4-rasm. Ulanish sxemasi haqida umumiy ma’lumot Aloqa vositasidan mikrokontroller Arduino Uno ning kirish porti A0 va GND portlariga ulanib yopiq zanjir hosil qiladi. A0 portidan kirgan elektron signal dasturiy ta'minot ya'ni C++ dasturlangan mikrokontrollerda qayta ishlanib keluvchi signalga qarab chiqish portlari 2 yoki 4 dan chiqadi. Chiquvchi signal dasturiy ta'minotda belgilangan vaqt bo'yicha chiqadi. Chiquvchi signal 2 yoki 4 dan chiqishidan qat'iy nazar o'ta zaif bo'ladi. Shu sababli elektrodvigatelni harakatga keltirolmaganligi tufayli uni 10 yoki undan ortiqroq martaga kuchaytirish maqsadida kuchaytirgich KT815 orqali kuchaytiriladi. Kuchaytirilgan signal elektrodvigatelni yetarli elektr energiyasi bilan ta'minlay olmaganligi tufayli uni kontaklik rele HUIKE orqali yana bir marotaba kuchaytirish maqsadida undan foydalanildi. Rele cho'lg'ami 85 kom agar u kam yoki ko'p bo'lsa qo'zg'atish momenti kontakti aniqsiz bo'lar edi. Shunga muvofiq shunday qarshilikli rele tanlandi. Rele cho'lg'ami 4,8 volt da sakrashsimon ya'ni kontaktlarni qo'zg'atish momenti to'liq ishga tushadi. Aksincha undagi tok miqdori kamayib ketsa obyektni harakatini boshqaruv signali elektrodvigatelgacha yetib bormaydi. Natijada harakatni amalga oshirib bo'lmaydi. Yetarli qarshilik va elektr energiyasi bilan to'liq ta'minlanilsa elektrodvigatel harakatni aniq va belgilangan masofa bo'yicha bosib o'tadi. Zararlangan muhitdagi zarasizlantirish kerak bo'lgan obyektgacha funksional operatsiyalarni boshqaruvchi robortni o'sha muhitgacha olib boradi. Mikrokontroller Arduino Uno da yozilgan dasturiy ta'minot C++ dasturlash tilida yozilgan. Undagi parametrlar to'liq bizdagi harakatlarni boshqarish imkonini beradi. Dasturda mukammal tizimni boshqarish imkoni ham mavjud. Lekin shuni ham aytish joizki tarmoqdagi ya'ni aloqaning kechikishlari natijasida uni real ishlab chiqarishga qo'llash maqsadga muvofiq bo'lmaydi. Chunki aloqaning hamma joyida birday kuchli va kechikishlarsiz yetkazib berish imkoniyati hali to'liq mavjud emas. Shu sababli qilingan labaratoriya eksperement o'quv jarayoniga ya'ni oliy ta'limning ba'zi yo'nalishlari va kasb hunar kollejlarining avtomatlashtirish va shunga o'xshash tarmoqlari uchun o'quv jarayoniga qo'llash va uni talabalarga funksional bog'lanishlari haqida nazariy bilim va labaratoriya darslarida amaliy jihatdan qo'llash maqsadga muvofiqdir.