Toshkent axborot texnologiylari universiteti



Download 1,45 Mb.
bet3/10
Sana30.11.2022
Hajmi1,45 Mb.
#875541
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
I. Nazariy qism
1.1 Aqilli mashinalarning rivojlanishi
Avtomobilni avtonomligini oshirish muammosini ko’rish ancha oldin boshlangan bo’lib, ushbu yo’nalishdagi birinchi tadqiqotlar XX asrning 70 yillarida Yaponiyada o’tkazila boshlandi. Hozirgi kunda ushbu soxa jadal rivojlanmoqda va butun dunyo bo’ylab faol ishlanmalar yaratilmoqda. Avtonomtransport vositalari bir necha yuz kilometrli masofalarni bosib o’tdi. Ushbu texnologiyani yaratuvchilari haydovchisiz boshqariladigan ushbu texnologiyalaryo’llardagi tirbandlikni kamaytirishi, harakatni xavfsiz ta’minlashini ta’kidlamoqdalar. Ushbu ta’kidlashning asosi qilib, statistika bo’yicha barcha bo’layotgan yo’l transport hodisalarining 90 foizida inson ishtirok etganligi ko’rsatilmoqda. Pilotsiz avtomobil- inson ishtirokisiz harakatlanadigan avtomatik boshqarish tizimlari bilan jihozlangan transport vositasi. Robototexnika jahonning yetakchi mamlakatlari rivojlanishida asosiy rol bo’lgan sohadir. Pilotsiz yengil-avtomobil robotlarni loyihalashtirish sohasi bo’yicha ko’proq muvaffaqiyatga erishgan kompaniya Google (AQSh) kompaniyasidir. Google- mobil harakati boshqarish tizimini tashkil etadigan yo’l kartasi bo’ylab kuzatiladi. Google avtomobili testlash rejimida Kaliforniya yo’llari bo’ylab 300 ming mil, shu jumladan San-Frantsisko va Los-Andjeles katta trassasida, hamda ushbu yo’lning asosiy qismi to’liq avtomatik rejimda kompaniya xodimlarini yo’lovchi sifatida olib o’tdi. Google kompaniyasi avtoparkida Toyota Prius, Audi TT va boshqa turdagi 20 ta pilotsiz avtomobil modellari mavjud.


1-rasm. Google kompaniyasining pilotsiz avtomobile
Hozirgi kunda pilotsiz avtotransport vositalarini ishlab chiqish bo’yicha ko’p sonli xalqaro loyihalar ma’lum. Ular ichidan quyidagi loyihalarni alohida ajratib ko’rsatish mumkin. Adaptive und Kooperative Technologien furden Intelligenten Verkehr (Aqilli transport uchun moslashuvchan va kooperatsiya texnalogiyalari) nomli pilotsiz transport vositalari (PTV) 28 ta mashhur yevropa kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilyapti. Ular tarkibiga BMW, Siemen, Volkswagen, Bosch, Vodafone va yana 23 kompaniya kiradi. Aqilli transport uchun moslashuvchan va kooperatsiya texnalogiyalarini yaratuvchilar uchun quyidagi masalalar asosiy prioritet qilib belgilandi: faol xavfsizlik, transportli kommunikatsiya va transport oqimlarini nazoratini tashkil qilish, avtomobillar tirbandligiga qarshi kurash va ogohlantirish. Aqilli transport uchun moslashuvchan va kooperatsiya texnalogiyalarining yana bir maqsadi haydovchini qiyin vaziyatlarda himoyalash va yo’lda xavfsizlikni kuzatish tizimlari hisoblanadi. Hozirgi bosqichda Aqilli transport uchun moslashuvchan va kooperatsiya texnalogiyalari tormozlanish va tezlashishni silliq bajarishni nazorat qila oladi, bu jarayon avtomobillarni yaxlit guruhi uchun sinxronizatsiyalangan. Aqilli transport uchun moslashuvchan va kooperatsiya texnalogiyalari avtomobillarini xaydovchisiz rejimida sinovi vaqtida avtodromda tezlikni 180 km/soat gacha ko’tariladi. Boshqa bir xaydovchisiz avtomobil proektini ishlanmasi nemis olimlariga mansub bo’lib Leonie deb nomlanadi. Uning boshqarish tizimi umumiy transport oqimida avtomobil holatini ko’p o’lchov asboblari, uzoqni ko’ruvchi va issiqlik ko’ruvchilar yordamida nazorat qiladi. Avtomobil - robot tonellarda, cho’l yo’llarida va gavjum trassalarda bemalol harakatlanishi mumkin. Bundan tashkari nemis olimlari yana bir MIG deb nomlangan avtomobil robotni yaratish bo’yicha ishlamoqdalar. Bu proyekt faqat Germaniyada bir necha universitetlar ishtirokida amalga oshirilmoqda. Hozirgi paytda bu avtomobil 70 m radiusdagi atrofdagi holatni nazorat qiladi va piyodalar yo’lakchasi va kesishmalardagi harakatlanishi o’rganilmoqda. Sensor tizimi sifatda o’sha uzoqni o’lchagich va boshqa asboblardan foydalaniladi. Bu tizimni asosiy ustunligi uning seriyali ishlab chiqariladigan avtomobillarga qo’llashga tayyorligi. Bu ishlanmada mavjud texnologiyalarni takomillashirilishi, seriyali avtomobillarni kompletatsiyalashda adaptiv kruiz nazorati va harakat chizig’ini kuzatish tizimi shakllantirilganligi hisoblanadi.




Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish