A rksinus qonuni. O’zgarmas kuchlanishni voltmetr bilan o’lchashda asbob kirishiga o’lchanayotgan kuchlanish Ux dan tashqari ta’minot tarmog’idan keladigan kuchlanish tufayli yaratiladigan xalaqit kuchlanishi Ux = Uxcosωt ham kelishi mumkin (2.8-rasm).
Agar voltmetrning o’lchash vaqti halaqit tebranishlari davridan ko’p darajada kichik bo’lsa, u holda voltmetr kuchlanishining oniy qiymatini, ya’ni Ux + ux ni o’lchaydi deb hisoblash mumkin. Voltmetrning ulanish vaqti to’lch xalaqitga nisbatan tasodifiydir, shu sababli xalaqitni tasodifiy jarayonning, ya’ni yon chegaralarga tekis taqsimlangan tasodifiy fazali garmonik kuchlanishning amalga oshirilishi deb hisoblash mumkin. Bu shartlarda xalaqit oniy qiymatining ehtimollik zichligi ushbu arksinus qonuni bilan tavsiflanishi ehtimollik nazariyasida isbotlangan:
bu formulada –ux < X < ux.
Uning grafigi 2.9-rasmda ko’rsatilgan.
O’rtacha kvadratik og’ish , ya’ni garmonik xalaqitning o’rtacha kvadratik og’ishiga teng.
Nazorat savollari
1. O’lchash natijalari xatoliklarining paydo bo’lish sabablarini sanab bering.
2. O’lchash xatoliklari qaysi tamoyillar bilan tasniflanadi?
3. Nima absolyut, nisbiy, keltirilgan xatolik deb nomlanadi?
4. Qo’pol xatolik deb nima nomlanadi?
5. O’lchash vositalari muntazam, tasodifiy xatoliklarining tashkil etuvchilarini aytib bering.
6. Metodik xatolikka misollar keltiring.
7. Xatoliklarni baholash printsipi nimadan iborat?
8. Muntazam xatoliklarni kamaytirish usullarini aytib bering.
9. Tasodifiy xatoliklarni baholash uchun qanday matematik apparat ishlatiladi?
10. Tasodifiy xatoliklar taqsimlanishi asosiy qonunlarini ayting.
11. Ishonch oralig’i va ishonch ehtimoli nima?
3-BOB. O’LCHASH VOSITALARINING XATOLIKLARINI ME’YORLASH
O’lchash vositalarini (O’V) tekshirishda ularning xatoliklari (shuningdek, boshqa ba’zi ko’rsatkichlari) belgilangan chegaralardan chetga chiqish-chiqmasligi, ular ruxsat etilgan qiymatlardan ortiqmasligi aniqlanadi. Savol tug’iladi: «Xo’sh, bu qiymatlar qanday o’rnatiladi?».
Bu printsipial masalani hal etishda ikkita turli yondoshuv mavjud. Birinchi yondoshuv aniq (konkret) o’lchash vositalari uchun aniqlik klassini belgilashdan iborat. Ko’rsatishlarning ruxsat etiladigan xatoliklarini aniqlik klasslari bo’yicha belgilash GOST 8.401-80 GSI bilan tartiblanadi [57]. O’V ning aniqlik klassi deyilganda ularning asosiy va qo’shimcha xatoliklar bilan aniqlanadigan umumlashma xatoliklari tushuniladi. Aniqlik klassi o’lchashlar aniqligini bir qiymatli aniqlamaydi. Aniqlik klassi aslida mazkur tipdagi o’lchash vositalari uchun xatolikning eng yuqori, kafolatlangan qiymatini beradi. Bunda muntazam va tasodifiy xatoliklar ajratilmaydi. Ikkala turdagi xatolik asosiy va qo’shimcha xatolikning chegarasi ko’rinishida me’yorlanadi. GOST 8.401-80 GSI da xatoliklarning sistematik va tasodifiy tashkil etuvchilari uchun me’yorlarni alohida ko’rsatish ko’zda tutilgan va shuningdek, ularning dinamik xarakteristikalarini hisobga olish zarur bo’lgan O’V uchun aniqlik klasslarini belgilamaydi. O’V ning xatoligi son bilan yoki nisbatan sodda formula bilan ifodalanishi mumkin bo’lgan hollardagina aniqlik klasslari belgilanadi (tayinlanadi).
O’V xatoliklarini aniqlik klasslari yordamida me’yorlash muhim kamchiliklarga ega bo’lib, ular O’V ning turlicha kelib chiqishga ega bo’lgan xatoliklari jamlanib, bitta son ko’rinishida ifodalanishidan iborat. Bunda O’V xatoligi muntazam tashkil etuvchisining kattaligi (miqdori) qancha va tasodifiy tashkil etuvchisining kattaligi qancha ekanligini aniqlash mumkin bo’lmaydi.
Agar, bunda O’V boshqa O’V lari bilan birgalikda, masalan, o’lchash kompleksi tarkibida foydalanilsa, umumiy xatolikni aniqlash qiyinlashadi. Yana bir kamchiligi shuki, xatolik ko’pchilik hollarda oshirib yuborilgan bo’ladi. O’V ning ruxsat etiladigan xatoligi haqida emas, balki ruxsat etilgan xatolikning yuqori chegarasi haqida gapirilishi tasodifiy emas. Agar o’lchash vositalari partiyasi ishlab chiqarilgan bo’lsa, u holda ularning hammasi ham xatolikning chegaraviy qiymatiga ega bo’lavermaydi, biroq hisob-kitoblarda xatolikning uning aniqlik klassiga mos chegaraviy qiymatidan foydalanishga to’g’ri keladi.
O’V xatoliklarini aniqlashga oid yangicha yondoshuv GOST 8.009-84 GSI «O’lchash vositalarining metrologik xarakteristikalarini me’yorlash va foydalanish»da o’z aksini topgan [58]. Mazkur standart O’V ni ishlab chiqarishda ma’lum bo’lishi shart bo’lgan metrologik xarakteristikalarni o’z ichiga oladi. Me’yorlanadigan xarakteristikalar to’la bo’lishi va O’V xatoliklarini faqat me’yoriy sharoitlardagina emas, balki aniq ishlatish sharoitlarida ham hisoblarni bajarishga imkon berishi lozim. Bu usulning afzalliklariga qaramasdan, O’V xatoliklarini aniqlik klassi asosida baholash elektr o’lchov O’V larida nisbatan ancha keng tarqalgan va uni batafsil ko’rib chiqishimiz maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |