III bob. Ko‘prik qurilish trestining iqtisodiy samaradorligini oshirish maqsadida moliyaviy natijalar tahlilini o‘tkazish yo‘llari 3.1. Sotishdan olingan sof tushum va yalpi foyda tahlili Sof tushum nimalardan iborat boʼladi ? Kurilish tashkilotlarida sof mushum deganda kurilish - montaj ishlarini oʼz kuchi bilan amalga oshirishdan keladigan tushum tushuniladi . YaST to’lovchi kurilish tashkilotlari Moliyaviy natijalar toʼgʼrisidagi hisobomning 010 - samrida bajarilgan ishlarning jami xajmini koʼrsatadilarmi yoki oʼz kuchlari bilan bajarilgan ishlarning oʼzinigina aks ettiradilarmi ? Hisobomning 020 - samrida kurilish - montaj ishlarining umumiy tannarxi aks ettiriladimi yoki yordamchi pudrat tashkilotlari tomonidan bajarilgan ishlar chegirilgan holda ko’rsatiladimi ? Moliyaviy hisobot shakllarini tuldirish buyicha qoidalarning ? ( bundan keyin - Qoidalar ) 97 - bandiga muvofik Moliyaviy natijalar toʼgʼrisida xisobotning ( 2 - son shakl ) “ Mahsulot ( tovarlar , ishlar va xizmatlar ) sotilishidan sof tushum “ deb nomlangan 010 - satrida mahsulot , tovarlar , ishlar va xizmatlarni sotishdan olingan tushum soliklar ( kushilgan qiymat soligʼi , aktsiz soligi ) hamda qaytarigan tovarlar va tayyor mahsulotning kiymati , sotib oluvchining sotish narxlaridan chegirmalari chegirilgan xolda koʼrsatiladi 010 - satr asosiy ( operatsion ) faoliyatdan daromadlarni hisobga olish hisobvaraklari ( 9000 ) maʼlumotlari boʼyicha toʼldiriladi .
Solik kodeksining ( Kodeks ) 130 - moddasi kurilish ; kurilish - montaj , taʼmirlash - qurilish , ishga tushirish - sozlash , loyiha qidiruv va ilmiy ishlarni ( xizmatlarni ) sotishdan , shuningdek obʼektlarni foydalanishga tayyor qilib kurish ( bundan buyon - kurilish ishlari ) chogidagi ishlarni sotishdan tushgan daromad ( tushum ) ni taʼriflaydi . Unga shartnomaviy baholardan kelib chikib haq toʼlash uchun hisob - kitob xujjatlari takdim etilgan , buyurtmachilar tomonidan bajarilgan ( kursatilgan ) va tasdiklangan ishlarning ( xizmatlarning ) kushilgan qiymat soligʼi kiritilmagan qiymati koʼshiladi . Shunday qilib , qurilish ishlarini realizatsiya kilishdan tushgan , 2 - son shaklning 010 - satrida aks ettiriladigan sof tushum hisobot davrida bajarilgan qurilish ishlarining yordamchi pudrat ishlari ham inobatga olingan umumiy summasidir . Unda bajarilgan ishlar ( qilingan xarajatlar ) toʼgʼrisidagi rasmiylashtirilgan maʼlumotnomalar - xisobvarak - fakturalar buyicha qoʼshilgan qiymat soligi chegirilgan holda toʼlash uchun buyurtmachilarga takdim etilgan maʼlumotlar mujassam etilgan boʼladi . 2 - son - shaklning “ Sotilgan mahsulot ( tovarlar , ishlar va xizmatlar ) tannarxi “ deb nomlangan 020 - satri buyicha sotilgan mahsulot ( tovarlar , ishlar , xizmatlar ) tannarxi summasi koʼrsatiladi , uning xisobga olish xisobvaraklarida ( 9100 ) hisobga olingan , sotilgan mahsulot ( tovarlar , ishlar , xizmatlar ) tannarxining summasi mujassam etilgan buladi ( Koidalarning 98 bandi ) . Mahsulotlarni ( ishlar , xizmatlarni ) ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi xamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʼgʼrisidagi nizomga² binoan chet yuridik shaxslar tomonidan bajarilgan ishlar va ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʼlgan xizmatlar ham ishlab chiqarish qiymatini tashkil etuvchi xarajatlar tarkibiga kiradi ( 1.1.4 - band ) . Аna shu taʼrifni yordamchi pudratchi tashkilotlar ishlarining hajmlariga nisbatan ham koʼllash mumkin . Shu sababli 2 - son shaklning 020 - satrida xisobot davrida bajarilgan qurilish ishlarining tannarxi yerdamchi pudrat ishlari inobatga olingan holda koʼrsatiladi .