Ijtimoiy tahlil.
Ijtimoiy tahlilning asosiy vazifasi – loyiha maqsadlarining, u amalga oshiriladigan ijtimoiy muhit
manfaatlariga muvofiq kelishi darajasini aniqlashdir. Loyihani jamiyat tomonidan qo’llab-quvvatlanishini
ta'minlovchi tadbirlar lozim, shu jumladan aholi ijtimoiy ahvolida o’zgarishlarni rag`batlantirish yo’li bilan
ham. Loyihaviy tahlilda ijtimoiy tahlil bo’lmagan vaziyatlarda, loyiha u bilan bevosita va bilvosita bog`liq
bo’ladigan aholi ijtimoiy guruhlari emas, balki faqatgina loyihani ishlab chiquvchilar tomonidan baholanadi.
Ijtimoiy tahlil, loyihaviy tahlilning boshqa jihatlari singari, investitsiyaviy loyihani baholashga bo’lgan
yagona integratsiyalashgan yondashuvning muhim va ajralmas tarkibiy qismi bo’lib, loyiha xayotiy
siklining barcha bosqichlarini qamrab olishi lozim.
Ijtimoiy tahlil quyidagi to’rtta asosiy yo’nalishni o’z ichiga oladi:
- loyihani amalga oshirish hududidagi aholining ijtimoiy-madaniy va demografik tavsiflari (soni va
ijtimoiy tuzilmasi, shu jumladan etnik tarkibi, yoshi, ma'lumoti, daromadlari darajasi bo’yicha);
- mintaqada ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish shakllari, xo’jalik yuritish tuzilmasi, mehnat
resurslarining mavjudligi, yerga bo’lgan mulkchilikka munosabat, tabiiy resurslarga egalik qilish imkoniyati
va ulardan foydalanish ustidan nazorat o’rnatish imkoniyati;
- loyihani umumiy qabul qilingan ijtimoiy me'yorlar nuqtai nazaridan qabul qilinishi va ularga
moslashuv qobiliyati;
- loyihani amalga oshirish jarayoniga aholi va mahalliy tashkilotlarni jalb qilish strategiyasi (ularning
loyihani amalga oshirishdagi manfaatdorligini ta'minlash maqsadida).
Moliyaviy tahlil.
Loyihalar moliyaviy tahlilini amalga oshirishda quyidagi savollarga javob topish lozim:
- tahlil paytida loyiha ishtirokchilaridan har birining moliyaviy ahvoli qanday va u loyihani amalga
oshirish davrida qay tarzda o’zgarishi mumkin;
- loyiha, moliyaviy nuqtai nazardan, umumiy holda (xarajat va daromadlarni ishtirokchilar o’rtasida
taqsimlamasdan turib) qanchalik samarali;
- loyihadagi ishtirokni amalga oshirish mumkinmi va bunday ishtirok har bir ishtirokchi uchun, uning
moliyalashtirish manbalari va shartlarini hisobga olgan holda, qanchalik samarali;
- har bir ishtirokchi uchun moliyaviy tavakkalchiliklar tahlilini amalga oshirish. Loyihani amalga
oshirish sxemasi shunday bo’lishi lozimki, noqulay vaziyatlar sodir bo’lgan taqdirda barcha ishtirokchilar
o’z faoliyatini davom ettirishi mumkin bo’lsin, aks holda «eng ojiz» ishtirokchining tavakkalchiligi, barcha
va butun loyiha tavakkalchiligiga aylanadi.
Ikkita muhim holatni ta'kidlab o’tish lozim. Birinchidan, barcha loyihalar ham moliyaviy jihatdan
Do'stlaringiz bilan baham: |