Moliyaviy bozorning ushbu asosiy tavsiflaridan tashqari, resurs yetkazib beruvchilarning moliyaviy
ahvolini va ushbu resurslarni xarid qilish uchun kredit olish imkoniyatlarini aniqlash lozim.
Bozorlar rivojlanishini prognoz qilish. Bozorlar tahlili va asosiy tendensiyalarni aniqlash jarayoni
tugagandan so’ng, loyiha biznes-rejasini tuzishda
foydalaniladigan, quyidagi ko’rsatkichlarning prognoz
qiymatlari hisoblanadi:
- loyihada ishlab chiqarilayotgan mahsulot va xizmatlar narxi;
- asosiy resurslarning narxi;
- inflyatsiya darajasi;
- kredit uchun foiz stavkasi;
- loyihada ishtirok etayotgan valyutalarning ayirboshlash kurslari va h.
Prognoz turli xil uslublardan foydalangan holda (statistik, iqtisodiy-matematik, imitatsion va h.)
loyihaning butun hayotiy davriga tuziladi. Mahsulot va resurslar
narxlarini asoslashda, odatda, talab va
taklif mutanosibligi modellaridan foydalaniladi.
Talab tahlili loyiha salohiyatini baholashning asosi hisoblanadi, shuning uchun bu ishga maksimal
mas'uliyat bilan yondashish lozim. Loyiha mahsuloti uchun bozor o’z-o’zidan paydo bo’ladi degan fikr
noto’g`ri bo’ladi. Bularning barchasi, talab tuzilmasini va uning narx, sifat va boshqa omillarga
ta'sirchanligini aniqlash bilan birgalikda, qayta-qayta tekshirilishi lozim.
Hattoki eng batafsil tahlildan keyin ham talab prognozlari hato chiqishi mumkin,
ayniqsa uzoq muddatli
prognozlar. Iste'molchilarning texnologiyalari, daromadlari, hatti-harakatlarini prognoz qilish doimo
noaniqlik sharoitlarida amalga oshiriladi va shuning uchun ham juda murakkab hisoblanadi. Bundan
tashqari, bunday prognoz uchun birlamchi ma'lumotlar aniq emas yoki umuman yo‘q bo’ladi.
Ixtisoslashtirilgan uslub bo’yicha ma'lumot yig`ish esa juda ham qimmat, va uning samaradorligini
kafolatlash qiyin.
Bunga
qaramasdan, tadbirkorlik amaliyoti doimiy tarzda uzoq muddatli oqibatlarga ega qarorlarni qabul
qilishni taqozo etadi. Misol uchun, sug`orish tizimini barpo etish yoki suv omborini qurish yirik kapital
qo’yilmalarni talab etadi, va amalga oshirilishi boshlangan loyihani katta yo’qotishlarsiz to’xtatish deyarli
mumkin emas. Loyiha miqyosi, muddatlari yoki joylashuvini tanlashda yo’l qo’yilgan xatolar xal qiluvchi
rolni o’ynashlari mumkin. Ishonchli prognoz (bashorat) qilib bo’lmaydigan
vaziyatlarda esa, mutaxassislar
voqealar kelajakdagi rivojlanishining mumkin bo’lgan ssenariylarini ko’rib chiqishlari shart.
Talab prognozlarini ularga ketadigan xarajat qiymatini hisobga olgan holda amalga oshirish lozim. Ya'ni
ikki turdagi xarajatlarni taqqoslash lozim: prognozni tayyorlash qiymati (shu jumladan, ma'lumotlarni
yig`ish va to’ldirish xarajatlariga) va noto’g`ri prognozdan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin
bo’lgan xarajatlar. Qaror qabul qilish birinchi navbatda kapital qo’yilma hajmiga bog`liq bo’ladi. Loyihaviy
tahlilning boshqa jihatlari singari, prognozlarning murakkabroq uslubiyoti ishonchliroq axborot bilan
ta'minlashi mumkin, ammo u ko’proq pul va vaqtni talab qiladi. Odatda, har
bir loyiha shunday chegara
mavjudki, axborot uchun undan yuqori xarajatlar o’zini oqlamaydi.
Boshqa barcha sharoitlar bir xil bo’lganda, tovarning bozor narxi va unga bo’lgan talab miqdori
o’rtasida muayyan nisbat mavjud bo’ladi. Makroiqtisodiyotning ushbu aksiomasi bozorlar tahlili asosini
tashkil etadi.
Narxdan tashqari talabga quyidagi muhim omillar ham o’z ta'sirini ko’rsatadi:
- iste'molchilarning o’rtacha daromadi (ushbu ko’rsatkich oshganda talab ham oshishi kutiladi);
- bozor miqyosi (yirik shaxarlarda talab hamisha yuqori);
- o’zaro bog`liq tovarlarning narxi va ularni xarid qilish imkoniyati, bu ayniqsa muayyan tovarni o’rnini
bosuvchi va to’ldiruvchi tovarlarga tegishli;
- iste'molchilarning didi, an'analari va istaklari;
- bozorning maxsus sharoitlari (misol uchun, kelajakdagi iqtisodiy o’zgarishlarni kutish – narx,
inflyatsiya va h.).
Taklif egri chizig`iga ta'sir etuvchi omillarga quyidagilar kiradi:
- ishlab
chiqarish xarajatlari;
- texnologik taraqqiyot;
- foydalaniladigan resurslar va xom-ashyo narxlaridagi o’zgarishlar;
- mazkur bozordagi firmalar miqdori;
- bozor tuzilmasi.
Yuqorida sanab o’tilgan omillardan istalgan bittasining o’zgarishi, har qanday joriy narxda ham, taklif
hajmining o’zgarishiga olib keladi. Xususan, taklif loyihani amalga oshirilishi munosabati bilan ham
o’zgarishi mumkin. Misol uchun, sut qayta ishlash jarayonining kam xarajatli texnologiyasini joriy etish
Do'stlaringiz bilan baham: