bo’lishadi, ayniqsa, soliq to’lashdan ozod qilish davrini uzaytirish shaklida.
Shu bilan birga rag`batlantirishning oddiy va samarali usullari mavjud:
- barcha rag`batlantirishlarni olib tashlagan holda qonun tomonidan belgilangan
korxonalar uchun foyda
solig`i stavkasini pasaytirish;
- hozirgi rag`batlantirishlarni olib tashlagan holda, kamroq ixtiyoriylikga ega bo’lgan samaraliroq
rag`batlantirishlarni joriy etish;
- rag`batlantirish sifatida vaqtinchalik soliq to’lashdan
ozod etishni qoldirish, ammo uning ixtiyoriyligi
va diskriminatsion xarakterini susaytirish.
21–MAVZU. INVESTITSION LOYIHA TAHLILI
Umumiy tarzda olganda loyiha – bu muayyan maqsadni ko’zlagan, korxona faoliyatini o’zgartirish
to’g`risidagi maxsus tarzda rasmiylashtirilgan taklifdir.
Investitsiyaviy loyiha – cheklangan vaqt va cheklangan resurslar bilan
muayyan maqsadga erishish
uchun yo’naltirilgan, o’zaro bo`gliq va muvofiqlashitirilgan tashkiliy, texnik
va investitsiyaviy tadbirlar
majmuasidir.
Loyiha sifatida ko’p narsani qabul qilish mumkin: elevator qurish, mahsulot ishlab chiqarishning yangi
texnologiyasini ishga tushirish, o’quv seminarlarini o’tkazish, traktorni ta'mirlash va h.
Bunday
tadbirlarning barchasi bir qator umumiy belgilarga ega:
- ular muayyan va aniq belgilangan maqsadga erishish uchun yo’naltirilgan;
- bir qator o’zaro bog`liq hatti-harakatlarni amalga oshirishni nazarda tutadi;
- boshlanish va tugallanish vaqti aniq belgilangan bo’ladi;
- resurslarning cheklanganligi va tashqi sharoitlarning mavjudligi bilan (institutsional, iqtisodiy,
huquqiy
va h.) tavsiflanadi;
- resurslarni kiritish va natija olish jarayonlari o’zaro bog`langan, bunda bir martalik qo’yilmalar
(vaqtning cheklanganligi) uzoq vaqt davomida natijalarga o’z ta'sirini ko’rsatadi;
- har biri takrorlanmas sharoitlarga ega va o’ziga xos.
Sanab o’tilgan belgilar loyihalarni boshqa turdagi tadbirlardan farqlash
imkonini beradi; ularning
mavjudligi tadbirni loyiha sifatida e'tirof etilishiga imkon beradi.
Loyihalarni, odatda, taktik va strategik loyihalarga ajratadilar. Strategik loyihalarga mulkchilik
shaklining o’zgarishini nazarda tutadigan loyihalar kiradi. Taktik loyihalarga
esa ishlab chiqarilayotgan
mahsulot hajmini o’zgarishi, mahsulot sifatini oshishi, uskunalarni zamonaviylashtirish bilan bog`liq
loyihalar kiradi.
Mazkur loyihaga nisbatan investitsiyaviy faoliyatni tartibga solish jarayoni loyiha davri deb atalmish
shaklda
rasmiylashtiriladi, u quyidagi bosqichlardan iborat bo’ladi:
1.Loyihani ifodalash (ayrim hollarda «identifikatsiyalash» atamasi
qo’llaniladi).
2. Loyihani ishlab chiqish (tayyorlash).
3. Loyiha ekspertizasi.
4. Loyihani amalga oshirish.
5. Natijalarni baholash.
Do'stlaringiz bilan baham: