).
Institutsional tahlilning maqsadi – loyihani amalga oshirishning ichki va tashqi institutsional sharoitlari
sifatini baholash, hamda investitsiya qabul qiluvchi tashkilot imkoniyatlarini kengaytirish bo’yicha zaruriy
tadbirlarni ishlab chiqishdan iboratdir.
Oxir oqibatda vaqtinchalik qurilmalar va maishiy xonalarni barpo etish, qurilish chiqindilarini olib
tashlash, yangi ob'ekt hududini obodonlashtirish kabi xarajatlar ham muhim bo’ladi. Bunday tadbirlarni
amalga oshirishning aniq grafigi yo’qligi va mas'ul shaxslar borasidagi noaniqlik ob'ektni topshirish
muddatlarini ancha orqaga surishi va boshqa muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
Ichki institutsional sharoitlarning tahlili
quyidagi yo’nalishlar bo’yicha amalga oshiriladi:
- loyihani amalga oshirish va korxonani boshqarishning uslublari va texnik vositalari (monitoring va
natijalarni baholash shular jumlasidandir);
- korxonaning boshqaruv va tashkiliy tuzilmalari;
- rejalashtirish tizimi, investitsiyalarni rejalashtirishni o’z ichiga olgan holda;
- kadrlar va ularni tayyorlash;
- moliyaviy boshqaruv, buxgalteriya va audit;
- savdo-xarid faoliyatini tashkil etish tizimi;
- korxonaning ichki siyosati (strategiya va taktika);
- korxona mustahkamligini baholash.
Korxonada qo’llanilayotgan boshqaruv uslublari, boshqaruv xodimlarining texnik qurollanganligi
loyihani amalga oshirish jarayoniga, hamda uning joriy va so’nggi natijalariga samarali ta'sir ko’rsatish
imkoniyatlari nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.
Korxona tashkiliy va boshqaruv tuzilmalari, ularning loyiha sharoitlariga mos kelishi tahlil qilinishi
lozim. Misol uchun, korxonada loyihani boshqarish bilan shug`ullanadigan maxsus bo’lim tuzilganmi, yoki
bu funksiyalar mavjud tuzilmaviy bo’limga berilganmi? Agarda bu funksiyalar mavjud bo’limga berilgan
bo’lsa, ushbu bo’limning imkoniyatlari va boshqa bo’limlar bilan o’zaro munosabatlari, hamda uning
boshqaruv qarorlarini qabul qilish tizimidagi roli tahlil qilinishi lozim.
Rejalashtirish tizimi ham, loyihani amalga oshirish maqsadlari uchun samaradorligi nuqtai nazaridan
baholanadi. Rejalashtirish uslublari, davriyligi, sifati, qabul qilingan rejalar bajarilishi ustidan nazorat
o’rnatish yo’llari aniqlanadi. Bunda investitsiyalarni rejalashtirishga alohida e'tibor qaratiladi.
Loyihani amalga oshirishning barcha bosqichlarida – identifikatsiyadan tortib to foydalanishga
topshirishgacha – jalb etilgan kadrlar malakasi loyiha talablari va sharoitlariga javob berishi lozim.
Xodimlar malakasi yetarli bo’lmagan taqdirda, ularni o’qitish, mutaxassislarni yollash, maslahatchilarni
taklif etish bo’yicha tadbirlar rejalashtiriladi.
Moddiy va moliyaviy rag`batlantirish tizimi hisobiga ta'minlanadigan, xodimlarning umumiy va shaxsiy
manfaatdorligi ham muhimdir. Tahlil jarayonida korxonada bunday tizim mavjudligi tekshiriladi va uni
takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi. Bundan tashqari, xodimlar o’rtasida funksiyalarning
to’g`ri taqsimlanganligi, har bir xodim uchun kasbiy o’sish imkoniyatlarining mavjudligi, xodimning
umumiy ishdagi ishtirokdan ma'naviy qoniqish hosil qilishi baholanadi.
Korxona tomonidan amalga oshirilayotgan moliyaviy siyosat, moliyaviy oqimlarni boshqarish,
moliyaviy va hisobot hujjatlarini tayyorlashning sifati, to’g`riligi va davriyligi, shuningdek ichki va tashqi
auditorlik tekshirishlarning natijalari ham institutsional tahlil ob'ekti hisoblanadi. Bu quyidagi ikkita asosiy
maqsadni ko’zlagan holda amalga oshiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |