Toshkent aloqa tehnologiyalari universiteti u. N. Karimova metrologiya va telekommunikatsiya tizimlarida o



Download 2,04 Mb.
bet25/131
Sana31.05.2022
Hajmi2,04 Mb.
#623086
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   131
Bog'liq
METROLOGIYA VA TELEKOMMUNIKATSIYA TIZIMLARIDA O’LCHASH mavzu izlash uchun

A rksinus qonuni. O’zgarmas kuchlanishni voltmetr bilan o’lchashda asbob kirishiga o’lchanayotgan kuchlanish Ux dan tashqari ta’minot tarmog’idan keladigan kuchlanish tufayli yaratiladigan xalaqit kuchlanishi Ux = Uxcosωt ham kelishi mumkin (2.8-rasm).
Agar voltmetrning o’lchash vaqti halaqit tebranishlari davridan ko’p darajada kichik bo’lsa, u holda voltmetr kuch­lani­shining oniy qiymatini, ya’ni Ux + ux ni o’lchaydi deb hisoblash mumkin. Voltmetrning ulanish vaqti to’lch xala­qitga nisbatan tasodifiydir, shu sababli xalaqitni tasodi­fiy jarayonning, ya’ni yon chegaralarga tekis taqsimlangan tasodifiy fazali garmonik kuchlanishning amalga oshiri­lishi deb hisoblash mum­kin. Bu shartlarda xala­qit oniy qiymatining ehti­mol­lik zich­ligi ushbu arksi­nus qo­nuni bilan tavsiflanishi ehtimol­lik nazariyasida isbot­langan:

bu formulada –ux < X < ux.
Uning grafigi 2.9-rasm­da ko’rsatilgan.
O’rtacha kvadratik og’ish  , ya’ni garmonik xalaqitning o’rtacha kvadratik og’ishiga teng.

Nazorat savollari
1. O’lchash natijalari xatoliklarining paydo bo’lish sabablarini sanab bering.
2. O’lchash xatoliklari qaysi tamoyillar bilan tasniflanadi?
3. Nima absolyut, nisbiy, keltirilgan xatolik deb nomlanadi?
4. Qo’pol xatolik deb nima nomlanadi?
5. O’lchash vositalari muntazam, tasodifiy xatoliklarining tashkil etuvchilarini aytib bering.
6. Metodik xatolikka misollar keltiring.
7. Xatoliklarni baholash printsipi nimadan iborat?
8. Muntazam xatoliklarni kamaytirish usullarini aytib bering.
9. Tasodifiy xatoliklarni baholash uchun qanday matematik apparat ishlatiladi?
10. Tasodifiy xatoliklar taqsimlanishi asosiy qonunlarini ayting.
11. Ishonch oralig’i va ishonch ehtimoli nima?

3-BOB. O’LCHASH VOSITALARINING XATOLIKLARINI ME’YORLASH
O’lchash vositalarini (O’V) tekshirishda ularning xato­lik­lari (shuningdek, boshqa ba’zi ko’rsatkichlari) belgilangan chegaralardan chetga chiqish-chiqmasligi, ular ruxsat etilgan qiymatlardan ortiqmasligi aniqlanadi. Savol tug’iladi: «Xo’sh, bu qiymatlar qanday o’rnatiladi?».
Bu printsipial masalani hal etishda ikkita turli yondoshuv mavjud. Birinchi yondoshuv aniq (konkret) o’lchash vositalari uchun aniqlik klassini belgilashdan iborat. Ko’rsatishlarning ruxsat etiladigan xatoliklarini aniqlik klasslari bo’yicha belgilash GOST 8.401-80 GSI bilan tartibla­nadi [57]. O’V ning aniqlik klassi deyilganda ularning asosiy va qo’shimcha xatoliklar bilan aniqlanadigan umumlashma xatoliklari tushuniladi. Aniqlik klassi o’lchashlar aniq­ligini bir qiymatli aniqlamaydi. Aniqlik klassi aslida mazkur tipdagi o’lchash vositalari uchun xatolikning eng yuqori, kafolatlangan qiymatini beradi. Bunda muntazam va tasodifiy xatoliklar ajratilmaydi. Ikkala turdagi xatolik asosiy va qo’shimcha xatolikning chegarasi ko’ri­nishida me’yorlanadi. GOST 8.401-80 GSI da xatoliklarning sistematik va tasodifiy tashkil etuvchilari uchun me’yor­larni alohida ko’rsatish ko’zda tutilgan va shuningdek, ularning dinamik xarakteristikalarini hisobga olish zarur bo’lgan O’V uchun aniqlik klasslarini belgilamaydi. O’V ning xatoligi son bilan yoki nisbatan sodda formula bilan ifo­da­lanishi mumkin bo’lgan hollarda­gina aniqlik klass­lari belgilanadi (tayinlanadi).
O’V xatoliklarini aniqlik klasslari yordamida me’yorlash muhim kamchiliklarga ega bo’lib, ular O’V ning turlicha kelib chiqishga ega bo’lgan xatoliklari jamlanib, bitta son ko’ri­nishida ifodalanishidan iborat. Bunda O’V xatoligi muntazam tashkil etuvchisining kattaligi (miqdori) qan­cha va tasodifiy tashkil etuvchisining kattaligi qancha ekanli­gini aniqlash mumkin bo’lmaydi.
Agar, bunda O’V boshqa O’V lari bilan birgalikda, masalan, o’lchash kompleksi tarkibida foydalanilsa, umumiy xatolik­ni aniqlash qiyinlashadi. Yana bir kamchiligi shuki, xatolik ko’pchilik hollarda oshirib yuborilgan bo’ladi. O’V ning ruxsat etiladigan xatoligi haqida emas, balki ruxsat etilgan xatolikning yuqori chegarasi haqida gapirilishi tasodifiy emas. Agar o’lchash vositalari partiyasi ishlab chiqarilgan bo’lsa, u holda ularning hammasi ham xatolik­ning chegaraviy qiymatiga ega bo’lavermaydi, biroq hisob-kitoblarda xatolikning uning aniqlik klassiga mos chegara­viy qiy­matidan foydalanishga to’g’ri keladi.
O’V xatoliklarini aniqlashga oid yangicha yondoshuv GOST 8.009-84 GSI «O’lchash vositalarining metrologik xarakteris­tikalarini me’yorlash va foydalanish»da o’z aksini topgan [58]. Mazkur standart O’V ni ishlab chiqarishda ma’lum bo’lishi shart bo’lgan metrologik xarakteristikalarni o’z ichiga oladi. Me’yorlanadigan xarakteristikalar to’la bo’lishi va O’V xatoliklarini faqat me’yoriy sharoitlardagina emas, balki aniq ishlatish sharoitlarida ham hisoblarni bajarishga imkon berishi lozim. Bu usulning afzalliklariga qara­masdan, O’V xatoliklarini aniqlik klassi asosida baholash elektr o’lchov O’V larida nisbatan ancha keng tarqalgan va uni batafsil ko’rib chiqishimiz maqsadga muvofiqdir.

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish