1.
Ma'lumotlarning (baholovchi ko‘rsatkichlarning) hisobot bazasini shakllantirishning davriyligini
o‘rnatish. Bunday davriylik investitsiya loyihasini amalga oshirishning kalendar rejasi va byudjetining
davriyligidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Bunday davriylikning hisobga olinishi bilan u kuyidagilarga
ajratiladi:
– tezkor hisobot (dekadali yoki ikki haftali);
- oylik hisobot;
- choraklik hisobot;
- yarim yillik hisobot.
Yillik hisobot ko‘rsatkichlari investitsiya loyihalarini amalga oshirish joriy monitoringining ob'ekti
hisoblanmaydi, chunki ko‘rsatkichlar o‘zgarishining dinamikasini oylar bo‘yicha kuzatish mumkin emas.
Yuqorida ko‘rsatilgan to‘rtga tamoyillar bilan bog‘liq holda bajarilgan ishlar investitsiya loyihalarini
amalga oshirish monitoringining nihoyalangan (tugallangan) ma'lumot blokini tuzishga imkon beradi. Bu
ma'lumotdan, nafaqat, bank ichida, shuningdek korxonalar reytingini tuzishda ham foydalanish mumkin.
5. Ko‘zda tutilgan haqiqiy natijalardan chetlashishga olib keluvchi asosiy sabab (omil)larni tahlil etish.
Tahlilning bunday jarayonida, birinchi navbatda, kalendar rejadan yoki byudjetdan «kritik chetlashuvlar»
kuzatiladigan ko‘rsatkichlar ajratiladi. «Kritik chetlashuvlar» mezoni sifatida dekadali (ikki haftali) davr
bo‘yicha 20% yoki undan ortiq miqdordagi chetlashishlar; oylik davr bo‘yicha 15% yoki undan ortiq foizlar;
choraklik bo‘yicha esa 10% va undan yuqori bo‘lgan foizlar qabul qilinishi mumkin.
6. Alohida investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonini me'yorlashtirish imkoniyatlari va
zaxiralarini aniqlash. Monitoringni tashkil etishning mazkur tamoyilini amalga oshirish jarayonida zaxiralar
alohida funksional bloklar ko‘rinishida va loyihalarni amalga oshirish jarayonini me'yorlashtirish bo‘yicha
buyurtmachi va pudratchilarning imkoniyatlarini o‘rganish bilan qaraladi. Bunday imkoniyatlarini o‘rganish
bilan qaraladi. Bunday imkoniyatlarning biri sifatida byudjetning moliyaviy zaxirasidan foydalanish ko‘rib
chiqilgan bo‘lishi mumkin.
7. Alohida investitsiya loyihalaringi amalga oshirishning kalendar rejasi va byudjetning o‘zgarishi
bo‘yicha takliflarni asoslash. Agar alohida investitsiya loyihalarini malaka oshirish jarayonini
me'yorlashtirish imkoniyatlari cheklangan bo‘lsa (ya'ni to‘liq hajmda me'yorlashtirishga olib kelolmasalar)
yoki mavjud bo‘lmasa, u holda monitoringning yakunlovchi bosqichi bo‘lib, byudjet va joriy
rejalashtirilgan-kalendar rejaning asosiy xujjatlariga tegishlicha tuzatishlar kiritish bo‘yicha takliflarni
asoslash hisoblanadi. Alohida hollarda investitsiya loyihasining investitsiya portfelidan «chiqishi»
to‘g‘risidagi taklif asoslangan bo‘lishi mumkin.
Investitsiya loyihalari monitoringi faqat uni amalga oshirish jarayonigagina xos bo‘lmasdan, balki
ularni moliyalashtirishga bo‘lgan davrlarda ham o‘tkaziladi. Loyihani moliyalashtirishga qadar
o‘tkaziluvchi monitoringning ahamiyati shundaki, u loyihani moliyalashtirish davridagi monitoringga
nisbatan afzalroq va ahamiyatliroq hisoblanadi. Chunki uning natijasida investorlarning loyihani amalga
oshirishdagi maqsadlari oldindan ko‘proq ta'minlanish imkoniyatlari hosil qilinadi.
Loyihani moliyalashtirishga qadar o‘tkaziladigan monitoring kuyidagilarni o‘z ichiga qamrab oladi:
- investitsiya konsepsiyalarini qidirish;
- loyihani boshlang‘ich tayyorlash;
- loyihani so‘nggi shakllantirish va uning texnik-iqtisodiy moliyaviy afzalligini baholash;
- loyihani uzil-kesil ko‘rib chiqish va u bo‘yicha qarorlar qabul qilish.
Loyihaning ushbu bosqichlardan o‘tishi investitsiyalarning amalga oshirilishini ta'minlaydi. Bunday
vaziyatni keltirib chiqarish uchun investitsiya g‘oyasini amalga oshirishning barcha jihatlari puxta
tayyorlanishi va shunga mos biznes reja (investitsiya loyihasi) ishlab chiqilishi lozim. Bunday loyiha
salohiyatli (potensial) investorlar manfaatiga mos kelar ekan, demak, o‘tkazilgan tadqiqot ishlari ko‘zlangan
natijaning hosil qilinishini ta'minlaganligini ko‘rsatadi.
Natijalar va o‘tkazilgan tahlillarning foydali hisoblanishi loyihani amalga oshirish va uni
moliyalashtirishning eng yaxshi variantini (sxemasini) tanlash to‘g‘risida qaror qabul qilish imkonini
(bosqichiga o‘tishni) beradi.
Ushbu bosqich yondashuvining afzalligi loyihani tayyorlashga sarflangan xarajatlarning
samaradorligini ko‘rsatib berish va oshirishda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shuningdek ushbu bosqich eng
ustuvor va samarali loyihani aniqlash va tanlab olish imkonini ham beradiki, bu esa istiqbolsiz deb topilgan
loyihalarning o‘z vaqtida aniqlanishini va rad etilishining oldi olinishini ta'minlaydi. Loyihalarni bunday
saralash esa hamisha muhim hisoblanib kelinadi.
Mablag‘lar kiritishga munosib biznes-g‘oyalarni qidirish va tanlash investitsiyalash bilan bog‘lik
faoliyatning eng muhim boshlang‘ich nuqtasi hisoblanadi. Sababi, ushbu hol, oxir-oqibatida, investitsiya
Do'stlaringiz bilan baham: