birmuncha ma'suliyatli qismidir. Bunday bo‘linish loyihaning hajmi va amalga oshirilishi bosqichiga
bog‘liqdir. Uning asosiy funksional qismlari bo‘lib kuyidagilar hisoblanadi:
a) loyihani amalga
oshirishga tayyorlash;
b) loyiha-konstruksiya ishlari;
v) moddiy texnikaviy ta'minlash;
g) kurilish-montaj ishlari;
d) loyihani ekspluatatsiyaga kiritish;
ye) loyiha
kuvvatlarini ishga tushirish;
j) loyiha bo‘yicha qarzlarni qaytarish.
4. Kalendar reja zaxirasini shakllantirish tamoyili unga alohida kiritilgan ishlar muddatlarining tahlili
qilingan buzilish hollarini aniqlashdan va ushbu zaxiraning loyihani amalga oshiruvchi ishtirokchilari
o‘rtasida taqsimlanishidan iborat. Kalendar rejadagi har bir ish uni bajarish uchun zarur bo‘lgan vaqt bilan,
ishlarning boshlanish va tugallanish muddatlari bilan tavsiflanishi kerak.
Ishlab chiqilgan reja real
bo‘lishligi uchun alohida ishlarni bajarishningrejalashtirilgan vaqti 75-80%dan kam bo‘lmagan ishonch
bilan aniqlangan bo‘lishi kerak. Bunday ehtimollik asosida ko‘zda tutiladigan zaxira jami kalendar reja
muddatining 10-12%ini tashkil etishi kerak.
5. Kalendar reja bajarilishini doimiy nazorat qilish tamoyili investitsiya loyihasini amalga
oshirishning
kalendar rejalashtirilishi tegishli nazorat qiluvchi blokni ham o‘z ichiga qamrab olishidan iborat. Bu
tamoyilning bajarilishi uchun joriy monitoring qo‘llaniladi.
Loyihani amalga oshirishning yaxshi ishlab chiqilgan kalendar rejasidan tashqari investitsiya loyihasini
amalga oshirishning byudjeti ham juda muhim sanaladi. Investitsiya loyihasini amalga oshirishning
samaradorligi ko‘pgina hollarda uni moliyalashtirishning asoslangan rejasi bilan aniqlanadi. Amaliyotda bu
moliyaviy reja «nvestitsiya loyihasini amalga oshirishning byudjeti» deb nomlanadi (yoki loyiha byudjeti).
Byudjet investitsiya loyihasini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar va mablag‘lar tushumini aks
ettiruvchi qisqa muddatli (bir yilgacha) tezkor moliyaviy reja sifatida o‘zini namoyon etadi.
Investitsiya loyihasini amalga oshirish byudjetini ishlab chiqish ikkita asosiy
vazifalarni hal etishga
qaratilgan bo‘ladi:
1. Kalendar rejaning alohida bosqichlari hajmida investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha
xarajatlar hajmi va tuzilishini aniqlash.
2. Investitsiya loyihasini amalga oshirishni moliyalashtirish uchun belgilangan jami mablag‘lar hajmi
doirasidagi investitsiya resurslari oqimining zarur bo‘lgan xarajatlarni qoplashini ta'minlash.
Investitsiya loyihasini amalga oshirish byudjetini ishlab chiqish uchun asosiy ma'lumot xujjatlari bo‘lib
kuyidagilar hisoblanadi:
- investitsiya loyihasini amalga oshirishning kalendar rejasi;
- alohida ko‘rinishidagi ishlarni bajarish va kalendar rejaning alohida funksional bloklari ko‘rinishida
ishlab chiqilgan xom ashyolar, materiallar, moslamalar va uskunalarni sotib
olish xarajatlari smetalari;
- investitsiya loyihasini moliyalashtirishning umumiy strategiyasi;
- loyiha biznes-rejasini ishlab chiqish bosqichida tuzilgan investitsiyalar oqimining oldindan bashorat
qilingan jadvali.
Investitsiya jarayoni bosqichlariga bog‘liq holda investitsiya loyihasini amalga oshirish vaqtida ikki xil
ko‘rinishidagi byudjet ishlab chiqilishi mumkin:
1. Kapital sarflar va mablag‘lar tushumi byudjeti. Bu byudjet yangi kurilish bilan ob'ektning
kengaytirilishi, ta'mirlanishi va texnik jihatdan qayta kurollantirilishi bilan bog‘lik
kurilish-montaj ishlarini
amalga oshirish bosqichida ishlab chiqiladi.
2. Joriy pul sarflari va daromadlari byudjeti. Bu byudjet investitsiyalash ob'ektini ekspluatatsiya qilish
bosqichida (uning ishga tushirilishidan keyin) ishlab chiqiladi.
Investitsiya loyihasini amalga oshirishning kalendar rejasi va byudjeti puxta ishlab chiqilgandan so‘ng
kuzatish, tekshirish va nazorat qilish tizimiga ega bo‘lgan monitoring olib boriladi.
Amalga oshirilmoqchi bo‘lgan loyiha doimiy nazorat yoki monitoringni talab etadi. Investitsiya
loyihalarini amalga oshirish monitoringi tizimi investitsiya bozori kon'yukturasining doimiy o‘zgarib turishi
sharoitida barcha investitsiya loyihalarini amalga oshirishning muhim joriy
natijalarini doimiy kuzatib
borishni ta'minlash uchun bank yoki kompaniyalarda ishlab chiqilgan mexanizm sifatida o‘zini namoyon
etadi.
Banklar tomonidan amalga oshirilgan investitsiya loyihalari monitoringi tizimini ishlab chiqishning
asosiy maqsadi bo‘lib, investitsiya faoliyati samaradorligini keltirib chiqaruvchi rejalashtirilgan
ma'lumotlarga nisbatan yuz bergan chetlanishlarni o‘z vaqtida hal etish,
bu chetlanishlarni keltirib
Do'stlaringiz bilan baham: