Toshkent arxitektura qurilish instituti d. Sh. Inoyatova qurilishda menejment



Download 3,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/124
Sana18.02.2022
Hajmi3,53 Mb.
#452789
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   124
Bog'liq
Inoyatova D.-Qurilishda menejment -2018

 
3.3.
 
Ishlab chiqarish tizimi sikli 
 
Tashkiliyotda boshqaruv jarayoni quyidagi bajariladigan asosiy funksiyalardan 
iborat. Bular davriy ravishda qaytarilib boshqaruv siklini tashkil etadi: 
1.
Vaziyat tahlili; 
2.
Maqsadni aniqlash, qarorni ishlab chiqish va qabul qilish; 
3.
Harajatlarni rejalashtirish; 
4.
Tadbirlarga rahbarlik qilish; 
5.
Qabul qilingan qarorni bajarilishini nazorat qilish va rejalarni amalga 
oshirish. 
Vaziyat tahlili – bu jarayon ijodiy masalani mohiyatini bila olish, ikkinchi 
darajalikdan asosiysini ajratish, muhimini nomuhimligidan ajratish, yuqori menejerni 
ijodiy shaxsiyotini asosiy tavsifi bo‘lib hisoblanadi. 
Maqsadni aniqlash – vaziyat tahlilini mantiqiy yakunlanishidir. Umumiy holda 
maqsadni aniqlash, qarorni ishlab chiqish va qabul qilish quyidagilarni aniqlash 
uchun kerak: 
-
erishiladigan maqsad (natija) va ularni nisbiy ahamiyati; 
-
ta’sir ko‘rsata olmaydigan omillarni e’tiborga olish, muhit sharoiti; 
-
ta’sir ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan omillar va harajatni bo‘lishi mumkin 
bo‘lgan usullari; 
-
harajatni eng afzalini tanlash mezoni (kriteriysi). 
Qabul qilingan qarorga hamma tizimni samaradorligi, maqsadga erishilishi va 
uni bahosi bog‘liq bo‘ladi. 


69 
Reja – bu belgilangan harakat siymosidir. Shunday ekan, rejalashtirish bu 
qabul qilingan qarorni bajarish, qo‘yilgan maqsadga erishish uchun nima qilishlikni 
belgilanishini bildiradi. 
Rejalashtirish quyidagi xususiyatlarga ega: 
-
u tizimni tashkillangan va maqsadga yo‘naltirilgan harakatini ta’minlaydi; 
-
u elementni va umuman tizimni ishlashida to‘xtab qolishdan ogohlantiradi 
va qiyinchiliklarni nazarda tutadi. 
Tadbirlarga rahbarlik qilish – samarali boshqarish va qo‘yilgan maqsadlarga 
erishni ta’minlash uchun tizim qismlari orasida funksiyalarni, huquq va burchlarini 
taqsimlash, moddiy va mehnat resurslarini o‘zaro bog‘langan tizimga birlashtirish 
hisoblanadi. 
Tashkiliy menejmentdagi boshqaurv sikli katta hajmdagi axborotni yig‘ish, 
uzatish va qayta ishlanishini ketma- ket bosqichlarini ko‘rsatadi. 
Tashkiliy menejmentda boshqaruv qarorlari. 
Boshqaruv qarori (BQ) 
tashkilotda menejmentni samarali kontseptsiyasini ishlab chiqish va amalga 
oshirishni bosh asoslaridan biri bo‘lib hisoblanadi. 
Quyidagi jadvalda menejmentni alohida funksiyalar doirasida qabul 
qilinadigan umumiy va ahamiyatli qarorlari tartibi berilgan. 

Download 3,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish