Monitoring bo‘yicha ishni rejali tashkil etish va loyihalarning amalga oshirilishini nazorat qilish uchun
bank tomonidan barcha loyihalar bo‘yicha monitoring rejalarini bir xil tizimga keltirish talab etiladi. Shu
bilan birga loyihaning amalga oshirilishi bo‘yicha loyiha monitoringi rejasi ishlab chiqiladi. Kreditning
himoyasi tashkil etilishini ko‘zda tutgan holda monitoring rejasi kreditlash bo‘limidagi mutaxassislar
(ekspertlar) bilan monitoring bo‘limi mutaxassislari o‘rtasida birgalikda kreditning barcha davriga tuziladi.
Bunda monitoring rejasida har chorakda kamida bir marta bank xodimining tekshiruv uchun
joylarga borib
kelishi ko‘zda tutiladi.
Qarz oluvchi tomonidan taqdim etilgan hisobotlar asosida loyiha monitoringi bo‘yicha mutaxassislar
loyiha holatini moliyaviy-iqtisodiy tahlildan o‘tkazadilar:
-korxonaning har oyda Davlat Statistika ko‘mitasining joylardagi bo‘limlari va boshkarmalariga ishlab
chiqarish faoliyati haqidagi topshiradigan oylik jadvalli hisobotlari;
- qarz oluvchining choraklik moliyaviy-iqtisodiy holati bo‘yicha hisoboti.
Bunda loyihaning iqtisodiy
holatini tahlil qilish bo‘yicha ma'lumotlar bazasini bir tizimga keltirish zarur;
- loyiha monitoringi bo‘yicha mutaxassislar tomonidan choraklik moliyaviy-iqtisodiy hisobotlar tahlili
asosida kreditlarni anketalash o‘tkaziladi va kredit reytingi aniqlanadi, loyihalar monitoringi boshqarmasiga
risklar darajasini bir xil tizimga keltirish va zaxiralarni shakllantirish uchun erkin axborotlar
taqdim etiladi;
- kreditlardan maqsadli foydalanishni tekshirish har chorakda ish o‘rnida tekshirish dalolatnomasini
tuzish orqali amalga oshiriladi. Kreditlardan maqsadli foydalanish bo‘yicha ma'lumotlar monitoring
boshkarmasi tomonidan berib boriladi;
- loyihani o‘zlashtirish bo‘yicha kreditlarning jadvalli o‘zlashtirish muddatlari oylar bo‘yicha
taqqoslanadi;
- kreditning ta'minlanganligi bo‘yicha nazorat. Har bir aniq kredit uchun alohida garovga qo‘yilgan
mulkni tekshirish dalolatnomasi va har chorakda garovga qo‘yilgan mulkning holati haqidagi dalolatnoma
ishlab
chiqiladi;
- hamma manfaatdor sub'ektlarga loyihalar rivoji, kreditlar va ularning foizlari qaytarilishi haqida
hisobotlar tuzish va ularni taqdim etish;
- qarz oluvchining so‘mdagi mablag‘larini erkin almashinuvchi valyutaga konvertatsiya qilish bo‘yicha
ishlarni amalga oshirish. Ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun xom ashyo va
materiallar sotib olish
maqsadida mablag‘larni konvertatsiya qilish, xujjatlarni tayyorlash, miqdoriy ko‘rsatkichlar bo‘yicha hisob-
kitoblarni tekshirish;
- xom ashyo sotib olish va tayyor mahsulotlarni sotish maqsadida marketing izlanishlarini
(tadqiqotlarini) doimiy ravishda olib borish. Mahsulotlarning omborda turib qolishi sabablarini aniqlash va
ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va
amalga oshirish;
- qarz oluvchining aylanma mablag‘lari holatini doimiy ravishda o‘rganish va uni bir maromda saqlashi
uchun chora-tadbirlar ko‘rish va hattoki, kreditlar berish.
Amaliyotda banklar tomonidan o‘z mijozlarini kreditlash hamisha samarali natijalar bilan
yakunlanavermaydi. Ayrim hollarda korxonalarning o‘z biznes rejalarini nomukammal
ishlab chiqishlari va
faoliyatini maqsadli amalga oshirmaganliklari, shuningdek boshqa turli sabablar natijasida banklar
tomonidan taqdim etilgan kreditlarning qaytarilish muammosi vujudga keladi.
Albatta, muammoli kreditlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi va ularni vujudga keltirishning o‘ziga xos
omillari mavjud bo‘ladi.
Muammoli kreditlarni keltirib chiqaradigan omillarning belgilari kuyidagilar hisoblanadi:
1. Kreditning mo‘ljallangan maqsadi bo‘yicha ishlatilmasligi.
2. Shartnoma, biznes-rejada, texnik-iqtisodiy asoslash va boshqa kredit xujjatlarida
aks ettirilgan
jadvallarning amalga oshmasligi:
- moliyaviy-statistik hisobotni «uzatish» jadvalining amalga oshmasligi;
- sifatsiz asbob-uskunalar, xom ashyo va materiallarni o‘zlashtirish va raqobatbardosh bo‘lmagan
mahsulotlarni ishlab chiqarish.
3. Qarz oluvchining moliyaviy-iqtisodiy holatining yomonlashish tendensiyasi, shu jumladan:
- muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlarining vujudga kelishi;
- mahsulot sotilishining sustlashishi;
- qarz oluvchining faoliyatidagi rejalarida keskin o‘zgarishlar
yuz berishi;
- qarz oluvchi holatining tarmoqlarda yoki sotish bozorida yomonlashishi.
4. Qarz oluvchining bank oldidagi majburiyatini bajara olmasligiga olib keluvchi «fors-major»
holatlarining vujudga kelishi, jumladan:
- qarz oluvchining ishlab chiqargan mahsuloti narxining pasayishiga sabab bo‘luvchi omillarning kelib
Do'stlaringiz bilan baham: