chiqishi;
- rahbariyat va mulkdorlar tarkibidagi radikal o‘zgarishlar oqibatida menejmentning yomonlashuvi;
- mol yetkazib beruvchilarning xom ashyo va materiallarni o‘z vaqtida yetkazib bera olmasligi;
- qarzdorning biznes-hamkorlari ishonchsizligini ko‘rsatuvchi dalillarning vujudga kelishi.
Kreditlar muammoli bo‘lib qolgan paytlarda to‘rt bosqich asosida tashkiliy tadbirlar o‘tkaziladi.
Birinchi bosqich. Agar qarz oluvchining vaqtinchalik moliyaviy qiyinchiliklari tufayli loyihalar
amalga
oshirilishida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar kuzatilsa, kuyidagi tadbirlar o‘tkaziladi:
a) bank bo‘limlarining ma'sul xodimlari bilan fikr almashishi;
b) quyidagi maqsadlarda xo‘jalik organlariga tashrif buyurish:
- loyihaning bajarilishini baholash;
- qarz oluvchining rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazish;
- loyihaning rivojlanish
muammolarini aniqlash;
- risklarni baholash;
- kreditni o‘zlashtirishning qolgan davriga loyihaning biznes rejasini (TIA) o‘rganib chiqish;
- korxona ishlab chiqarishni bir maromda tashkil etishi uchun qarz oluvchilar va manfaatdor shaxslar
o‘rtasida muzokaralar olib borish;
- muammoli kreditlarning hal etilishini tashkil etish maqsadida kredit komitetini
jalb etish va ular bilan
muzokaralar olib borish.
Ikkinchi bosqich. Qarz oluvchining kredit yuzasidan muddati uzaytirilgan qarzlar bo‘yicha majburiyati.
Bu bosqichda ko‘riladigan chora-tadbirlar quyidagicha:
a) qarz oluvchining debitorlik majburiyatlari bilan ishlash. Bu ish qarz oluvchi faoliyatiga bog‘liq
hamma faoliyatlar tahlilini talab etadi. Majburiyatlar zanjiri tuziladi, bir-biriga bog‘liq majburiyatlar
qoplanishi sxemasi ishlab chiqiladi;
b) mijozning hisob-raqamlari yopiladi. Ta'sir ko‘rsatishning bu turi juda ehtiyotkorlik bilan amalga
oshiriladi, chunki bu qarz oluvchining aylanma mablag‘larini butunlay yo‘qotishiga olib kelishi mumkin;
v) to‘lov muddatini uzaytirish. Kreditni uzaytirishni amalga oshirishda barcha moliyaviy-iqtisodiy
ko‘rsatkichlar
tahlili amalga oshiriladi, naqd pul bilan ta'minlanganlik tekshiriladi, biznes-reja ishlab
chiqiladi va materiallar loyihalar monitoringi boshqarmasiga beriladi.
Bu yerda o‘zgargan ko‘rsatkichlar yordamida yangi loyiha monitoringi rejasi ishlab chiqiladi va xulosa
bilan birgalikda loyiha bo‘yicha kredit komitetiga taqdim etiladi. Kredit anketasi tuziladi va kredit portfeli
monitoringi boshqarmasiga beriladi. Hisobotning hamma turlari va ma'lumotlar bazasi bo‘yicha
tegishli
o‘zgartirishlar kiritiladi.
Uchinchi bosqich. Xizmat ko‘rsatuvchi bank mutaxassilari, loyihalar monitoringi boshkarmasi
xodimlari, loyiha ekspertlari, hokimiyat vakillari va boshqa manfaatdor
shaxslar bilan birgalikda
korxonaning ishlab chiqarishni maromiylashtirish maqsadida tekshiriladi. Tegishli hollarda korxonaning
rahbarlarini o‘zgartirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
To‘rtinchi bosqich. Muddati uzaytirilgan majburiyatlarni qoplash maqsadida o‘tkaziladigan monitoring
garovga qo‘yilgan mulkni sotish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Vujudga kelgan muammoli kreditlarning yuqoridagi bosqichlar asosida hal etilish tamoyili muammoli
kreditlar bo‘yicha ko‘riladigan chora-tadbirlarning ijobiy natijasi, samarasini ta'minlashi bilan o‘z
ahamiyatini ko‘rsatib turadi. Lekin har bir investor yoki kreditlovchi bank va tashkilotlar o‘zlarining
maqsadlari va faoliyat yo‘nalishi
xusuiyatidan kelib, chiqib mustaqil tarzda o‘ziga xos shakl va usul
bo‘yicha muammoli kreditlarni hal etish chora-tadbirlarni tizimini ishlab chiqadilar.
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m