5.3-rasm. Yer silkinishi, yer osti zarbasi va yer ustki qatlamining tebranishi.
Qiya sathlarda tog‗ jinslarining katta bo‗laklari ag‗darilishi yoki tog‗larning o‗pirilishi natijasida yuzaga keluvchi yer silkinishlar ag‘darilish zilzilalari deyiladi. Bu yer silkinishining tarqalish maydoni kichik, ko‗p hollarda talafotsiz bo‗ladi. Vulqon jarayoni, ya‘ni yer ostidagi magmaning vulqon kanali orqali yer yuzasiga chiqishi bilan bog‗liq bo‗lgan yer silkinishiga vulqonli yer silkinishi deyiladi. Bunday yer silkinishi vulqonning faollashishi bilan bog‗liq bo‗lganligi sababli aksariyat hollarda ular aniq bashorat qilinadi. Shuning uchun uning keltiradigan talafoti deyarli kuchli bo‗lmaydi.
Yer qatlamlarida tektonik uzilishlar yoki surilishlar zilzilaning asosiy sababchilari hisoblanadi. Bu turdagi zilzilalar bevosita va bilvosita falokat keltirishi mumkin. Masalan, bilvosita sabablardan biri: 1964 yilda kuchsiz yer qimirlashi natijasida Zarafshon vodiysidagi Anzob shaharchasi yaqinida juda katta yer massasi - ko‗chki surilib tushib (25 mln. m3 qumtuproq) Zarafshon daryosida 120 metrlik damba sifatida to‗sib qoldi. Yig‗ilib qolgan suv Panjakent shahrini to‗liq, Samarqand shahrini esa bir qismini bosishi xavfi tug‗ildi. Faqat zudlik bilan ko‗rilgan chora-tadbirlargina bunday xavfning oldini olishga yordam berdi.
1966 yil 26 aprelda bo‗lib o‗tgan Toshkent zilzilasi tektonik zilzila turkumiga kiradi. Zilzila epitsentri shahar markazidagi ilgarigi Qashqar mahallasi bo‗lib, uning kuchi 9 ballga etgan. V.I.Ulomovning ma‘lumotiga qaraganda bu zilzila o‗chog‗ida energiya miqdori 100*1012 Joul bo‗lib, quvvati 50*109 Kilovattga teng bo‗lgan.
Zaminshunoslarning aniqlashlaricha, Toshkent shahri zaminining 2,5-3,0 km chuqurligida cho‗kindi tog‗ jinslari bor. Ular soz tuproq, mergel, tosh va shag‗alli qatlamlardan iboratdir. Bu qatlamlar poleozoy qatlamlari bo‗yicha siljigan, natijada zilzila sodir bo‗lgan.
Odatda zilzilalar yangi va zamonaviy tektonik harakatlarning natijalari bo‗lib, zamin tarkibida sodir bo‗ladi. Bunday tarkiblar mintaqaviy tektonik siniqlar hududida joylashgan. Bu joylar yerning faol harakatlantiruvchi mintaqasi yoki zilzilaviy mintaqa deyiladi.
Insonning muhandislik faoliyati bilan bog‗liq bo‗lgan yer silkinishlar asosan oxirgi yillarda hisobga olinmoqda. Bunday yer silkinish yirik suv omborlari vujudga kelgan hududlarda, gaz, neft mahsulotlarining er ostidan so‗rib olinishi jarayoni amalga oshirilgan maydonlarda yuz bermoqda. Inson o‗zining muhandislik faoliyati bilan yer osti komponentlariga muayyan ta‘sir etishi, u yoki bu darajada o‗zgartirishi yer silkinishining vujudga kelishiga sabab bo‗lmoqda. Daryo vodiylariga to‗g‗onlarning qurilishi natijasida maydoni bir necha ming km2, hajmi bir necha yuz km3 dan katta bo‗lgan (masalan, Chorvoq suv omborining umumiy hajmi 2,1 mld. m3, suv sathi maydoni 3640 ga teng) suv omborlari vujudga kelmoqda. Yer qa‘rida 4000-5000m chuqurlikda yotgan gaz, neft yer sathiga so‗rib chiqarilmoqda, yer ostida uzoq geologik davrlar mobaynida yotgan ko‗mir ana shu yer qa‘rida yondirilib, gazga aylantirib olinmoqda. Vaqtincha saqlash maqsadida ba‘zan yer osti qorlariga, xandaqlariga va tog‗ jinslari g‗ovaklariga gaz, neft mahsulotlari yuqori bosim ostida kiritilmoqda, juda katta miqdordagi mineral suvlar yer ostidan chiqarib olinmoqda. Yer qa‘rining odamlar ta‘sir etish joylarida yig‗ilayotgan energiya miqdorining u yoki bu darajada oshishi yoki kamayishi oqibatida sodir bo‗lgan yer silkinishlari Hindiston, AQSh, O‗zbekistonda kuzatilganligi fanda ma‘lum. Jumladan, Chorvoq suv ombori qurilib bo‗lingandan keyin bu hududda bir necha marta yer silkinishlar bo‗lib o‗tgan. Tekshirishlarning ko‗rsatishicha, bu yer silkinishlar o‗zlarining tayyorlanish, sodir bo‗lish mexanizmlari bilan Chorvoq
suv omboriga yig‗ilgan suvning miqdori va yig‗ilgan suvni suv omboridan chiqarilish tezligi bilan bog‗liq holda yuz berishi kuzatilgan.
Bunga birinchidan, suv omborining 2,1 mlrd. m3 dan ortiq suv bilan to‗latilishi jarayonida, ombor tubida yotuvchi tog‗ jinslarining silkinishi va taranglashishi oqibatida yuz beradigan mikrosiniqlar, darz ketishlar va ularning nisbiy harakati sabab bo‗lsa, ikkinchidan, suvni suv omboridan bir me‘yorida chiqarilmasligi va tog‗ jinslariga ta‘sir qiluvchi kuchlarning nomutanosib holatda bo‗shatilishi, o‗zgarishi sabab bo‗lgan.
Zilzilalar stantsiyalarga o‗rnatilgan seysmograf apparatlar yordamida aniqlab boriladi. Zilzilani aniqlashda stantsiyalari ma‘lumotiga qaraganda har yili bo‗lib turadigan 10000 zilziladan 100 ga yaqini vayronagarchilik falokatlar keltiradi.
Zilzilani o‗rganadigan fan zilzilabardoshlik deb ataladi. Bu fan zilzilani qayd qilish apparati seysmograf yaratilgandan keyin 1880 yildan rivojlana boshladi. Seysmograf baland uyning shiftiga uzun sim bilan osib qo‗yilgan bir necha kilogramm yukka o‗rnatilgan pero va unga ohista tekkizilgan, aylanuvchi barabanga yopishtirilgan qog‗oz – seysmogrammadan iboratdir. Seysmogrammaga yozilgan zilzila to‗lqinining ko‗rinishi va tarqalish tezligi har xil. Seysmografda birinchi bo‗lib birlamchi (bo‗ylama), ya‘ni R – to‗lqinlar (ular bevosita yer qatlami orqali etib keladi) qayd etiladi. Undan keyin ikkilamchi (ko‗ndalang) to‗lqinlar etib keladi. Bularning tezligi birlamchi to‗lqin tezligidan 2 barobar kam.
Dastlab zilzila o‗chog‗idan (gipotsentr) ogohlantiruvchi to‗lqinlar tarqaladi. Yuqoriga tik ko‗tarilgan to‗lqinlarning yer yuzasi epitsentr deyiladi. Epitsentrdan huddi suv yuzida aylanma to‗lqin tarqalganidek yer yuzida ham to‗lqin tarqaladi va u yuza to‘lqinlari deyiladi. U yer yuzasi bo‗yicha tarqalganligi uchun seysmografga birlamchi va ikkilamchi to‗lqindan keyin etib keladi. Odatda uning amplitudasi eng katta bo‗ladi.
Gipotsentrning yer yuziga nisbatan chuqurligi har xil bo‗lib, 2 km dan 700 km gacha boradi. Dahshatli zilzilalarning gipotsentri ko‗pincha 30-100 km chuqurlikda bo‗lishi kuzatilgan.
Birlamchi to‗lqinlarning yo‗nalishlari tog‗ jinslarining siqilishiga yoki cho‗zilishiga sababchi bo‗ladi. Natijada ularning hajmi o‗zgaradi. Shuning uchun ham to‗lqin tezligi yerning zamin tuzilishiga, tog‗ jinslarining zichligiga, katta- kichikligiga va sizot suvlarining sathiga bog‗liq bo‗ladi. Masalan, granit – tog‗ jinslarida to‗lqin tarqalish tezligi 5000-7000 bo‗lsa, ohaktoshda – 2000-5000 m/s, suvda – 1500 m/s, havoda 330 m/s bo‗ladi.
Ko‗ndalang to‗lqin ta‘sirida tog‗ jinsi qatlamlari uzluksiz siljiydi yoki ularning shakli to‗lqinga perpendikulyar ravishda o‗zgaradi. Yuza to‗lqinlarining o‗rtacha tezligi 3000-3500 m/s bo‗lib, u yer yuzasining tuzilishi va tog‗ jinslarining namligiga bog‗liq bo‗ladi.
Zilzila turlaridan eng xavflisi (talafotlisi) tektonik zilzila hisoblanadi. Ma‘lumki, har yili sayyoramizda 100000 dan ortiq yer silkinishlarini seysmik asboblar (seysmograflar) qayd etadi. Bulardan 100 tasi vayron qiluvchi fojea bo‗lib, bino va inshootlarning buzilishiga, yer yuzasida yoriqlarning paydo bo‗lishiga, ming-minglab insonlar yostig‗ining qurishiga olib keladi. Yer silkinish o‗chog‗i gipotsentrning joylashgan chuqurligi bo‗yicha: yuza –70 km.gacha, o‗rta –70-300 km va chuqur –300 km.dan pastda
«mantiya» qatlamida vujudga keladigan xillarini ajratish mumkin. Respublikamizda kuzatiladigan zilzilalarning uchog‗i asosan 70 km.gacha chuqurliklarda joylashganligi qayd etilgan. Mantiyadagi katta bosim yoki portlashlar tufayli zilzila o‗chog‗i vujudga keladi, natijada katta kuchlanishlar paydo bo‗ladi, bular o‗z navbatida yerning ustki qatlamining tebranishiga olib keladi. Gipotsentrdan hamma tarafga, qaytar seysmik to‗lqinlar tarqaladi, ular asosan uzunasiga va ko‗ndalang turlariga bo‗linadi. Yer ostidan uzunasiga tarqalayotgan (vertikal tarzda) to‗lqinlar o‗z yo‗nalishi bo‗yicha navbatma-navbat yer po‗stlog‗ini siqib, yer yuzasiga chikqanda tovush chiqaradi. Bu esa yer silkinishi oldidan chiqadigan tovushning o‗zginasidir. Ko‗ndalang to‗lqinlar (gorizontal) yer yuzasiga chiqib, zilzila to‗lqinlarini vujudga keltiradi va epitsentrdan barcha taraflarga tarqaladi.
Kuchli yer silkinishi oqibatida yerning yaxlitligi, butunligi o‗zgaradi, inshootlar, jihozlar buziladi, kommunal energetik tizimlar ishdan chiqishi, insonlar o‗limi yuz beradi. Yer silkinishi ko‗pchilik hollarda ma‘lum intensivlikda chiqadigan tovush bilan yuz beradi va uning past balandligi yer qimirlashining kuchiga bog‗liq va yer qimirlashning asosiy ko‗rsatkichlari quyidagilardan iborat: yer silkinish o‗chog‗ining chuqurligi, silki- nish amplitudasi va yer silkinishining jadal energiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |