4
K I R I SH
Respublikamizda kapital qurilish uchun ajratilgan mablag’lardan,
moddiy-
texnika vositalaridan unumli foydalanish va qurilish sifatini oshirish nafaqat
mutaxasislar nazarida, balki davlat rahbariyatining doimo e’tiboridagi
dolzarb
masalalardan biridir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-aprelidagi PQ-847
sonli “Loyiha –tadqiqot tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlar to’g’risidagi” qarorida qurilish rivojlanishining istiqboliga oid
quyidagilar ta’kidlangan:
- o’rta va uzoq muddatli istiqbolda iqtisodiyotning
muhim tarmoqlarini
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, yangi ishlab
chiqarishlarni joriy etish bo’yicha takliflar tayyorlash;
- ilg’or xorijiy davlatlar tajribasidan foydalangan holda, loyihalashtirishning
zamonaviy va ilmiy jihatdan asoslangan texnologik tartibini ishlab chiqishda
ishtirok etish va h.
Qurilishni rivojlantirishning istiqbolli yo’nalishlar
negizini murakkab
geologik va gidrogeologik sharoitlarda barpo etiluvchi inshootlar mustahkamligi
va turg’unligini ta’minlagan holda moddiy, moliyaviy va mehnat xarajatlarini
kamaytirish, qurilish texnologiyasini kompleks mexanizatsiyalashgan darajasini
oshirish va qurilish muddatini qisqartirish kabi masalalar tashkil etadi. Buning
uchun esa, eng avvalo, inshoot mustahkamligi va turg’unligini ta’minlashga
yo’naltirilgan hisobiy usullarni qayta ko’rib chiqish,
ularga urbanizatsiya va
tashqi ta’sirlarni (suv) nazarda tutib aniqlik kiritish, shuningdek, zamonaviy
tadqiqot natijalarini qo’llash kabi murakkab vazifalarni bajarish lozim bo’ladi.
Ma’lumki, yer ostida bunyod etiluvchi har qanday inshoot (jumladan
muhandislik inshootlari) nafaqat ulaga ta’sir etuvchi oddiy kuchlar,
balki sizot
suvlarining zararli va zararsiz ta’siriga ham chidamli va turg’un bo’lmoqligi
zarur.
5
Mazkur talab barcha suniy inshootlar: gidrotexnika, yer osti transport yo’l
inshootlari, rezervuarlar, tirgovich devorlar va boshqalar uchun ayniqsa muhim
ahamiyat kasb etadi. Mutaxassislar tomonidan uzoq yillar davomida
gidrotexnika, yo’l, maxsus inshootlar ustida olib borilgan kuzatuvlar hozirgi
kunga bo’lg’usi inshootlarni yer osti suvlari ta’siridan himoyalash borasida o’z
samarasini ko’rsatdi.
Ma’lumki, gidrotexnika inshootlari va ular bilan bog’liq boshqa inshootlarga
ma’lum darajada yuqori talablar qo’yiladi. Buning sabablari ko’p bo’lib, ulardan
asosiylari: avvalo mazkur inshootlar tannarxining qimmatligi bo’lsa, so’ngra
ular turg’unligini qisman buzilishi suv omborida
toshqin yuzaga kelishiga va
tezda aholi yashash joylari, sanoot inshootlari, qishloq xo’jaligida katta talofat
yuzaga keltirishi bilan bog’liq. Shu bilan birga kelajakda Respublikamizda
kichik va mikrogeslar qurilishini rivojlanishi mazkur masalani o’ta dolzarb
ekanligidan darak beradi.
Sun’iy muhandislik yer osti inshootlarining mustahkamligi va turg’unligi
o’ziga xos xususiyatlarni o’ziga qamraydi. Ushbu xususiyatlar, aksariyat
hollarda, qurilish va foydalanish jarayonida ularning yer osti suvlaridan
himoyalash bilan bog’liq.
Respublikamizning kelajakdagi rivojlanishi nafaqat makro va mikro GES lar
qurish, balki o’ta murakkab qurilmali neft va gaz inshootlarini barpo etish bilan
ham bog’liq. Mazkur inshootlarni loyihalash va barpo etishda turli rezervuarlar,
qurilmalar, kumyoviy sanoatga oid inshootlar, neft uzatuvchi yer osti yo’laklari
kabi o’ta murakkab inshootlar asosiy ro’l o’ynaydi.
Bunday inshootlarning
buzilishi katta talafotlarni yuzaga keltirish mumkin. Shuning uchun ularni
mustahkamligi va turg’unligini ta’minlash masalasi nafaqat bugungi kun, balki
yaqin kelajak muammosidir.
Shu bois magistrlik dissertatsiyamizni yer osti inshootlarini mustahkam va
turg’un holatda barpo etishga yo’naltirilgan zamonaviy usul bo’lmish
6
“Pastlashuvchi quduq” usulini amaliy tadbiqiga oid izlanishlar olib borishga
yo’naltirdik. Ushbu mavzu yuzasidan olib borgan izlanishlarimiz, o’z-o’zidan
ma’lumki, magistrlik dissertatsiyasi ramkasida muammoni to’la hal etmaydi.
Shu bilan birga ushbu izlanishlarimizda orttirgan tajribalarimiz va to’plagan
materiallarimiz bizning kelgusi izlanishlarimizda asosiy yo’nalish bo’lib xizmat
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: