Toshkent davlat agrar universiteti nukus filiali



Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/162
Sana03.03.2022
Hajmi1,08 Mb.
#480537
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   162
Bog'liq
Toshkent davlat agrar universiteti nukus filiali

Moliyaviy bozorlarni
o’rganish jarayonida loyihani amalga oshirish uchun qarz kapitalini jalb etish
imkoniyatlari, moliyaviy resurslarning amaldagi narxlari, kreditlashning tipik sharoitlari tahlil qilinadi.
Moliyalashtirishning eng qulay sxemasini tanlash uchun quyidagilar to’g`risida to’liq axborotga ega bo’lish
lozim:
- investitsiyalarni uzoq muddatli moliyalashtirish uchun kredit resurslariga ega bo’lish imkoniyatlari;
- loyihani amalga oshirish jarayonida aylanma vositalarni to’ldirish maqsadida qisqa muddatli
moliyalashtirish uchun kredit resurslariga ega bo’lish imkoniyatlari;
- kredit uchun (kreditlash turlari bo’yicha) o’rtacha, minimal va maksimal foiz;
- qarzni mumkin bo’lgan qaytarish muddatlari;
- imtiyoz berish shartlari (kreditlash davri, foiz to’lovlarini to’lash va h. bo’yicha);
- kafolat yoki garov ta'minoti taqdim etish zaruriyati.
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m


Moliyaviy bozorning ushbu asosiy tavsiflaridan tashqari, resurs yetkazib beruvchilarning moliyaviy
ahvolini va ushbu resurslarni xarid qilish uchun kredit olish imkoniyatlarini aniqlash lozim.
Bozorlar rivojlanishini prognoz qilish. Bozorlar tahlili va asosiy tendensiyalarni aniqlash jarayoni
tugagandan so’ng, loyiha biznes-rejasini tuzishda foydalaniladigan, quyidagi ko’rsatkichlarning prognoz
qiymatlari hisoblanadi:
- loyihada ishlab chiqarilayotgan mahsulot va xizmatlar narxi;
- asosiy resurslarning narxi;
- inflyatsiya darajasi;
- kredit uchun foiz stavkasi;
- loyihada ishtirok etayotgan valyutalarning ayirboshlash kurslari va h.
Prognoz turli xil uslublardan foydalangan holda (statistik, iqtisodiy-matematik, imitatsion va h.)
loyihaning butun hayotiy davriga tuziladi. Mahsulot va resurslar narxlarini asoslashda, odatda, talab va
taklif mutanosibligi modellaridan foydalaniladi.
Talab tahlili loyiha salohiyatini baholashning asosi hisoblanadi, shuning uchun bu ishga maksimal
mas'uliyat bilan yondashish lozim. Loyiha mahsuloti uchun bozor o’z-o’zidan paydo bo’ladi degan fikr
noto’g`ri bo’ladi. Bularning barchasi, talab tuzilmasini va uning narx, sifat va boshqa omillarga
ta'sirchanligini aniqlash bilan birgalikda, qayta-qayta tekshirilishi lozim.
Hattoki eng batafsil tahlildan keyin ham talab prognozlari hato chiqishi mumkin, ayniqsa uzoq muddatli
prognozlar. Iste'molchilarning texnologiyalari, daromadlari, hatti-harakatlarini prognoz qilish doimo
noaniqlik sharoitlarida amalga oshiriladi va shuning uchun ham juda murakkab hisoblanadi. Bundan
tashqari, bunday prognoz uchun birlamchi ma'lumotlar aniq emas yoki umuman yo‘q bo’ladi.
Ixtisoslashtirilgan uslub bo’yicha ma'lumot yig`ish esa juda ham qimmat, va uning samaradorligini
kafolatlash qiyin.
Bunga qaramasdan, tadbirkorlik amaliyoti doimiy tarzda uzoq muddatli oqibatlarga ega qarorlarni qabul
qilishni taqozo etadi. Misol uchun, sug`orish tizimini barpo etish yoki suv omborini qurish yirik kapital
qo’yilmalarni talab etadi, va amalga oshirilishi boshlangan loyihani katta yo’qotishlarsiz to’xtatish deyarli
mumkin emas. Loyiha miqyosi, muddatlari yoki joylashuvini tanlashda yo’l qo’yilgan xatolar xal qiluvchi
rolni o’ynashlari mumkin. Ishonchli prognoz (bashorat) qilib bo’lmaydigan vaziyatlarda esa, mutaxassislar
voqealar kelajakdagi rivojlanishining mumkin bo’lgan ssenariylarini ko’rib chiqishlari shart.
Talab prognozlarini ularga ketadigan xarajat qiymatini hisobga olgan holda amalga oshirish lozim. Ya'ni
ikki turdagi xarajatlarni taqqoslash lozim: prognozni tayyorlash qiymati (shu jumladan, ma'lumotlarni
yig`ish va to’ldirish xarajatlariga) va noto’g`ri prognozdan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin
bo’lgan xarajatlar. Qaror qabul qilish birinchi navbatda kapital qo’yilma hajmiga bog`liq bo’ladi. Loyihaviy
tahlilning boshqa jihatlari singari, prognozlarning murakkabroq uslubiyoti ishonchliroq axborot bilan
ta'minlashi mumkin, ammo u ko’proq pul va vaqtni talab qiladi. Odatda, har bir loyiha shunday chegara
mavjudki, axborot uchun undan yuqori xarajatlar o’zini oqlamaydi.
Boshqa barcha sharoitlar bir xil bo’lganda, tovarning bozor narxi va unga bo’lgan talab miqdori
o’rtasida muayyan nisbat mavjud bo’ladi. Makroiqtisodiyotning ushbu aksiomasi bozorlar tahlili asosini
tashkil etadi.
Narxdan tashqari talabga quyidagi muhim omillar ham o’z ta'sirini ko’rsatadi:
- iste'molchilarning o’rtacha daromadi (ushbu ko’rsatkich oshganda talab ham oshishi kutiladi);
- bozor miqyosi (yirik shaxarlarda talab hamisha yuqori);
- o’zaro bog`liq tovarlarning narxi va ularni xarid qilish imkoniyati, bu ayniqsa muayyan tovarni o’rnini
bosuvchi va to’ldiruvchi tovarlarga tegishli;
- iste'molchilarning didi, an'analari va istaklari;
- bozorning maxsus sharoitlari (misol uchun, kelajakdagi iqtisodiy o’zgarishlarni kutish – narx,
inflyatsiya va h.).
Taklif egri chizig`iga ta'sir etuvchi omillarga quyidagilar kiradi:
- ishlab chiqarish xarajatlari;
- texnologik taraqqiyot;
- foydalaniladigan resurslar va xom-ashyo narxlaridagi o’zgarishlar;
- mazkur bozordagi firmalar miqdori;
- bozor tuzilmasi.
Yuqorida sanab o’tilgan omillardan istalgan bittasining o’zgarishi, har qanday joriy narxda ham, taklif
hajmining o’zgarishiga olib keladi. Xususan, taklif loyihani amalga oshirilishi munosabati bilan ham
o’zgarishi mumkin. Misol uchun, sut qayta ishlash jarayonining kam xarajatli texnologiyasini joriy etish

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish