V BOB. ALOHIDA SHART-SHAROITLARDA MUHANDISLIK TAYYORGARLIKLARI
Jarlikmavjudhududlarnibaholash
Jarliklar shahar hududining talay qismlarini egallaydi. Ular ba‘zi shaharlarda shahar maydonining 10-20 % tashkil qiladi.
Jarlik - bu chuqurlikdan iborat bo‗lib, u relefning suv ayirg‗ichidan to suv havzasigacha bo‗lgan maydonni qamrab oladigan shaklidir. Shahar hududida jarliklarning mavjudligi shaharsozlik yechimlarini amalga oshirishda ayrim qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi va ayniqsa kommunal xo‗jalik sohasida murakkab yechimlarni talab etadi.
Jarliklarning rivojlanishi uy-joylar, ko‗chalar yo‗llar va muhandislik kommunikatsiyalari hamda boshqa qurilish inshootlarining buzilishiga, xalq xo‗jaligiga katta zarar etishiga olib keladi. Ularning paydo bo‗lishiga asosan tuproq erroziyasi sabab bo‗ladi. Tuproq erroziyasiniyomg‗ir va oqova suvlar keltirib chiqaradi. Jarliklarerroziyasi - bu relefning suv ayirg‗ichidan qirg‗oqgacha bo‗lgan hududidir. Ular tez yemiriladigan qumloq, bo‗zsimon-soz va gilsimon tuproqlarda paydo bo‗ladi. Shu sababdan shaharning ushbu joylarida muhandislik obodonlashtirish ishlari olib boriladi (5.1 va 5.2-rasmlar). Chunki, ushbu zamin tarkibi oqova suvlar ta‘sirida bog‗lanuvchanlik xususiyatini yo‗qotadi. Qumli joylarda jarliklarning paydo bo‗lishi qiyin kechadi, unda yomg‗ir suvlari tez shimilib ketishi natijasida tuproq yuvilib ketmaydi. Jarliklarning o‗sishiga faqat tuproq yuvilishigina emas balki, shu o‗zanda o‗simlik va daraxtzorlarning yo‗qligi ham ta‘sir ko‗rsatadi.
Shahar hududida jarliklarning paydo bo‗lishiga sanoat va xo‗jalik oqova suvlarining tartibga solinmaganligi yoki suv ta‘minotidagi buzilishlar sabab bo‗ladi.
Jarliklarning rivojlanayotganligi shu joyning bir necha yillik topografik rejasini solishtirib ko‗rish bilan aniqlanadi. Jarliklar harakatdagi, to‗xtagan va ko‗milgan shakldagi guruhlarga bo‗linadi.