5.2-jadval
Quruq bo„zsimon soz tuproqlarning g„ovaklikka bog„liq holdagi cho„kuvchanlik darajasi
Jinslarning cho„kuvchanlik xususiyati
|
Jinslarning g„ovakligi, %
|
Cho„kuvchanlik moduli
|
Cho‗kmaydigan
|
40
|
0
|
Sekin cho‗kadigan
|
40-45
|
10
|
Cho‗kuvchan
|
45-50
|
50
|
Tez cho‗kuvchan
|
50-55
|
100
|
O‗ta tez cho‗kuvchan
|
55-60
|
100
|
Muhandislik tayyorgarlik ishlarining asosiy chora-tadbirlaridan biri oqova suvlarni tushirmaslik bo‗lib, bu tadbir yerni vertikal rejalashtirish vaqtida, shuningdek, ochiq va yopiq ariqlar orqali ham amalga oshiriladi.
Cho‗kuvchan jinslarning chuqurligi, cho‗kuvchanligi va tarkibiga qarab ular turli xil muhandislik tayyorgarlik ishlari asosida amalga oshiriladi:
Tuproqning zichligini oshirish (bu yuzaki yoki shibbalash orqali bajariladi;
Binoning poydevorini qurish uchun chuqur qazilib, bir necha marta suvga to‗yintiriladi;
Cho‗kuvchi qatlamlarni almashtirish va tuproqni shibbalash yo‗li bilan;
Tuproqqa suyuq shishani singdirish, ya‘ni silikatizatsiya hamda doimiy tok bilan elektrosilikatizatsiya qilish;
Tuproqni kuydirish usuli;
Tuproqqa suyuq loy yuborish (glinizatsiya) usuli;
Tuproqqa parafin mazut – bitum aralashmasini singdirish usuli.
Bu ishlarning hammasi alohida bino yoki inshoot qurishda mahalliy ahamiyatga egadir. Cho‗kuvchi joylarda inshootlar va binolar qurish uchun maxsus qurilmalar qo‗llaniladi. Bu ishlar qurilish qoida va me‘yorlarida belgilangan.
Quyunlar va barxanlar
Navbatdagi yana bir tabiiy ofatlarning biri – bu Quyunlar bo‗lib, ular shamol ta‘sirida paydo bo‗ladi. Bunda shamol tog‗ jinsining mayda zarralarini ko‗tarib, ma‘lum masofaga ko‗chiradi. Tog‗ jinslarini ko‗chirish masofasi, uning ko‗tarilish balandligiga, shu tog‗ jinsining katta-kichikligiga va shamolning kuchiga bog‗liq.
Chang va mayda qum yuqoriga katta, ba‘zan bir necha km masofaga uchib boradi. Yirik qum, tosh va boshqa og‗ir jinslar nisbatan kam masofaga suriladi.
Shamol ta‘sirida tog‗ jinslarining uyulib qolishi va ko‗chishi kuzatiladi.
Bunday hodisaga quyun va barxanlar deyiladi.
Quyunlar uzunchoq tepalik shaklida bo‗lib, asosiy shamol yo‗nalishiga perpendikulyar holatda joylashadi. U shamol esadigan tomondan yassi, shamolga qarshi tomondan esa tik ko‗rinishga ega bo‗lib, uning balandligi 1-3 metr, uzunligi 50-60 metr atrofida bo‗ladi.
Markaziy Osiyo cho‗llarida Barxanlar quyunlarga nisbatan o‗zining kattaligi bilan farq qiladi. Odatda ular yerda o‗roqsimon shaklda bo‗lib, bir-biri bilan ari uyasiday bog‗lanib ketgan bo‗ladi. Uning uzunligi bir necha 100 metr, eni 10 metrdan bir kilometrgacha bo‗lishi mumkin. balandligi esa 5 metrdan 60 metrgacha bo‗ladi.
Barxanlarning tezligi ham turlicha, ya‘ni ba‘zan yil davomida 2-3 metr surilsa, ba‘zi vaqtlarda bir kecha - kunduzda 10 metr va undan ko‗proq suriladi.
Barxanlar shaharsozlikda, ayniqsa, cho‗l zonalarida joylashgan shaharlar (Buxoro, Navoiy, Xorazm, Termiz, Ashxobod) uchun ancha xavfli. Chunki u avtomobil, temir yo‗llarni ko‗madi, ko‗plab kanallarni ishdan chiqaradi, shahar aholisiga, uning o‗simliklar dunyosiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi.
Uning boshqa bir ko‗rinishi afg‗on shamoli bo‗lib, u bir yilda Termizda 40-70 marta, Qarshida va Samarqandda 4 marta, Toshkentda - 5, Namanganda - 20, Farg‗onada 12 martagacha bo‗lib turadi. Ular to‗lqinsimon shaklda shaharlarga yopirilib, uzunligi 3-4 km, balandligi 50-200 metrga etadi.
Shuning uchun ham cho‗l mintaqasida joylashgan shaharlarda chang va to‗zondan muhofaza qilish masalasiga alohida e‘tibor berilishi kerak. Buning uchun qumni tutib qoluvchi daraxtlarni ekish lozim. Bunda shaharlar atrofidagi muhandislik tayyorgarlik ishlari quyidagi passiv usullardan iborat bo‗ladi:
mavjud o‗simlik dunyosini saqlab qolish;
qumni ushlab qoluvchi barcha usullardan foydalanish;
qum ko‗chishiga qarshi o‗t va butalar ekish, saksovulzorlar tashkillashtirish;
maxsus daraxtlardan ixotalar tashkillashtirish.
Shaharlarda chang-to‗zonga qarshi ishlar uning kuchini hisobga olgan holda asosan chang-to‗zon keladigan tomonda amalga oshiriladi. Shuning uchun quyidagi chora-tadbirlar tavsiya qilinadi:
cho‗llarda kichik shaharlarni joylashtirish;
ularda ko‗proq kon sanoatini rivojlantirish;
shaharsozlikda ―yopiq rejalashtirish‖ usulini qo‗llash (bu shamoldan muhofaza qilishni ta‘minlaydi);
yo‗llar yopiq, aylana shaklida bo‗lib, ba‘zi hollarda aholi turar joylaridan tashqarida bo‗lishi ham mumkin;
cho‗llarda imkoni boricha kam qavatli imoratlar qurilishini ta‘minlash;
sug‗orish tizimida suvni tejovchi vositalarni o‗rnatish;
shahar atrofi va shaharni daraxtzorlarga aylantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |