Agar jarliklarning qiyaligi 20% atrofida va mustahkam bo‗lsa, unda ushbu hududlarda turar-joylarni joylashtirish mumkin. Obodonchiliik ishlari 5.1 va 5.2- rasmlarda ko‗rsatilgan usullar asosida amalga oshiriladi. Turar-joy qurilishida jarliklardagi poydevor asoslari ma‘lum mustahkamlikka ega bo‗lishi va imoratning cho‗kmasligini ta‘minlashi shart. Agar asos mustahkamligi etarli bo‗lmasa, unda boshqa turdagi qurilmalardan foydalaniladi.
Transport yo‗llarini joylashtirish jarliklardan foydalanishning eng unumli yo‗lidir. Bu transport vositasini tez harakatlanishini ta‘minlashdan tashqari uni ikki yoki ko‗p sathli qilib qurishning imkoniyatini yaratadi. Bundan tashqari yo‗llarni chuqurlarda joylashtirish transport shovqinini o‗rtacha 10-30 dBA ga kamaytirishi mumkinligi aniqlangan. Bu shahar ekologiyasi nuqtai-nazaridan juda katta ahamiyatga ega. Jarliklarda bog‗lar barpo qilish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun eni 100-200m va qiyaligi nisbatan yassi bo‗lgan jarliklardan foydalanish kerak.
O‗zbekistonning ko‗plab shaharlarida tabiiy suv havzalari yo‗q. Shuning uchun jarliklardan bu maqsadda foydalanish shaharning sanitariya-gigiena sharoitini yaxshilashda muhim vosita bo‗lishi mumkin. Jarliklar mavjud hududlarda shahar qurilishini olib borish qurilish- montaj ishlarini 10-20% ga qimmatlashtiradi.
Jarliklardanfoydalanishdaekologiyamasalalari. Qilinadigan ishlar tarkibi va chora-tadbirlari, asosan jarliklarni o‗zlashtirish muddatlariga, joyning sharoiti, qor-yomg‗ir suvlari havzasining katta-kichikligiga, jarlikning shakli va o‗lchamlariga, uning rivojlanish tezligiga, zaminning gidrogeologik sharoitiga hamda undan shaharsozlikda qanday maqsadda foydalanish ko‗zda tutilayotganligiga qarab amalga oshiriladi.
Muhandislik tadbirlari ko‗pincha obodonchilik ishlari bilan ham chambarchas bog‗liq bo‗ladi. Shuning uchun jarliklarda muhandislik chora- tadbirlari quyidagi ishlarni bajarish bilan amalga oshiriladi:
tuproq ishlarini amalga oshirish (vertikal rejalashtirish);
yopiq va ochiq suv qochirgich tizimini qurish;
jarlik va uning atrofiga daraxtlar ekish.
Jarliklarda olib boriladigan vertikal rejalashtirish ishlari quyidagi vazifalarni o‗z ichiga oladi:
jilg‗alarni ko‗mish;
jarliklar tubining balandligini ko‗tarish;
ko‗milgan jarliklarning ustini tekislash yoki uning qiyaliklarini, tubini va uning atrofini tekislash;
jarliklar qiyaliklarini kamaytirish yoki supa shakliga keltirish.
Vertikal rejalashtirish chora-tadbirlari jarlarni butunlay yo‗qotish vaqtida yoki jarliklarni saqlab qolish paytida ishlatiladi.
Jarliklar ko‗milishi tuproq olib kelinishi yoki gidroyuvish yo‗li bilan butunlay yo‗qotiladi. Ba‘zan shahar chetidagi jarliklar chiqindilar bilan to‗ldiriladi. Ammo, bunda tashlanadigan axlat sanitariya talablariga javob berishi kerak. Bunday jarliklar shahardan 0,5-10 km uzoqlikda bo‗lishi shart. Jarliklarning paydo bo‗lishida qor-yomg‗ir suvlari asosiy sabab bo‗lgani uchun qor-yomg‗ir suvini oqizish masalasi birinchi navbatdagi chora-tadbirlar qatoriga qo‗yiladi. Bu vertikal rejalashtirish, yopiq yer osti va ochiq suv oqizish tizimini, damba, suv tutqichlarni qurish yo‗li bilan amalga oshiriladi. Bunda jarlikka oqib tushayotgan suvni ochiq ariqlar bilan tutib qolish muhim ahamiyatga ega.