Ijtimoiy-gumanitar fanlar Sharobidinov Jaxongir Nizomidin o`gli Farg`ona davlat universiteti Magistatura 2-bosqich talabasi Ijtimoiy ish xodimining mahallada-aholini ayrim qatlamlari va guruhlari bilan ishlash tamoyillari



Download 21,69 Kb.
Sana23.01.2022
Hajmi21,69 Kb.
#406006
Bog'liq
maqola


Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Sharobidinov Jaxongir Nizomidin o`gli

Farg`ona davlat universiteti

Magistatura 2-bosqich talabasi

Ijtimoiy ish xodimining mahallada-aholini ayrim qatlamlari va guruhlari bilan ishlash tamoyillari

Dunyo mamlakatlarida taraqqiyot darajasi,odatda aholini turli qatlamlari bolalar va keksalarning xolati va o`zlarini qay darajada xis etishlari bilan belgilanadi. O`rta osiyoda ijtimoiy muxofaza nafaqat davlat ahamiyatiga molik masala , balki mahalliy aholining turmush tarzi va an’analarini bilan bevosita bog`liq xodisadir. Sababi , bu xududda aholi qadimdan jamoalarga- mahallalarga birlashib yashaganlar. Jamoa a’zolarida o`zaro birdamlik va hamdardlik ko`nikmalari tabiiy tarzda shakllanib, rivojlanib borgan. Bu noyob hodisa bo`lib asrlar davomida mahalla aholisi uchun jamoadagi nochor insonlarga g`amxo`rlik qilish ham qarz ham farz bo`lgan. Odamlarning yakdilligiga va ularda jamoaviy birdamlikni paydo bo`lishiga eramizgacha I mingyillikning birinchi yarmida O`rta osiyoda “mustaqil mazmunga ega jamoa”1 sifatidagi ijtimoiy tashkilot aynan mahallalarning paydo bo`la boshlagani sabab bo`lgan.

Agarda kengroq nazar tashlaydigan bo`lsak, og`ir xayotiy vaziyatga tushib qolgan kishilarga ko`maklashish-jamiyatda madaniyat va taraqqiyot darajasining yuqori ekanligidan darak beradi. O`z yaqinlariga yordam berish, hamdardlik va xayr-ehson qadimdan turli davlat xalqlariga xos bo`lgan xususiyatdir. Bu xususiyatlardan O`zbekiston xalqi ham mustasno emas, albatta. Ular saqlanishi va rivojlanishi zarur bo`lgan milliy qadriyatlar, an’analar va udumlarning asosini o`zida aks ettiradi. Aholini turli guruh va qatlamlari deganda ijtimoiy ta’minotdan foydalanuvchilar, bolalar, o`smirlar va ularning oilalari, nogironligi bo`lgan shaxslar, spirtli ichimlik va narkotik moddalarga ruju qo`ygan insonlar tushuniladi. Ijtimoiy ish xodimi yangi inson qiyofasini yaratishga harakat qiladi. sIjtimoiy ish xodimlari aholini jtimoiy himoyaga muxtoj qismi bilan ishlashda statsionar va nostatsinoar muassalarga joylashishida va hujjatlarni rasmiylashtirishda yordam beradi. Shifoxonaga yotqizishda yordam beradi, nafaqa oluvchi mehnat faxriylarini avval ishlaga ish joylari va qolgan davlat, jamoatchilik va xayriya tashkilotlari bilan aloqaga chiqishiga amaliy yordam ko`rsatadi. Ijtimoiy masalalar bo`yicha kerakli maslahatlar beradi. Muammoli oilalar bilan ish olib boradi. Ijtimoiy ish xodimlari bundan tashqari yana shaxs psixologiysi asoslari sohasida bilimlarga ega bo`lishi va nafaqa oluvchi keksalar va nogironligi bo`lgan shaxslarga yordam ko`rsatishning ijtimoiy-psixologik jihatlarini bilishi talab qilindi. Jamiyatdagi imtiyoz va afzalliklarni nogironligi bo`lgan odamlar, urush va mehnat faxriylari uchun belgilangan tizimini va ularni parvarishlashni ham bilishi ham lozim2.

Ijtimoiy himoya yuksak rivojlangan davlatlarda ijtomoiy ish xodimi aholini turli qatlamlaari bilan ishlashda quyidagi tamoyillarga e’tibor berishlari lozim.

- insonparvarlik tamoyili;

- adolatlilik tamoyili;

- vakolatlilik tamoyili;

- altuizm tamoyili (o`zganing manfaatini o`zining manfaatidan yuqori deb bilish)

- shaxsiy yondashish tamoyili (har bir ijtimoiy muammoda muayyan shaxs manfaatlarini ko`ra olish layoqati);

- mujassamlilik tamoyili;

- vositachilik tamoyili;

- jalb etishlilik tamoyili;

- ishonch tamoyili3.

Ijtimoiy ishning integral tavsifiga ko`ra , unda iqtisodiy , huquqiy, tashkiliy, ma’muriy, psixologik, ijtimoiy-ruhiy, tibbiy-ijtimoiy, pedagogik kabi usullardan foydalaniladi. Ijtimoiy ish xodimi ijtimoiy masalalarni hal qilish jarayonida ijtimoiy ko`rsatkichlar tizimidan foydalanadi. Yuqorida ko`rsatib o`tilgan tamoyillar ijtimoiy ish xodimining kasbiy faoliyati davomida amal qilishi kerak bo`lgan asosiy tamoyillar hisoblanadi. Shu bilan birga ijtimoiy ishchi boshqa maxsus bilimlarga ham ega bo`lishi zarur. Ijtimoiy xodimlar faoliyatiga qo`yiladigan umumiy axloqiy talablar professionalizmni, ya’ni qadriyatlar, bilimning butun bir tizimi bo`lib, amaliyot va ixtisoslikning aniq bir sohasida nimalar ro`y berayotgan bo`lsa, shunga muvofiq ko`nikmalarga egalikni nazarda tutadi. Ijtimoiy ishchi oilaviy terapiya usullaridan bemalol foydalana olishi mumkin, lekin u korreksion yoki preventiv, ya’ni krizisning oldini olishga qaratilgan amaliyot bo`yicha tajribaga ega bo`lmasligi mumkin. Bundan tashqari professionalizm tarkibi muntazam ravishda ortib borayotgan bilimlar, shakllantirilayotgan ko`nikmalar va amaliyotda o`zgarib borayotgan talablar asosida to`planib rivojlanib boraveradi.



1 A Saidov “Mahalla- umumiy uyimiz” Toshkent. 2003

2 A.Vahobov “ Ijtimoiy ish va ijtimoiy ta’minot” Toshkent-2018

3 Social work and social welfare P. 120-164

Download 21,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish