Toshkent davlat agrar universiteti nukus filiali


Tavakkalchilik rejasi qismida



Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/162
Sana03.03.2022
Hajmi1,08 Mb.
#480537
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   162
Bog'liq
Toshkent davlat agrar universiteti nukus filiali

Tavakkalchilik rejasi qismida
turli holatlarning ta'sir ko‘rsatishi aniqlanishi lozim. Ular texnikaviy,
ekologik, boshqarish, moliyaviy-siyosiy hamda xalqaro miqyosdagi holatlardan iborat bo‘lishi mumkin.
Ularni ayrim sabablarga (xo‘jalikka bog‘liq bo‘lmagan) ko‘ra amalga oshirilmasligi xo‘jalik faoliyatiga
qanday salbiy ta'sir etishi mumkinligini ko‘rsatish kerak. Masalan, xo‘jalik sinalmagan iste'molchiga
mahsulot sotishda, ekologiyaning o‘zgarishida, mahsulotlarni transport vositalarida tashilishi, iqtisodiy va
siyosiy barqarorlik shakllanmagan hududlarga mahsulot sotish natijasida tavakalchilikka yo‘l qo‘yishi
oqibatida yuz beradigan holatlar yoritilishi lozim. Yuqoridagi omillar ta'sirini maxsus ishlab chiqilgan balli
tizim yordamida aniqlash mumkin.
Ularni olishda tadbirkorlar biroz qiynaladilar. Bu mushkullikni yengillashtirish uchun Respublika tovar
ishlab chiqaruvchilar palatasi, birjalar, vazirliklar tegishli ballarni gazetalarda berib borib, tadbirkorlarga
ko‘maklashishlari lozim.
Moliyaviy reja qismida
avvalgi qismlarda mahsulot turlari bo‘yicha aniqlangan ishlab chiqarish
xarajatlari, ularning tannarxlari hamda baholariga asoslangan xolda har bir maqsulot turi bo‘yicha olinishi
lozim bo‘lgan pul tushumi rejalashtiriladi. Ishlab chiqarish xarajatlarini doimiy hamda o‘zgaruvchan
xarajatlarga bo‘lgan holda aniqlash maqsadga muvofiqdir. Doimiy xarajatlarga ishlab chiqarish mumkin
bo‘lgan mahsulot miqdorining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar, ya'ni asosiy vositalarning ijara
haqi, amortizitsiya summalari, yer va suv solig‘i summalari va boshqalar kiritiladi.
O‘zgaruvchan xarajatlarga esa mahsulot miqdorining ko‘payishi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar, ya'ni
mahsulot yetishtirishda sarflangan ish haqi summasi, yoqilg‘i, o‘g‘itlar qiymati va boshqalar kiradi.
Shuningdek, xo‘jalik bo‘yicha sarflangan ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy miqdori, davriy
xarajatlar, moliyaviy sarflar hamda ko‘zda tutilmagan xarajatlar summasi aniqlanadi. Shu xarajatlarni
rejalashtiriladigan davrda kamaytirish yo‘llari, imkoniyatlari aniqlanib hisob-kitob qilinadi. Hisob-
kitoblarga asoslangan holda ularni kamaytirish rejalari ishlab chiqiladi. Barcha xarajatlar, daromadlar
hamda foyda summasi aniqlanganidan so‘ng, xo‘jalikning rentabellik darajasi aniqlanadi. Shuningdek
ayrim ishlab chiqariladigan mahsulotlar hamda xo‘jalik bo‘yicha xarajatlarni qoplash darajasi ham
aniqlanadi. Shu ko‘rsatkich yordamida mahsulotlarning ayrim turlarini ishlab chiqarish zarurmi yoki
to‘xtatish kerakmi, degan masala hal etiladi. Agarda olinadigan daromad unga qilinadigan xarajatdan kam
bo‘lsa, mahsulot ishlab chiqarishni rivojlantirish kerak emas. Shu qismda olinishi mumkin bo‘lgan sof
foydaning taqsimlanishi ham rejalashtiriladi.
Biznes reja tuzishda xo‘jalik rahbari va mutaxasislari quyida ko‘rsatilgan masalalarga asosiy e'tiborni
qaratishlari kerak:
-
aniq bozordagi mahsulot turlariga bo‘lgan talab va taklifni hisobga olgan holda foyda keltiruvchi ekin
turini ekishni rejalashtirish, sotish shakllarini aniq bilish;
-
rejalashtirilgan yilda ekiladigan ekin turlarini, yerdan to‘g‘ri foydalangan holda joylashtirish;
-
ekiladigan har bir ekin turi bo‘yicha xo‘jalikda texnologik xaritalarni tuzishda mavjud me'yorlardan
kelib chiqqan holda, har bir hududning va xo‘jalikning iqtisodiy geografik xususiyatlarini hisobga olish;
-
mehnat va moddiy xarajatlar me'yorlariga qat'iy rioya qilish;
-
ekiladigan ekinni hosildorligini to‘g‘ri belgilash;
-
chorvachilikda poda harakatini tuzish;
-
mollar mahsuldorligini to‘g‘ri belgilash;
-
mollar va parrandalarning oziqaga bo‘lgan talabining hisob-kitobini qilish;
-
100 bosh urg‘ochi mollardan buzoq, qo‘zi va cho‘chqa bolasi olish hisob-kitobi, xo‘jalikning
yo‘nalishini hisobga olgan holda belgilanadi;
-
ekin ekish yoki chorva mollarini parvarish qilish bilan bog‘liq barcha sarf-xarajatlarni aniq hisob-
kitob qilish;
-
yil boshida mavjud qoldiqni, mahsulotlarni saqlash xarajatlari hisob-kitobini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish;
-
erkin va shartnoma asosida sotiladigan mahsulotlarga bozordagi talab va taklifdan kelib chiqqan
holda narx belgilash va yil davomida bozor baholarining o‘zgarishiga qarab mahsulot sotishning shartnoma
bahosini to‘g‘rilab borilishini shartnomada ko‘zda tutish;

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish