71
qatlami; 8-issiq va sovuqdan himoyalovchi qatlam; 9-tekislovchi qatlam; 10-yopma;
11-deraza; 12-devor paneli; 13-sokol devoriy paneli; 14-chekka qator ustuni; 15-
ustunlar oralig‘idagi vertikal metalli bog‘lovchi; 16-poydevor ustuni; 17-temir beton
poydevori
.
Ko‘p qavatli sanoat binolari: ishlab chiqarishning texnologik jarayoni vertikal
yo’nalishda tashkil etilgan xollarda, asosan suyuq va sochiluvchan materiallar ishlab
chiqarishda, yenglil asbob uskunalar qurilmalar ishlatiladigan
ishlab chiqarish
tarmog‘ida vazni yengil bo‘lgan buyumlar ishlab chiqarishda (radiotexnika,
asbobsozlik), yengil, oziq-ovqat va tekstil sanoati (poyabzal tikuvchilik, konditor),
bazan shahar hududida yer tanqisli hollarda sanitar-gigienik tomonidan zararsiz
korxonalar qurilishida va boshqa texnologik jarayonlar yo‘l qo‘ygan hollarda barpo
etiladi. Bunda odatda 1-qavatda og‘ir hajmi katta qurilma va jihozlar, agressiv oqava
suvlar
chiqadigan ishlab chiqarish, yuqori qavatlarda esa portlash,yong‘in hafi bor,
hamda havoga zararli gazlar chiqaradigan ishlab chiqarish joylashtiriladi. O‘rta
qismlarida esa tabiiy yoritganlik yetarli emasligi sababli 2-darajali ishlab chiqarish
joylashtiriladi.
2.2-rasm. Bir qavatli sanoat binolarining konstruktiv sxemalari:
a-chetki va o‘rta qator ustunlari qadami 6m bo‘lganda;
b-bunda chetki qator ustunlari qadami 6m bo‘lib, o‘rta qator ustunlari qadami 12
m bo‘lgan binolarda stropil osti konstruksiyasi qo‘llanilgan hol.
72
2-qavatli sanoat binolarining 2-qavatida asosiy
sanoat ishlab chiqarilishi,1-
qavatda esa yordamni xonalar (tamirlash bo‘limi, maishiy) energetik, sanitar-texnik
komunikatsiyalar joylashtiriladi.1-qavatli sanoat binolari o‘rniga ko‘p qavatli sanoat
binolari qurilganda
qurilish maydonining tejalish, injenerlik komunkatsiyalar
uzunligini kamayishi hisobiga iqtisodiy samaradorlikga erishiladi.1958-1959-yillarda
ko‘p qavatli karkazli panelli binolarni loyihalash va ko‘rish uchun II-60 deb
raqamlangan yig‘ma temirbeton karkas seriyasi ishlab chiqildi va uni yanada
mukammallashgan II-20 raqamli seriya 1964-yildan boshlab qo‘llanila boshladi.
Hozirgi sanoat qurilishlarida ham ishlatilmoqda. II-20 raqamli seriya zilzilasiz
xududlarda mo‘ljallangan bo‘lib,zilzilali hududlar uchun IIS-20
raqamli seriyasi
ishlab chiqilgan. II-20 raqamli seriya quyidagi gabarit sxemali binolar uchun ishlab
chiqilgan.
-ustunlar oralig‘i 6x6 m va balandligi 5 qavatgacha bo‘lgan binolar uchun
-ustunlar oralig‘i 9x6 m va balandligi 4 qavatgacha bo‘lgan binolar uchun.
Hozirgi hududda to‘la yig‘ma sanoat binolari ommamiy qurilishida temir beton
karkaz konstruksiyalarining IIS-04 seriyasi xam qo‘llanilmoqda. Bu seriyada
ustunlarning qadami 3x6: 4.5x6 m oraliq yopma birlik fazoga tushayotgan yuklar 4-
12.5KN/m2 ni tashkil etadi. 1981-1984-yillarda sohalararo qo‘llanilishga
mo‘ljallangan konstruksiyalarning yagona unifikatsiyalangan
tizimi ishlab
chiqildi.Oddiy sharoitlar uchun 1.020.1-1, zilzilali hududlar uchun 1.020.1-2S
seriyali bo‘lib,ularning yaratishda II-04, IIS-04 seriyalarning ishi chizmalari asos
qilib olindi. Ustunlar oralig‘i 6x6 m va balandligi 5 qavatgacha bo‘lgan binolar
uchun:
-ustunlar oralig‘i 9x6 m va balandligi 4 qavatgacha bo‘lgan binolar
uchun.Hozirgi hududda to‘la yig‘ma sanoat binolari
ommamiy qurilishida temir
beton karkaz konstruksiyalarining IIS-04 seriyasi ham qo‘llanilmoqda.