77
a- quyma; b-yig‘ma tuzilgan; v-qoziq oyoqli; g-yig‘ma qovurg‘ali; d-yig‘ma
kovakli; ye-ustun osti “to‘nkasimon” qismi bo‘lgan; 1-rostverk; 2-qoziq
2.6-rasm. Temir beton ustunlarning poydevor bilan tutashgan joylari
a,b- tirqishlarni beton to‘ldirilgan ; v,g-uchlari
chiqarilgan armaturalar
yordamida; d-anker boltlari yordamida tutashtirilgan ; 1-beton; 2-armatura; 3- po‘lat
prokladka; 4-po‘lat truba; 5-po‘lat plita; 6-anker.
Poydevorlarning katta kichikligi va yer sathidan chuqurligi hisoblab topilib, ular
ustunlardan tushadigan yuk va asos tuprog‘i hususiyatiga bog‘liq bo‘ladi.
Sanoat binolari tagida asosan alohida turuvchi stakanli yoki stakansiz
poydevorlar ishlatiladi. Ularning balandliklari 1,5 m dan 4,2 m gacha, tagi qismining
yuzasi 1,5x1,5m dan 6,6x7,2 metrgacha, zinapoya balandligi 0,3 va 0,45 m,
poydevor
stakanining chuqurligi 0,8; 0,9; 0,95; 1,0; 1,05; 1,25 va 1,35 m bo‘lishi mumkin.
Sanoat binolarining harakterli tomonlardan biri poydevorlari bitta binoda har xil
chuqurlikda joylashgan bo‘lishidadir. Bunday poydevorlarni konstruktiv yechimlari
hamda ustunlarni ularga tayanishi bir necha variantlarda bo‘lishi mumkin:
- poydevorlarni balandliklari bir xil qabul qilinib, ustunlar balandliklari bir xil;
- poydevorlar balandligi bir xil, ustunlar balandligi bir xil;
- poydevorlari pasti baland qilib qo‘yilgan joylarda mahsus vstavka va ustunlar
osti elementlari qo‘llanib ustunlari balandligi esa barobar bo‘ladi.
78
Ustunlar pasti-balandligi turlarini kamaytirish maqsadida poydevor tepa sathini,
poydevorini chuqurligidan qat’iy nazar, sexsiya poli satxi 0,15 m chuqurlikda olinadi,
ya’ni poydevor tepa satxi yer sathi bilan barobarlashtirilgan bo‘ladi. Bunda ustunlarni
montaj qilishni handaqlar tuproq bilan to‘ldirilib va pol
ostini tayyorlash ishlari
tugallangach hamda yer osti kommunikatsiyalarini o‘tkazib bo‘lingach (nol sikl
ishlari tugallangach) olib boriladi.
Poydevorlari juda chuqur o‘rnatiladigan hollarda ularni ostiga “banket”lar
o‘rnatilib, ular ustidan mahkamlanadi.
Keyingi paytlarda sanoat poydevorlarini texnik-iqtisodiy asoslangan qoziq
poydevorlaridan qilinmoqda. Quyma poydevorlarni qo‘llash natijasida yer ishlari,
beton ishlari hajmini 30-40 % qisqartirish, narxini esa taxminan 50 % ga va qurilish
ishlarini tezligini 1,5-1,7 marotaba oshirishga imkon beradi.
Poydevorlar qalinligi 100 mm li shag‘alli (quruq gruntlarda) yoki betonli (nam
gruntlarda) tayyorlamalar ustida o‘rnatiladi. Bitta poydevorlar bo‘limiga to‘rttagacha
(harorat choki joylarida) ustun o‘rnatish mumkin.
Massasi 12 t gacha bo‘lgan bir bo‘limli poydevorlar zavodlarda yig‘ma holda,
boshqa holatlarda esa qurilish maydonchasida quyma tarzda tayyorlanadi Yig‘ma
poydevorlarga hamma vaqt ortiqcha beton va po‘lat sarflanishini unutmaslik kerak.
Poydevor ustki sathining belgisi pol belgisidan 150 mm pastda bo‘lishi kerak.
Karkas ustunini
poydevor bilan birlashtirish, odatda, bikr tugun ko‘rinishida
bajariladi. Buning uchun ustun poydevorda loyihalangan maxsus joyga(stakanga)
qo‘yiladi va atrofidagi bo‘shliq ponalar bilan vaqtincha zichlangach, betonlanadi.
Karkaslarning alohida turuvchi poydevorlariga ichki va tashqi devor
konstruksiyalarini
o‘rnatishda ularning tokchalariga o‘rnatilgan poydevor
to‘sinlaridan foydalaniladi (2.7; 2.8-rasm).