Turli xil variantlar, quyidagilarning yaqinligi va qiymatini hisobga olgan holda ko’rib chiqiladi:
- qulay fizik tavsiflarga (yer tuzilishi, qurilish uchun sharoitlar va h.)
ega yer uchastkasi;
- xom-ashyo va materiallar bozori;
- loyiha bo’yicha ishlab chiqarilishi nazarda tutilgan, mahsulot bozori;
- energiya manbalari;
- ishlab chiqarish infratuzilmasi (suv, elektr uzatish liniyalari, yoqilg`i, aloqa
vositalari, avtomobil va
temir yo’llar va h.);
- ijtimoiy infratuzilma (bolalar bog`chalari, maktablar, do’konlar, kasalxonlar va h.);
- ishchi kuchi (malakali, past malakali, malakasiz).
Tanlangan variant loyihaning barqaror amalga oshirilishini va minimal xarajatlar bilan maksimal
daromadga erishishini ta'minlashi lozim.
Loyihani amalga oshirish muddatlari.
Loyihani amalga oshirish muddatlari loyihani tayyorlash
jarayonida alohida ko’rib chiqiladigan masala hisoblanadi, chunki ularning
optimalligi aniq asoslangan
bo’lishi lozim. Loyiha taklif etayotgan mahsulotga bo’lgan talab, texnologiyalarning ahvoli yoki qandaydir
qo’shimcha kapital qo’yilmalarning imkoniyatlari loyihani iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq qilish
uchun yetarli bo’lmasligi va shu sababdan loyiha muddatidan ilgarilab ketgan bo’lishi mumkin. Ikkinchi bir
tomondan, loyiha kechikib qolishi havfi ham mavjud.
Loyihaviy tahlil uslubiyotida
hisob davri
tushunchasi mavjud. Loyihaning investitsiyaviy, operatsiyaviy
va moliyaviy faoliyati barcha turlarining natijalari bo’yicha moliyaviy
oqimlar ushbu davr uchun
hisoblanadi. Shuningdek, loyihani amalga oshirish mumkinligi mezonlarining qiymatlari, hamda
tavakkalchilik va noaniqlikni baholash ham aynan shu davrga nisbatan amalga oshiriladi.
Hisob davri
qadamlarga
bo’linadi; har bir qadam uchun har bir pul oqimi bo’yicha qiymatlar aniqlanadi.
Pul oqimlarining qadam qiymatlari yig`indisi, keyinchalik loyiha samaradorligi va amalga oshirish
mumkinligini aniqlash uchun asos bo’lib hisoblanadi.
Hisob davri, odatda, vaqt bo’yicha loyihani amalga oshirishning hayotiy sikli bilan bir xil bo’ladi. Shu
bilan birga loyihaning identifikatsiya va ishlab chiqish bosqichlarida loyihani
boshlash va tugallash
muddatlarini belgilash alohida e'tiborni talab qiladi, chunki loyiha bo’yicha qaror qabul qilish sifati ko’p
jihatlari bilan aynan muddatlarni to’g`ri belgilashga bog`liqdir.
Hisob davrining boshlanishi sifatida, odatda, investitsiyaviy bosqich boshlanishi qabul qilinadi. Bu
degani, barcha hisob-kitoblar kredit taqdim etish shartnomasi imzolangan vaqtdan yoki loyihani
moliyalashtirish uchun birinchi transh o’tkazilgan vaqtdan boshlanadi. Agarda loyiha shaxsiy mablag`lar
hisobiga moliyalashtiriladigan bo’lsa, hisob davri boshi sifatida loyihani amalga oshirish maqsadida
kiritilgan birinchi moliyaviy qo’yilma vaqti qabul qilinadi.
Boshqacha qilib aytganda, loyihani amalga
oshirishni boshlash bilan bog`liq bo’lgan, investitsiya ob'ektida ro’y bergan pul oqimlaridagi birinchi
o’zgarish hisob davrining boshlanishidir.
Hisob davrining tugashi esa, odatda, loyihani likvidatsiya qilish (tugatish) jarayonidagi so’nggi hatti-
harakat vaqtiga to’g`ri keladi.
Loyihani tabiiy tarzda tugatilishi, loyiha bo’yicha xarid qilingan uskunalar xizmat
davrining tugashi
yoki loyihada ishlab chiqarilayotgan mahsulot savdosining to’xtatilishi kabi, oldindan rejalashtirilgan
sharoitlar sababli bo’lishi mumkin.
Loyihani tugatishning rejalashtirilmagan sabablariga esa avariyalar, halokatlar, chuqur iqtisodiy
inqirozlar, bozor kon'yukturasidagi kutilmagan o’zgarishlar kiradi. Albatta, loyiha
samaradorligini tahlil
qilishda, bunday holatlarning yuzaga kelishi mumkinligi faqatgina tavakkalchiliklarni baholashda hisobga
olinadi va hisob davri tugallanishiga hech qanday ta'sir ko’rsatmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: