c va d kattaliklar a va b koeffitsientlar orqali ushbu formulalar bo’yicha aniqlanishi mumkin:
(3.8)
. (3.9)
O’lchash vositalari xatoliklarini me’yorlash uchun yoki formulalarni qo’llashda har bir ayrim o’lchash vositasining xatoligi faqat musbat yoki faqat manfiy bo’lgani holda shu ko’rsatilgan me’yordan ortmasligi lozimligini hisobga olish kerak. Aniq o’lchash vositasi uchun xatoliklarni ifodalash usulini xatolikning o’lchash diapazoni bo’yicha o’zgarish xarakteriga bog’liq ravishda tanlanadi. O’lchash vositasi faqat additiv xatolikka ega yoki additiv xatolik shunday kattaki, bunda multiplikativ xatolikni hisobga olmasa ham bo’ladigan holda ruxsat etiladigan absolyut xatolik ∆x ning chegarasi diapazon bo’yicha o’zgarmas bo’ladi, shu bilan bir vaqtda ruxsat etiladigan nisbiy xatolikning chegarasi giperbola bo’yicha o’zgaradi (3.3-a rasm). Bu holda absolyut xatolikni ko’rsatilgan formula bo’yicha me’yorlash qulayroqdir.
Multiplikativ xatolik ko’proq bo’lgan o’lchash vositalarida, aksincha, ruxsat etiladigan nisbiy xatolik chegarasini me’yorlash qulayroq bo’ladi. Haqiqatan, (3.2) formulada a nolga teng deylik. U holda ∆x = ± bx va demak, absolyut xatolik chegarasi, 3.4-a rasmda ko’rsatilganidek, chiziqli qonun bo’yicha o’zgaradi.
Ruxsat etiladigan nisbiy xatolik chegarasi o’lchanayotgan kattalikka bog’liq emas (3.4-b rasm) va demak, o’lchash vositasining xarakteristikasi bitta son bilan ifodalanishi mumkin. Jumladan, o’zgarmas va o’zgaruvchan tok ko’priklari xatoliklari shunday me’yorlanadi.
Additiv va multiplikativ xatoliklarga ega bo’lgan o’lchash vositalari xatoliklarini me’yorlash uchun (3.2) yoki (3.5) formulalar qo’llaniladi, shu bilan birga a va b, yoki c va d koeffitsientlar qiymatlarini berish etarlidir. Bu formula raqamli asboblar, ko’p xonali o’lchovlar kabi yuqori aniqlikli o’lchash vositalari xatoliklarini me’yorlash uchun keng qo’llaniladi.
Masalan, R307 potentsiometrining asosiy xatoligi ushbu formula bilan aniqlanadi:
bunda a = 0,5·10–6, b = 150·10–6.
Faqat absolyut xatolikni bilish o’lchash diapazonlari turlicha bo’lgan asboblarni o’zaro qiyoslashga imkon bermaydi. Xatoliklarni (3.4) formula yordamida baholash esa buni bajarishga imkon beradi.
GOST 22281-82 xatoliklarni me’yorlashning yuqorida sanab o’tilgan usullaridan tashqari ruxsat etiladigan nisbiy xatolik chegaralarini quyidagicha ifodalash usulini belgilab beradi:
(3.10)
bu yerda ∆x – absolyut xatolik; Xμ – o’lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatlari; A = 10 – quvvat, energiya, energiya zichligi va boshqa energetik qiymatlarni o’lchashdagi; A = 20 – kuchlanish, tok kuchi, maydon kuchlanganligi va boshqa kuch kattaliklarini o’lchashdagi qiymat.
Ruxsat etiladigan xatoliklar chegaralari absolyut va nisbiy xatoliklar shaklida ushbu ko’rinishlarda ham aniqlanadi:
– o’lchanayotgan kattalik yoki ta’sir etayotgan kattalik qiymatlarining chiziqli funksiyasi sifatida:
(3.11)
Polinom sifatida:
(3.12)
∆x va δx ni, shuningdek, jadval yoki grafik ko’rinishida ifodalashga ham ruxsat etiladi. Turli o’lchash vositalari aniqlik klasslari belgilanishlari va xatoliklarni hisoblash uchun formulalar 3.1-jadvalda keltirilgan.
3.1-jadval
Aniqlik klassining
belgilanishi
|
Xatolikni ifodalash formulasi
|
Asosiy xatolikni ruxsat etiladigan chegaralari
|
Hujjatda
|
O’lchash vositasida
|
Absolyut xatolik, ∆x
|
Nisbiy xatolik, δ %
|
Keltirilgan xatolik, γ %
|
1. Aniqlik klassi
r (masalan, 0, 5)
|
R - agar o’lchanayotgan kattalik birliklarida ifodalangan bo’lsa, -agar Xm shkala uзunligi bilan aniqlansa.
|
Keltirilgan
Xm-me’yorlovchi kattalik
|
|
|
|
2. Aniqlik klassi
q (masalan, 0, 1)
|
|
Nisbiy
|
|
|
|
3. Aniqlik klassi
s/d
|
s/d
|
Nisbiy
|
,
bu yerda
a = bXx,
b= c – d
|
|
|
4. Aniqlik klassi
M
|
M
|
|
standartlarda ko’rsatilgan
|
5. Aniqlik klassi
S
|
S
|
|
standartlarda ko’rsatilgan
|
Do'stlaringiz bilan baham: |